Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


odamlar ko‘rsin, deb turadilar va Allohni kamdan-kam eslaydilar»



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/157
tarix21.06.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#118302
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   157
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

odamlar ko‘rsin, deb turadilar va Allohni kamdan-kam eslaydilar»
(Niso surasi, 
142). 
«Namozlarini «unutib» qo‘yadigan «namozxon»larga vayl bo‘lsin»
(Mo’un 
surasi, 4-oyat). Namozlariga beparvo, yengiltaklik qilib uni o‘z vaqtidan kechiktirib 
o‘qiydigan kimsalarga halokat, azob bo‘lsin. 
«... ular riyokorlik qiladigan 
kimsalardir».
Ular odamlar ko‘z o‘ngida «solih» deb aytishlari uchun namoz o‘qiydilar, 
«taqvodor» deb nom qozonish uchun xushu’li va huzu’li bo‘lib ko‘rinadilar va «saxiy» 
degan nom olish uchun ehson-sadaqa qiladilar. Ularning har bir amallari riyo va nom 
qozonish uchundir. 
«Bas, namozlarini «unutib» qo‘yadigan kimsalar bo‘lgan «namozxon»larga 
halokat bo‘lgayki; Ular riyokorlik qiladigan va ro‘zg‘or buyumlarini ham 
(kishilardan) man’ qiladigan (ya’ni, biron kishiga foydalari tegmaydigan) 
kimsalardir!»
(Mo’un surasi, 4-7). 
Odamlarga kundalik ro‘zg‘or buyumlari – bolta, arra, igna, qozon kabi narsalarni ham 
berib turmaydilar. 
«Ey mo‘minlar, molini odamlarga ko‘rsatish uchun beradigan, Allohga va oxirat 
kuniga ishonmaydigan kimsaga o‘xshab, bergan sadaqalaringizni minnat va 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
7
ozor bilan yo‘qqa chiqarmang...»
(Baqara surasi, 264). 
Ya’ni, riyokor riyo qilgani sababli infoq-ehsonlarini yo‘qqa chiqargani singari, sizlar ham 
minnat va ozor bilan qilgan sadaqotlaringiz ajridan mahrum bo‘lib qolmang, deyilmoqda. 
«Bas, kim Parvardigoriga ro‘baro‘ bo‘lishidan umidvor bo‘lsa, u holda yaxshi 
amal qilsin va Parvardigoriga bandalik qilishda (riyokorlik bilan) biron kimsani 
(Unga) sherik qilmasin! (Ya’ni, qiladigan barcha amallarini Yolg‘iz Alloh uchun 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə