Microsoft Word aldangan aysel ziyouz com doc



Yüklə 214,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/65
tarix13.03.2022
ölçüsü214,22 Kb.
#84462
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   65
Aldangan Ayselning tavbasi

Ka’bada onamni ko’rdim 

 

 



Mana shu payt o’sha voqeaning siri oydinlashdi. Qarshimdagi turgan devor, deraza, 

pardalar bir zumda yo’qoldi. Go’yo teatr pardasi ochilib, boshqa sahna ko’rindi. Faqat 

rasmlardagina ko’rganim – Ka’ba. Boshqa bir ko’rinishda men o’sha sahnada paydo 

bo’ldim. Minglab musulmonlarning “Allohu Akbar!Allohu Akbar!” degan nidoalri ichida 

Ka’baga qarab namoz o’qirdim. Kuchli hayajon, hayrat va jo’shqin tuyg’ular qo’ynida 

edim. Bu joining fayzi, lazzati butun tomirlarimga qadar yetib bordi. Ha, xuddi shunday 

olamon orasida edim. Bu hayol emas. Insonlar bilan ko’rishyapman, gaplarini 

eshityapman. Yo Rabbim! Nimalar bo’lyapti? Bu tush bo’lmasin, uyg’ongach tugamasin. 

Nogoh bir qo’l meni tutdi va “Bolam” deya quchog’iga oldi.  

-Onajon…Siz?. . .  

Yonida akam, Ammo dadam yo’q. So’rasam, yana o’sha javobni oldim: 

-Haligacha hisobi tugamadi, eklgani yo’q.  

Onamning to’yib bo’lmas hidini tuydim. Quchoqladim, hidladim, o’pdim.  

-Onajon, siz qanchalar mehribonsiz. Akam bilan quchoqlashdim.  

-Qizim, seni tabriklayman, -dedi onam. Sen Qu’ronni o’qiy boshlading, seni qutlayman. 

Meni iymonimni o’sha kitoblar qytqardi. Seni ko’p duo qildik. Biz har juma kuni 

Payg’ambarimiz sav bilan ko’rishamiz. Sen uchun necha marta Payg’ambarimizga sav 

yolvordim. “Unga iymon haqiqatlari nasib qiladi”, deb mujda berdilar. Shukrlar bo’lsin. 

Seni kutayotgandik. Demak, Janobi Haq tavbangni qabul qilibdi. Yu, seni 

Payg’ambarimiz sav yonlariga olib boraman.  

Allohim, men!. . . Mendek gunohkor, isyonkor bir qulmi shu? Sizga te’riflab 

berolmayman, Xojam. Chunki bardoshim yetmaydi. Payg’ambarimiz sav bilan 

uchrashdik. Bu gunohkor ummatini, qabul qildilar, meni odam safiga qo’shdilar.  

-Seni muborak bir kunda chaqiramiz, -dedilar.  

O’zimga keldim. Namoz o’qirdim. Bu qanday ikrom, qanday ehson…Qanday tushunish 

mumkin bu hodisani? Yo Rabbim! Meni shuncha ne’matlarga munosib ko’rding. 

Haqiqatini ayon qil! Qo’limni bo’sh qaytarma. Hijolat qilma. Sening avfing va rahmating 

barcha gunohlardan xato va isyonlardan buyukdir. Ha, juda yaxshi tushundim, xojam. 

Albatta, muborak bir kunda hayot bilan vidolashish nasib qiladi…Muborak kun…Bu juma 

bo’lishi mumkinmi? Yaqinlashayotgan Baroat kechsi ham…Ikkisi ham juda yaqin. 

Yo’lovchiman…Go’zallar go’zali…Buyuklar buyugining roziligini topish yo’lidaman. Barcha 

gunoh, xato va isyonlarim bilan…Uning eshigiga borib, boshimni egaman. Balki, maktub 

yozib bitirolmasman. Toqatim tugadi, bardoshim so’ndi. Yana biroz dam olayin. Bugungi 

kun men uchun so’nggi faslning boshlanishi edi.  

 



Aldangan Ayselning tavbasi. Xolid Erto’g’rul 

 

 




Yüklə 214,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə