Mikroiqtisodiyot


-rasm. Ishlab chiqarish omillari



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə6/14
tarix26.05.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#113375
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
58-2gruh talabasi Qodirova Gulnigor .KURS ISHI.

3-rasm. Ishlab chiqarish omillari.
Yer ishlab chiqarishning tabiiy omilidir. U inson faoliyatining natijasi emas, balki tabiat in’omidir. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchisi uchun yer ishlab chiqarishning asosiy va bosh vositasi hisoblanib, u bir qator xususiyatlarga ega:
yer tabiiy va sun’iy hosildorlikka ega bo’lishi mumkin; yer - tabiatning in’omi, u erkin asosda takror ishlab chiqarilishi mumkin emas; insonning yer hosildorligiga ta’siri cheksiz bo’lishi mumkin emas, chunki qaytimning kamayib borish qonuni bu sohada ham amalda bo’ladi.
Ishlab chiqarish samaradorligi ko’p jihatdan ishlab chiqarish jarayonida foydalaniluvchi asbob - uskunalar, mashinalar, inshootlar umumiyligini ifoda etuvchi kapital sifatiga bog’liqdir.
Insonning bilimi, ko’nikmalari, sog’lig’i ham iqtisodiyotda inson kapitali sifatida baholanadi. Axborotlar ishlab chiqarishni to’g’ri tashkil etish va boshqarish borasidagi bilimlar tizimini ifoda etadi. Rivojlangan bozor munosabatlari sharoitida axborotlar muhim o’rin tuta boradi.
Ishlab chiqarishning ekologik omili iqtisodiy o’sishni harakatlantiruvchi yoki cheklovchi kuch sifatida ta’sir ko’rsatadi.
Ishlab chiqarish omillari tizimida tadbirkorlik va tadbirkorlik faoliyati muhim o’rin tutadi. Tadbirkorlik qobiliyatiga ishlab chiqarish omillarini eng samarali qorishtirish omili sifatida qaraladi. Tadbirkor milliy iqtisodiyot tarmoq ishlab chiqarish korxonalarida yoki xizmat ko’rsatish muassasalarining ma’lum bir yo’nalishi bo’yicha o’z iqtisodiy faoliyatini samarali tashkil etuvchi inson - shaxsdir. O’zbeqiston Respublikasining " Tadbirkorlik faoliyatining kafolatlari to’g’risida" gi qonuniga muvofiq: "Tadbirkorlik - mulkchilik sub’ektlarining foyda olish maqsadida tavakkal qilib va mulqiy javobgarlik asosida, qabul qilingan qonunlar doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko’rsatishdir." Tadbirkor va tadbirkorlik faoliyatini mohiyatini chuqurroq ochib berish uchun
Prezidentimizning quyidagi fikrlarini keltirish o’rinli: "... hamdo’stlikdagi boshqa davlatlarning fan - texnika taraqqiyoti yutuqlaridan, yangiliklaridan, texnologiyalari, telekommunikasiyalar va kosmik aloqa vositalaridan bahramand bo’lish, zarur xom-ashyo va tayyor mahsulotni, shu jumladan xalq is’temol mollarini jahon narxlaridan past narxlarda sotib olish, shuningdek, o’z mahsulotini sotish uchun keng ko’lamdagi bozorning mavjudligidan oqilona foydalanish lozim"
(I. A. Karimov "O’zbeqiston buyuk kelajak sari" T. "O’zbeqiston" 1998y. 27-b.) Milliy iqtisodiyotda tadbirkorlik faoliyatini har tomonlama qo’llab quvvatlash va rivojlantirish bo’yicha islohotlarni amalga oshirish mamlakatimizni iqtisodiy jihatdan ravnaq toptirishda asosiy o’rin tutishini tushunib yetish lozim. Ijtimoiy jihatdan yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti munosabatlarini qaror toptirish jarayonida insonlarning tadbirkorlik qobiliyatlari va ko’nikmalari eng asosiy omillardan biri hisoblanadi. “Bir necha o’n yillar davomida respublikada ssenariysi uzoq Markazda to’qilgan qarorlar amalga oshirildi, “kompaniyalar” o’tkazildi. O’zbeqistonning chinakam manfaatlari o’ziga xos sharoiti va imkoniyatlari pisand qilinmadi. Natijada xalq xo’jaligining nuqsonli, bir tomonlama xom-ashyo tuzilmasi shakllandi. Respublika ayrim xom

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə