Microsoft Word D. Nurmatova Mehnat ta`limi mashg`ulotlarida texnik ijodkorlikka oid plakatlar majmuasidan foydalanishni pedago


Qurilmalardagi, metall ishlash uskunalardagi, pribor va apparatlardagi kam –



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/34
tarix07.06.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#115974
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34
diplom ishi

Qurilmalardagi, metall ishlash uskunalardagi, pribor va apparatlardagi kam – 
ko`stlarni izlab topish va tuzatish
- bu metod ijodiy masalalar yoki topshiriqlar, xayoliy 
eksperiment va boshqalar bilan o`zaro bog`langan holda qo`llanadi. Bu xil ishlar xarakterini 
aniqlashda o`quvchilarning ijodiy tasavvuri rivojlanadi, sinash metodi bo`yicha sodir bo`ladigan 
unumsiz harakatlar va holatlardan qochish imkonini beruvchi faoliyat usuli shakllanadi. 
O`quvchilar faoliyatining bu usulini o`zlashtirib olishlari uchun maxsus priborlar, trinajerlar, 
izlash programmalari va shu kabilarni ishlab chiqish hamda tayyorlash bilan bog`lik mashqlar 
sistemasi kerak. 
Xal qilishning yagona varianti mavjud sharoitlarda masalalarni fikran xal qilish eng 
qulay - mashqdir. Maqsadga nomuvofiq va nooptimal variantlarni atayin chiqarib tashlash izlash 
va buning sabablarini aniq tushunib olish mashqlari ham muhimdir.


14
3-RASM 
O`quvchilar ijodiy tafakkurini o`stirish, ma`ruzalar, suhbatlar, ilmiy maqolalarni o`qish, 
mustaqil bajarilgan tadqiqotlar hodisa xisobot yozish, o`quvchilarni ilmiy muammolarni jamoa 
bo`lib muhokama qilishga jalb etish, izlanish faoliyati munosabati bilan axborotlar almashish 
katta ahamiyatga ega.
Shu metodlarini tanlashda har bir o`quvchining texnik tafakkurini, ijodiy qobiliyatlarini 
qanchalik rivojlanishiga yaxshi tasavvur qilishi va oldingi ijodiy ish tajribasini hisobga olishi 
kerak.
Buning uchun o`quvchilar ijodiy tayyorgarliklarining besh darajasini aks ettiruvchi 
shkaladan foydalanish qulaydir:
1- daraja
. O`quvchilar buyumni uning shaklini takomillashtirish yoki detallarni 
ratsional joylashtirish va xakozo, maqsadida chizmaga, sxemaga qisman o`zgartirishlar kiritib, 
berilgan hujjatlar bo`yicha tayyorlay oladilar.
2 - daraja
. O`quvchi konstruktsiyalashni oxiriga yetkazib va berilgan texnik hujjatga 
yoki aloxida sxemaga uzicha o`zgartirish kiritilib buyumlarni yasay oladi.
3 - daraja
. O`quvchi buyumni uning konstruktsiyasini dastlabki original 
takomillashtirish va texnalogik hujjat yoki sxemaga mustaqil xolda o`zgartirishlar kiritib, 
tayyorlay oladi.
4 - daraja
. O`quvchi buyumning (o`qituvchi tomonidan berilgan) orginal 
konstruktsiyalik g`oyasini mustaqil xolatda texnalogik jixatdan ishlab chiqish va uni kiritib, 
tayyorlay oladi.
5 - daraja
. O`quvchi buyumning original konstruktorlik yoki ratsionalizatorlik goyasini 
mustaqil holda asoslab va ta`riflab bera oladi, hujjatlarni ishlab chiqish va buyum yasashni 
bajara oladi. 

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə