Microsoft Word aldangan aysel ziyouz com doc



Yüklə 214,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/65
tarix13.03.2022
ölçüsü214,22 Kb.
#84462
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   65
Aldangan Ayselning tavbasi

www.ziyouz.com

 kutubxonasi 

44

Dugonam Amina bilan uchrashdim 

 

 



Birinchisi, yana kuzatishlarning natijasi…Vujud saroyim qulayapti. Hayot so’qmog’ining 

so’ngida o’lim chirog’ining nurlari yorqin ko’rinmoqda. Buni vujudimni qamragan 

bardoshdan ham sezyapman. Ba’zan og’riqlarim chidab bo’lmas darajada bo’ladi. 

Narkozlar ham yordam berolmasligini bilaman. Ammo nolimayman. Nolishga haqqim 

bormi? Chunki mulk meniki emas. Mulkni bergan va uni istagnidek tasarruf etuvchi 

Allohdir. Bizlar faqat omonatchilarmiz. Omonatchi faqat omonatni nazorat qiladi, xolos. 

Ammo unga egalik qila olmaydi. Ikkinchisi esa, yo’llariga ko’z tikib, hasrat chekib 

kutayotganim Aminaning tashrifi…Bu tong xuddi farishtalardek eshigimni ochib kirob 

keldi. Biro lam iztirob, og’riqni unutdim. Yillar hasratidan biz sarmast edik. Omon bo’lsin, 

assistant Aminani topibdi. To’g’rirog’I, Amina bizni topibdi. Men pastga tushayotganimda 

Amina meni ko’rib qolgan. Albatta, qo’rqib ketgan, bu holda meni tanib olishga 

qiynalgan. Bo’limdan so’rashga chiqqanida assistentga uchragan…Meni so’ragan. 

Assistent mening Aminani kutayotganimni bilgani uchun tezda tanigan. Amina shu 

fakultetning boshqa bo’limida o’qirkan. Ya’ni, bzi yonimizdagi Aminani qidirib yurgan 

ekanmiz.  

-Oh, Amina! Sen eng aziz dugonamsan. Sen qanday yaxshi do’stsan. Meni bu 

chirkinliklardan qutqarish uchun. Och qashqirlar qo’lidan tortib olish uchun, iymon 

haqiqatlarinidan xabardor qilish uchun ozmuncha harakat qildingmi? Sen og’I, kulfatli 

kinlarimning do’stisan. Yana shunday yaxshilik qilyapsan.  

Bu jamiyatda shunday insonlar ko’p bo’lishi kerak. Yo’qsa, yoshlik gunohlardan, 

yomonliklardan o’zini himoya qilolmaydi. Amina samimiyligi, mehribonligi va do’stligi 

bilan menga tasalli berar, o’lim, oxirat va iymonning rohati va lazzatini anglatardi. 

Assistentning suyuklisi Abrinur Xonim bilan Amina ikki qo’riqlovchi farishtadek boshimda 

turishibdi. Bu vujud saroyining inqirozi yaqin ekanligini ular ham bilishadi. Amina 

hujjatlarimni tekshiribdi. Xonaga kirgach, sezdirmaslikka harakat qildi. Ammo, men 

yuzidan tezda anglab oldim. Yana meni mehr bilan quchib:”Tuzalib ketasan, qo’rqma”, 

degan so’zlarining ohangi go’yo “Hozirlan, uzoq yo’lga chiqyapsan!” degandek eshitildi.  

 


Yüklə 214,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə