Modern education: problems and solutions


INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ON "MODERN



Yüklə 469,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix23.12.2023
ölçüsü469,46 Kb.
#157568
1   2   3
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ON "MODERN 
EDUCATION: PROBLEMS AND SOLUTIONS" 
Vol. 2 No. 8 (2023)
117 
Jismoniy tarbiyani aqliy, axloqiy va mehnat tarbiyasi bilan chambarchas bog„lab 
olib borish zarurligini uqtirgan, o„zi esa jismoniy barkamollikning asosi mehnat 
tarbiyasi, deb tushungan. Shuning uchun: “To„g„ri tashkil qilingan jismoniy 
mehnat bolalarning aqliy va axloqiy kuchlarini o„stiradi”, - deb yozgan. 
Yunon tarixchilari qoldirgan ma‟lumotlarga qaraganda, bir vaqtlar O„rta 
Osiyo hududlarida yashagan qadimgi qabilalar mushtlashishni yaxshi biladigan 
mohir jangchilar, ya‟ni, harbiy salohiyatga ega bo„lgan kishilar bo„lgani qayd 
qilinadi. O„zbek xalq o„yinlari ijtimoiy ehtiyoj tufayli qadimda vujudga kelgan. 
O„zbek xalq o„yinlari mazmunan g„oyatda boy, shaklan xilma-xil bo„lib, muayyan 
ijtimoiy - tarixiy tavsifga egadir. 
Ba‟zi manbalarda arxeolog olimlar O„rta Osiyoda ibtidoiy odamlar Afrika 
qit‟asidan Sharqiy Osiyo orqali kelgan, degan fikrni bildirgan bo„lsalar 
(D.A.Ranov), boshqa bir guruh olimlar O„rta Osiyoni insoniyat beshigi deb 
hisoblaydilar. O„zbekiston hududida eng qadimgi odamlar manzilgohi Farg„ona 
vodiysidagi Seleng„ur g„or makoni bo„lib, bu ilk paleolit davriga mansubdir. O„rta 
tosh asri - ibtidoiy odamlar tasavvurlari va e‟tiqodlarida keskin o„zgarish yuz 
bergan davr bo„lib hisoblanadi. Bu jarayonni O„rta Osiyoning eng qadimgi 
rangtasvirlaridan bo„lmish Ko„hitangdagi Zarautsoy suratlarida kuzatish mumkin. 
Bu lavhalarda ov manzarasi, hayvonot olami va ibtidoiy davr odamlari tasviri o„z 
ifodasini topgan. Ba‟zi bir olimlarning (jumladan A.A.Formozov) ta‟kidlashicha, 
bu lavhalarda ov marosimi aks ettirilgan. Mashhur qomusiy olim Mahmud 
Qoshg„ariyning “Devoni lug„otit turk” asarida ovchilik bilan bog„liq bo„lgan 
qo„shiqlar o„ziga xos o„rin tutgan. Ularda ov qilishning dastlabki namunalari, it va 
qush yordamida o„q yoy bilan ov qilish tajribalari madh etilgan.
Mamlakatimiz hududidagi eng qadimgi davrlar haqida ko„plab ilmiy 
tadqiqot ishlari olib borilgan bo„lib, ularning natijalari xalq o„yinlarining paydo 
bo„lishi tarixi hamda ijtimoiy-psixologik jihatlari haqida ayrim xulosalar chiqarish 
imkonini beradi. Tarixiy, arxeologik va etnografik manbalarda xalq o„yinlarining 
kelib chiqishi hamda rivojlanishiga doir qiziqarli ma‟lumotlarni uchratamiz. 
Mahmud Qoshg„ariyning “Devoni lug„otit turk”, Abu Ali Ibn Sinoning “Tib 



Yüklə 469,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə