Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/217
tarix28.11.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#136939
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   217
gUniIa0jrThC89GdmAWRJcXdg1xipwfJPUXMEMpK

 
َﻦﻴِﻤَﻟﺎَﻌْﻟا
 
ﱡبَر
 
َﻚِﻟَذ
 
اًداَﺪْﻧَأ
 
ُﻪَﻟ
 
َنﻮُﻠَﻌْﺠَﺗَو
 
ِﻦْﻴَﻣْﻮَﻳ
 
ﻲِﻓ
 
َضْرﻷا
 
َﻖَﻠَﺧ
 
يِﺬﱠﻟﺎِﺑ
 
َنوُﺮُﻔْﻜَﺘَﻟ
 
ْﻢُﻜﱠﻨِﺋَأ
 
ْﻞُﻗ
)
٩
(
َو
 
ﺎَﻬِﻗْﻮَﻓ
 
ْﻦِﻣ
 
َﻲِﺳاَوَر
 
ﺎَﻬﻴِﻓ
 
َﻞَﻌَﺟَو
 
ًءاَﻮَﺳ
 
ٍمﺎﱠﻳَأ
 
ِﺔَﻌَﺑْرَأ
 
ﻲِﻓ
 
ﺎَﻬَﺗاَﻮْﻗَأ
 
ﺎَﻬﻴِﻓ
 
َرﱠﺪَﻗَو
 
ﺎَﻬﻴِﻓ
 
َكَرﺎَﺑ
 
َﻦﻴِﻠِﺋﺎﱠﺴﻠِﻟ
)
١٠
(
 
ْوَأ
 
ﺎًﻋْﻮَﻃ
 
ﺎَﻴِﺘْﺋِا
 
ِضْرﻸِﻟَو
 
ﺎَﻬَﻟ
 
َلﺎَﻘَﻓ
 
ٌنﺎَﺧُد
 
َﻲِهَو
 
ِءﺎَﻤﱠﺴﻟا
 
ﻰَﻟِإ
 
ىَﻮَﺘْﺳا
 
ﱠﻢُﺛ


Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
12
 
َﻦﻴِﻌِﺋﺎَﻃ
 
ﺎَﻨْﻴَﺗَأ
 
ﺎَﺘَﻟﺎَﻗ
 
ﺎًهْﺮَآ
)
١١
(
َﻤَﺳ
 
َﻊْﺒَﺳ
 
ﱠﻦُهﺎَﻀَﻘَﻓ
 
ٍءﺎَﻤَﺳ
 
ِّﻞُآ
 
ﻲِﻓ
 
ﻰَﺣْوَأَو
 
ِﻦْﻴَﻣْﻮَﻳ
 
ﻲِﻓ
 
ٍتاَوﺎ
 
ِﻢﻴِﻠَﻌْﻟا
 
ِﺰﻳِﺰَﻌْﻟا
 
ُﺮﻳِﺪْﻘَﺗ
 
َﻚِﻟَذ
 
ﺎًﻈْﻔِﺣَو
 
َﺢﻴِﺑﺎَﺼَﻤِﺑ
 
ﺎَﻴْﻧﱡﺪﻟا
 
َءﺎَﻤﱠﺴﻟا
 
ﺎﱠﻨﱠﻳَزَو
 
ﺎَهَﺮْﻣَأ
)
١٢
(
 
 
«Ayting: «Haqiqatan ham sizlar Yerni ikki kunda yaratgan zotga kofir bo‘lurmisizlar va o‘zgalarni 
unga tenglashtirurmisizlar?! Ana o‘sha barcha olamlarning parvardigori-ku?! U 
(Yerning)
 ustida to‘la 
to‘rt kunda tog‘larni paydo qildi va uni barakotli qildi hamda o‘sha yerda uning yemishlarini 
belgiladi
(taqsimladi)

(Bu tafsilot
) so‘rovchilarga mosdir. So‘ngra tutun holatda bo‘lgan osmonni 
yaratishni qasd etib, unga va Yerga: «
(Farmonimga)
 ixtiyoriy yoki majburiy holda kelinglar!», - degan 
edi, ular: «O’z ixtiyorimiz bilan keldik», - dedilar. Bas ikki kunda yetti osmonni xalq qildi va har bir 
osmonga o‘z vazifasini vahiy qildi»
 

(Fussilat, 9-12.)
Abdulloh ibn Salom shunday deydi: «Alloh taolo olam yaratishni yakshanba kundan boshladi. Yakshanba 
va dushanba kunlarida yerlarni yaratdi. Seshanba va chorshanba kunlari yemishlar va tog‘larni yaratdi. 
Payshanba va jum’a kunning avvalida osmonlarni yaratdi. Jum’a kunining oxirida esa Odamni yaratdi». 
Muhammad ibn Ishoq aytadi: «Ahli Tavrotlar: «Alloh yaratishni dushanba kunidan boshlagan» - deydilar. 
Ahli Injillar: «Alloh yaratishni yakshanbadan boshlagan» - deydilar. Biz, musulmonlar Rasululloh (s.a.v)ning 
so‘zlariga asoslanib: 
«Alloh olamni olti kunda yaratgan, boshlanishi esa shanba kunidir»
, - deb e’tiqod 
qilamiz». 
(Tarixi Tabariy. Qohira. 1939. 1-j. 30-bet.)
1.3.
Iblisning takabburligi 
Alloh taolo obro‘ va martaba bergan maxluqlarning eng birinchisi Iblis edi. Iblis farishtalarning «jin» ismli 
qabilasidan bo‘lib, nihoyatda go‘zal, mukarram qilib yaratilgan edi. Farishtalarning bu qabilasi jannat 
nazoratchilari edilar. Alloh Iblisni dunyo osmoni va Yerga podshoh etib tayinladi. O’zini yaratgan va shunday 
ulug‘ martabalar bergan Allohga takabburlik qildi, xudolik da’vosini qilib, qo‘l ostidagilarni o‘ziga ibodat qilishga 
buyurdi va osiy bo‘ldi. Alloh uni masx qilib, Shaytonga aylantirdi, o‘z dargohidan haydadi va la’natladi. 
Qatoda (r.a.) aytadilar: 
 
َﻦﻴِﻤِﻟﺎﱠﻈﻟا
 
يِﺰْﺠَﻧ
 
َﻚِﻟَﺬَآ
 
َﻢﱠﻨَﻬَﺟ
 
ِﻪﻳِﺰْﺠَﻧ
 
َﻚِﻟَﺬَﻓ
 
ِﻪِﻧوُد
 
ْﻦِﻣ
 
ٌﻪَﻟِإ
 
ﻲِّﻧِإ
 
ْﻢُﻬْﻨِﻣ
 
ْﻞُﻘَﻳ
 
ْﻦَﻣَو
)
٢٩
(
 
«Ulardan qaysi biri: «Men ham 
(Alloh)
dan o‘zga bir ilohman», desa, bas, Biz o‘shani jahannam bilan 
jazolaymiz. Barcha zolimlarni ana shunday jazolaymiz», 
(Anbiyo, 29)
-
degan oyati karima xossatan Iblis 
haqidadir». 
Ibn Abbos (r.a.) shunday rivoyat qiladilar: «Alloh taolo Yerda «jin» toifasini yaratgan edi. Ularning xilqati 
olovning tilidan edi. Yerda fasodni kuchaytirdilr. Bir-birlarini o‘ldirdilar. Allohga itoat qilishdan chiqib ketdilar. 
Alloh ularga qarshi Iblis boshchiligida farishtalarni yubordi. Iblis bilan jinlar orasida qattiq urush bo‘lib, jinlar 
tog‘larga va orollarga qochib ketdilar.
G’alabadan mag‘rurlangan Iblisning dilida «Men hech kim qilmagan ishni qildim», degan kibr paydo bo‘ldi. 
Bu kibrni farishtalar sezmadilar, ammo Alloh undan xabardor edi». 
Sa’d ibn Mas’ud rivoyat qilgan ushbu xabar yanada ajibroq. Uning aytishicha, Yerda fasod qilgan jinlar bilan 
jang qilgan farishtalar yoshgina Iblisni ushlab olib, osmonga olib chiqqanlar. Iblis farishtalardan Allohga ibodat 
qilishni o‘rganib, qattiq muxlis bo‘lib, juda ko‘p ibodat qilgan va Allohning huzurida yuqori martabalarga 
erishgan. Allohning huzurida «Azozil», «Horis», «Hakam» degan nomlarga ega bo‘lgan. 
Alloh taolo Iblisning ana shunday ulug‘ martabada bo‘lib turgan, Yeru osmonning podshosi, farishtalarning 
ustozi, jannat xazanalaridan biri maqomini egallab turgan bir vaqtda Odamni yaratishni iroda qildi.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə