Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Birinchi prorektori – Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor, prof. J. O‘



Yüklə 67,27 Kb.
tarix30.07.2023
ölçüsü67,27 Kb.
#120119
ARIZA TTJGA joylashuv1


Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Birinchi prorektori – Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor, prof. J.O‘.Muxammadiyevga
Fizika fakulteti
Bakalavriat kunduzgi ta’lim yo‘nalishi 2- kurs talabasi Rejabova Mahliyo Fahriddin qizidan


A R I Z A
Men Rejabova Mahliyo Fahriddin qizi hozirgi kunda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Fizika fakulteti bakalavriat kunduzgi ta’lim yo‘nalishi 2-kursida (to‘lov-shartnoma) asosida tahsil olaman.
2023/2024 o‘quv yilida an’anaviy dars-mashg‘ulotlariga qatnashish uchun men Surxondary viloyatidan kelganligim, Toshkent shahrida turar joyim yo‘qligi sababli, universitetga qarashli 2_-sonli talabalar turar joyidan yashash uchun joy berishingizni va u yerga ro‘yhatga olishingizni so‘rayman.
Universitet “Talabalar turar joyi to‘g‘risida”gi Nizom, “Ichki tartib qoidalari”, “Odob-ahloq qoidalari” va “Talabalar turar joyi Ichki tartib qoidalari”ga to‘liq rioya qilib, talabalar turar joylari uchun universitet tomonidan belgilangan oylik ijara to‘lovini o‘quv yili mobaynida ikki qismga bo‘lib to‘lash, shaxsiy gigiena, sog‘lom turmush tarzi talablariga qat’iy amal qilib yashashga va’da beraman.
Pasportim va ijtimoiy mezonlarga muvofiqligimni tasdiqlovchi hujjatlar nusxalarini ilova qilmoqdaman. Ushbu ariza va unga ilova qilinayotgan hujjatlarda ko‘rsatilgan barcha ma’lumotlarning haqiqiyligiga shaxsan o‘zim javobgarman. Agar men tomonimdan talabalar turar joyi ichki tartib qoidalari buzilsa, u holda menga o‘rnatilgan tartibda chora ko‘rilishiga roziman.

Rejabova Mahliyo Fahriddin qizi



(imzo) (F.I.Sh.)

uy tel. +99893 076-59-03 Tel: +99891 910-25-81(onam) .
29.07.2023
Sana

Ariza № _________

Berildi _____ qavat _____ xona




Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Birinchi prorektori – Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor, prof. J.O‘.Muxammadiyevga
Fizika_fakulteti
Bakalavriat kunduzgi ta’lim yo‘nalishi 2- kurs talabasi Rejabova Mahliyo Fahriddin qizidan
T I L X A T
Men Rejabova Mahliyo Fahriddin qizi Fizika fakulteti bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 2 -kurs talabasi 2-sonli Talabalar turar joyida yashash davrimda quyidagilarga:
Universitet Kengashining 2021-yil 20-apreldagi 8-sonli yig‘ilishida tasdiqlangan O‘zMU “Ichki tartib qoidalari”, “Odob-ahloq qoidalari” hamda 2019 yil 2 dekabrdagi universitet rektorining 01-989-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Talabalar turar joylari to‘g‘risida”gi Nizom, “Talabalar turar joylari Ichki tartib qoidalari” talablariga shuningdek, universitet bilan tuzilgan turar joyi bo‘yicha shartnoma qoidalariga qat’iy rioya qilish;
navbatchilik jadvaliga binoan yashash xonalarida, qavatlarda, umumiy foydalanish joylari (hojatxona, yuvinish xonasi, oshxona va boshqa joylar) da navbatchilik qilish;
umumiy foydalanish joylari, yashash xonalari hamda dam olish joylarida namunali tozalikni tashkil etish, undagi jihozlardan to‘g‘ri va unumli foydalanish;
gaz, elektr jihozlaridan hamda isitish tizimidan foydalanish qoidalariga qat’iy rioya qilish va ulardan oqilona foydalanish;
belgilangan vaqtlar bo‘yicha Talabalar turar joyi binosiga kirib-chiqish qoidalariga amal qilish;
Talabalar turar joyidan uzoq muddatga ketayotib (yozgi va qishki ta’til, dam olish, amaliyot, akademik ta’til olgan hollar), turar joyi rahbarini uch kun oldin yozma ravishda ogohlantirish;
kundalik ehtiyojga ega bo‘lmagan katta hajmdagi shaxsiy va qimmatbaho buyumlarni turar joy binosiga olib kirmaslik;
Talabalar turar joyida yashovchilar va xonadoshlar bilan doimo samimiy, ahil munosabatda bo‘lish;
Talabalar turar joyi mol-mulkidan to‘g‘ri va unumli foydalanish va zarar yetkazmaslik;
yashash xonasiga begona shaxslarni olib kirmaslik hamda tunab qolishlari uchun joy bermaslik;
Talabalar turar joyi atrofida, yashash xonasida spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlari, giyohvand moddalarini iste’mol qilmaslik shuningdek, ularni saqlash, sotish hamda qimor, totalizator o‘yinlarini o‘ynamaslik;
Talabalar turar joyi xonalarida diniy marosimlarga oid tadbirlar, yig‘inlar o‘tkazmaslik, diniy saboq bermaslik va bunday materiallarni tarqatmaslik va saqlamaslik;
o‘quv yili yakunida menga berilgan xonani bo‘shatish va o‘rnatilgan tartibda bino boshlig‘iga topshirish;
Talabalar turar joylari uchun universitet tomonidan belgilangan oylik ijara to‘lovini o‘quv yili mobaynida ikki qisimga (O‘quv yili boshlanishida Talabalar turar joyiga joylashgunga qadar to‘rt oylik va qishki ta’tildan kelgan vaqtimda olti oylik) bo‘lib to‘lash kabi qoidalarga qat’iy amal qilaman.


A gar men ushbu qoidalarga amal qilmasam yoki boshqa tarzda bo‘yin tovlasam o‘rnatilgan tartibda menga chora ko‘rilishi xaqida ogohlantirildim.

Rejabova Mahliyo Fahriddin qizi


(imzo) (F.I.Sh.)

29.07.2023
Sana
Yüklə 67,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə