Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
11
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Odamlar
tilla va kumush konlari kabi
kondirlar. Johiliyatda yaxshi bo‘lganlari Islomda ham yaxshidirlar, agar tushunsalar».
13
10. Imom Hokim zaif isnod bilan Abu Dardodan rivoyat qilgan.
11. Abu Nu’aym zaif isnod bilan Ibn Abbosdan rivoyat qilgan.
12. Tabaroniy va Ibn Abdulbar Abu Dardodan rivoyat qilishgan.
13. Muttafaqun alayh
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Qiyomat kuni olimlar qalamining
siyohi shahidlar qoni bilan o‘lchanadi».
14
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Ummatimdan
kim qirq hadisni
odamlarga ta’lim berish uchun yodlasa, men qiyomat kuni unga shafoatchi va guvoh
bo‘laman».
15
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Ummatimdan qay biri qirq hadisni
yod olsa, qiyomat kuni Alloh huzuriga faqih-olim bo‘lib boradi».
16
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Alloh
taolo Ibrohim alayhissalomga
vahiy qilib: «Ey Ibrohim! Men olimman (biluvchiman) va har bir biluvchini yaxshi
ko‘raman», dedi».
17
14. Ibn Abdulbar Abu Dardodan zaif isnod bilan rivoyat qilgan.
15. Ibn Abdulbar Ibn Umardan rivoyat qilib, zaif degan.
16. Ibn Abdulbar Anasdan rivoyat qilib, zaif degan.
17. Imom Xatib Abdulloh Ibn Juzdan zaif isnod bilan rivoyat qilgan.
Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Kim Allohning dinida olim-faqih bo‘lsa,
Alloh uning qayg‘ualamini ketkazib, o‘ylamagan tomonidan rizqlantiradi».
18
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) marhamat qiladilar: «Olim
Allohning yer
yuzidagi ishonchli kishisidir».
19
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Ummatimda ikki toifa borki, agar
ular yaxshi bo‘lsa, odamlar yaxshi bo‘ladi, buzilsa, odamlar ham buziladi. Ular amirlar va
faqihlardir».
20
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Alloh taologa yaqinlashtiradigan
ilmni ziyoda etmaydigan kunning quyoshi chiqishida men uchun baraka yo‘q».
21
18. Ibn Abdulbar ta’liq holda zikr etgan. Lekin isnodini topishga muvaffaq bo‘lmadim.
19. Ibn Abdulbar Muozdan (r.a.) zaif isnod bilan rivoyat qilgandi.
20. Ibn Abdulbar va Abu Nu’aymlar Ibn Abbosdan zaif isnod bilan rivoyat qilishgan.
21. Tabaroniy, Abu Nu’aym va Ibn Abdulbarlar zaif isnod bilan Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat qilishgan.
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) ilmning shahidlik va
obidlikdan afzalligi haqida
marhamat qilib aytadilar: «Olimning obiddan afzalligi mening quyi darajadagi
sahobiydan afzalligim kabidir».
22
Qarangki, Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) ilmni nabiylik darajasiga yaqin
Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
12
qo‘yib, ilmsiz qilingan amaldan ustun ko‘rdilar. Agar obid qilayotgan ibodati haqida
ilmga ega bo‘lmaganida, ibodati davomli bo‘lmas edi.
Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Olimning obiddan
afzalligi badr kechasida
(o‘n to‘rt kunlik) oyning boshqa yulduzlardan afzalligi kabidir».
23
Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Qiyomat kuni uch toifa kishida
shafoat qilish huquqi bo‘ladi: payg‘ambarlar, olimlar va shahidlar».
24
22. Termiziy Abu Umomadan hasan isnod bilan rivoyat qilgan.
23. Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy va Ibn Hibbonlar hasan isnod ila rivoyat qilishgan.
24. Ibn Moja Usmon ibn Affondan zaif isnod bilan rivoyat qilgan. Alboniy «Az-Zo’ifa»da keltirgan mening fikrimga u mavzu’dir.
Shahidlik maqomidan yuqori, payg‘ambarlik martabasidan keyin turuvchi ilm maqomi
naqadar ulug‘!
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) marhamat qiladilar: «Allohga
qilingan
ibodatlarning eng ulug‘i dinda faqih bo‘lishdir. Shayton uchun bitta faqih olim mingta
obiddan qo‘rqinchliroqdir. Har narsaning asos-ustuni bo‘lgani kabi, bu dinning ham
ustuni bor. U fiqhdir».
25
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Diningizning eng xayrlisi oson-qulay
bo‘lgani, ibodatning xayrlisi esa fiqhdir».
26
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Olim mo‘min obid mo‘mindan
yetmish daraja ustundir».
27
25. Abu Nu’aym zaif isnod ila Abu Hurayradan rivoyat qilgan. Termiziy va Ibn Mojalar Ibn Abbosdan
zaif sanad bilan rivoyat
qilishgan.
26. Ibn Abdulbar Anasdan (r.a.) zaif sanad ila rivoyat qilgan.
27. Ibn Adiy Abu Hurayradan zaif isnod bilan rivoyat qilgan.
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) marhamat qiladilar: «Sizlar olim faqihlari bisyor,
o‘quvchi (qori), xatib va so‘rovchilari oz, (javob) beruvchilari ko‘p zamonda yashayapsiz.
Bu zamonda amal qilish ilm olishdan yaxshidir. Yaqinda odamlarga faqih-olimlari oz,
xatiblari ko‘p, javob beruvchilari kam, so‘rovchilari ko‘p zamon keladi.
U paytda ilm
amaldan yaxshi va ustun bo‘ladi».
28
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Olim bilan obidning orasi yuz darajali
masofa bo‘lib, har darajaning orasi chopqir otning yetmish yillik yugurishichalikdir».
29
Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam): «Qaysi amal afzal?» deb so‘rashdi. U
zot aytdilarki: «Alloh azza va jallani bilish». So‘ng: «Siz qaysi ilmni iroda qilyapsiz?» deb
so‘rashdi. Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: «Alloh taoloni bilishni».
Shunda : «Biz sizdan amal haqida so‘rasak, ilm haqida aytyapsiz», deyishdi.
Payg‘ambarimiz: «Alloh taoloni tanib qilinadigan ozgina amal manfaatli bo‘ladi, Allohni
bilmasdan qilingan ko‘p amallar foyda bermaydi!» dedilar.
30