Milliy universiteti jurnalistika fakulteti


Metafora va vazifadoshlilik



Yüklə 321,87 Kb.
səhifə9/12
tarix23.04.2023
ölçüsü321,87 Kb.
#106688
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Metaforaning badiiy

Metafora va vazifadoshlilik. Biror narsaning nomi boshqasiga ular bajargan vazifadagi o’xshashlik asosida ko’chirilishi funksional ko’chirish deyiladi (lotincha funktio – ―faoliyat,
―vazifa). Funksional ko’chirish ham o’xshashlik asosida bo’ladi. Bu jihatdan u metafora yo’li bilan ko’chirishga juda yaqin turadi. Farqi shundaki, metafora yo’li bilan ko’chirishda predmetlar orasidagi tashqi ko’rinishi jihatidan, material jihatidan o’xshashlik asosga olinsa, funksional ko’chirishda vazifa jihatidan o’xshashlik nazarda tutiladi. Masalan, qush tanasida uchish uchun xizmat qiluvchi a‘zo qanot deyiladi. Shunga o’xshash vazifani bajaruvchi qism samolyotga nisbatan ham qanot deb nomlangan.
Biz metaforaning asosida nomsiz narsada mavjud bo’lgan motivlar, metaforik qo’llanuvchi so’z semalari orasidagi mutanosiblik, o’xshashlikni
ko’rgan edik. Bu mutanosiblik qanday jihatlarni (rang,shakl, vazifa va hokazo) qamrab olishi ahamiyatsiz. Shuningdek, mutanosiblik bir necha jihatli bo’lishi ham mumkin. Sh.Rahmatullaev ana shu jihatni ham qayd etadi: ―Funksional ko’chirishda ko’pincha shakliy o’xshashlik ham qatnashadi.
Metafora va metonimiya. Metonimiya ham nom ko’chish ususli bo’lib, narsalar orasidagi obyektiv bog’liqlikka asoslanadi. Bog’liqlik asosidagi ko’chish bir necha xil bo’lishi mumkin:

  1. Narsa nomi – shu narsa asosidagi boshqa bir narsa bir narsaga ko’chadi: Dasturxon

– stolga yoziladigan mato // dasturxon ishtaxamni ochib yubordi (dasturxondagi ovqatlar).

  1. Bir narsaning shu narsaga asoslangan o’lchov birligi nomi bo’lib xizmat qiladi: bosh, kalla – ―bosh o’lchov birligi: ikki bosh uzum, bunda metafora ham qatnashadi – shakliy o’xshashlik bor.

  2. Bir narsaning nomi shu predmetdan hosil bo’ladigan predmetga ko’chadi: til (nutq a‘zosi), til (nutq).

  3. Belgining nomi shunday belgisi bor narsaga ko’chiriladi – ko’k (rang nomi) – ko’k (osmon)

Qorong’u kechada ko’kka ko’z tikib, Eng yorug’ yulduzdan seni so’rayman.
Cho’lpon. (―Go’zal)

  1. Harakatning nomi shu harakat natijasida hosil bo’ladigan narsaga ko’chiriladi: to’ymoq – to’y.

Metonimiyaning muayyan ko’rinishi – sinekdoxa butun va qism orasidagi bog’liqlikni nazarda tutadi. Metonimiya va metafora orasidagi farq nom ko’chish asoslaridadir. Metaforaga o’xshashlik, metonimiyaga bog’liqlik asos bo’ladi. Bu eng asosiy farq bo’lib, o’xshashlik va bog’liqlik munosabatlari orasidagi tafovut bu farqni yanada kuchaytiradi.
Bu tafovut shundaki, o’xshashlik qaysidir darajada erkin, ya‘ni subyekt o’xshashlikni ochadigina emas. Noo’xshash narsalar orasida mutanosiblikni topish qadimdan iste‘dod sanaladi. Metaforada qiyos asosi nihoyatda murakkab bo’lishi mumkin. Yuqorida ana shunday holatlar haqida gapirib, faqat so’zning semem tarkibiga suyanib turib bu xil metaforalarni ochish qiyin bo’lishi haqida gapirgan edik.
Metonimiyada esa bog’liqlik asos bo’ladi. Bog’liqlik obyektiv mavjud bo’lmasa, uni tiklab bo’lmaydi. Darhaqiqat, bog’liqlik (munosabati) xususiyati doimiy bo’lib, uni hamma tan oladi va qayd etadi. Ko’chaning oldingi qismini nima uchun bosh deb atalishiga umumtektologik-mantiqiy qonuniyatlar ko’rsatish qiyin. Biroq metonimiyaning xususiy ko’rinishi bo’lgan sinekdoxa – butunni qism, qismni butun bilan atash asosini kibernetika ham tushuntirib bera oladi. Chunki kibernetikaning asosiy qonunlaridan bo’lmish axborot nazariyasi bo’yicha har qanday butun qism haqida, har qanday qism butun haqida axborot tashiydi.

Yüklə 321,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə