Mintaqaviy iqtisodiyot va menejment


 – 2020 yilarda xoirjiy mamlakatlarda kirib kelgan investitsiyalar



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/22
tarix16.05.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#110687
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
2019 – 2020 yilarda xoirjiy mamlakatlarda kirib kelgan investitsiyalar .
13


2.1 3- rasm 
Me’yoriy-huquqiy hujjatlar O’zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalarni jalb 
qilishni huquqiy jihatdan tartibga solishda mustahkam asos bolib xizmat qilmoqda. 
Jumladan, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga to’g’ridan-
to’g’ri qo‘yilmalar kiritayotgan xorijiy investorlar uchun maksimal darajada qulay 
investitsiya muhitini yaratish. ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish, texnik va 
texnologik yangilash bo’yicha loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy 
investitsiyalar jalb etilishini rag’batlantirish, shuningdek, xorijiy investitsiyalar 
ishtirokidagi korxonalar faoliyatiga davlat va nazorat idoralari tomonidan 
noqonuniy aralashuvlarga yo’l qo’ymaslik maqsadida 2012-yilning 10-aprelida 
Prezidentimiz Islom Karimovning “To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb 
etilishini rag’batlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi farmoni 
qabul qilindi.Mamlakatimizda samarali qonunchilik bazasi yaratilgani tufayli 
iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida 4 mingdan 
ziyod korxona tashkil etilib, muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatmoqda. 
13 
Manba : O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika Qo`mitasi 


32 
2018-yilda Investitsiya dasturi doirasida moliyalashning barcha manbalari hisobidan
umumiy qiymati qariyb 2 milliard 700 million dollardan iborat bo‘lgan 150 ta ishlab 
chiqarish yo‘nalishidagi loyihani amalga oshirish ishlari nihoyasiga yetkazildi. 
Bular qatorida Toshkent issiqlik elektr markazida kogeneratsion gaz turbinali 
texnologiyani joriy etish; Janubiy O‘rtabuloq – Muborak gazni qayta ishlash zavodi 
gaz quvurini va kompressor stansiyasini barpo etish orqali Somontepa va Janubiy 
O‘rtabuloq konlarini to‘liq jihozlash; «Angren» konini modernizatsiya qilish orqali 
Yangi Angren issiqlik elektr stansiyasining 1-5-energiya bloklarini yil davomida 
ko‘mir bilan ishlashga o‘tkazish; «Angren» maxsus industrial zonasi hududida 
«Ohangaron» podstansiyasini rekonstruksiya qilish, «Bekobod sement» ochiq 
aksiyadorlik jamiyatida yangi liniya qurish hisobidan faoliyat ko‘rsatayotgan sement 
ishlab chiqarish jarayonini modernizatsiya qilish, “Quyuv-mexanika zavodi” sho‘ba 
korxonasida metall quyishni rekonstruksiya qilish va boshqa yirik loyihalar borligini 
alohida qayd etish lozim. Shu bilan birga, Toshkent va Namangan viloyatlarida 
zamonaviy to‘qimachilik komplekslari, Jizzax va Xorazm viloyatlarida yigiruv va 
to‘quv, Samarqand viloyatida sport poyabzallari ishlab chiqarish korxonalari tashkil 
etildi. Oziq-ovqat sanoati bo‘yicha 21 ta korxonada ishlab chiqarish modernizatsiya 
qilindi va texnik qayta jihozlandi. 
Ma’lumki, biz mamlakatimizdagi ishlab chiqarish korxonalarini modernizatsiya 
qilish va yangilash, zamonaviy innovatsiyalarga asoslangan va yuksak samarali 
texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha o‘z oldimizga katta maqsadlar qo‘yganmiz. 
Ularni amalga oshirishda kerakli imtiyozlarga ega bo‘lgan maxsus industrial 
zonalarni tashkil etish yo‘lida oxirgi yillarda biz ko‘pgina tajribalarga ega 
bo‘lmoqdamiz. Buning amaliy tasdig‘ini «Navoiy» va «Angren» maxsus industrial 
zonalari faoliyati misolida ko‘rish mumkin. 
Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasi tashkil etilganidan buyon uning hududida 
umumiy qiymati 100 million dollardan ziyod bo‘lgan 19 ta investitsiya loyihasi 


33 
bo‘yicha ishlab chiqarish korxonalari ishga tushirildi. Jumladan, yuksak 
texnologiyalar asosida modem va televizorlar uchun pristavkalar, elektr energiyani 
elektron hisoblagichlar, yuqori kuchlanishga chidamli kabellar, issiqlik va suv isitish 
qozonlari, mobil va statsionar telefon apparatlari, tayyor dori vositalari va boshqa 
turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 
«Angren» maxsus industrial zonasi hududida qisqa muddatda umumiy qiymati 
qariyb 44 million dollar bo‘lgan 5 ta loyiha asosida energiyani tejaydigan diodli 
yorug‘lik lampalar, turli kattalikdagi mis quvurlar, ko‘mir briketlari kabi yuksak 
texnologiyalar asosidagi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, 
shakar ishlab chiqarish bo‘yicha yangi zavod va boshqa korxonalar tashkil etildi. 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə