Mexаnizmlаrning kinemаtik tаhlili, vаzifаlаri vа usullаri



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə1/3
tarix24.12.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#158262
  1   2   3
oripov 4


MEXАNIZMLАRNING KINEMАTIK TАHLILI, VАZIFАLАRI VА USULLАRI. GRАFIK USUL


REJА


1. Kinematik tahlil vazifalari va mexanizmning kinematik xarakteristikalari.
2. Kinematik tahlilning grafik usuli va nuqtalar traektoriyalarini aniqlash.
3. Nuqtalarning yo`l yoki oraliq grafiklarini qurish.
4. Grafik differentsiallash usullari.


I. Kinematik tahlil vazifalari
Richagli mexanizmning kinematik tahlili harakatning bitta kinematik tsikli masalan, krivoshipni bir marta aylanish davri uchun bajariladi. Har qanday tekis richagli mexanizmlarning kinematik tahlili Аssur asosida hosil bo`lish tartibiga mos holda amalga oshirildi. Dastlab boshlangich bo`g`inni, so`ngra Аssur guruhlarini ketma-ket 1-sinf 1-tartibli mexanizmga qo`shilish tartibida nuqtalar va bo`g`inlar kinematik xarakteristikalari aniqlanadi. Kinematik tahlilning asosiy vazifalari quyidagilardir:
a) Bo`g`inlarning holati va ularga tegishli nuqtalarning traektoriyalarini aniqlash;
b) Аyrim nuqtalarning chiziqli (V) va burchak ( ) tezliklarini aniqlash;
v) Nuqtalarning chiziqdi (a) va burchak (ε) tezlanishlarini aniqlash.
Yuqorida ko`rsatilgan kinematik parametrlar umumlashgan holda kinematik xarakteristikalar deb ataladi. 1-shaklda to`rt sharnirli mexanizmning kinematik xarakteristikalarini aniqlash sxemasi keltirilgan. Bu erda bo`g`inlar vektor sifatida tasvirlangan.

1-shakl. To`rt sharnirli mexanizmning kinematik xarakteristikalarini aniqlash sxemasi.





Chiquvchi bo`g`in S nuqtasi uchun

Chiquvchi CD bo`g`in uchun

1

Harakat qonuni

Harakat qonuni

2

Chiziqli tezliklar


Burchak tezliklar


3

Chiziqli tezlanishlar


Burchak tezlanishlar


1-jadvalda ko`rsatilgan kinematik xarakteristikalar boshlangich bo`g`inning berilgan holatlari orqali aniqlanadi. Аgarda boshlang`ich bo`g`inning harakat qonuni noma`lum bo`lsa, mexanizm uchun boshqa kinematik xarakteristikalar aniqlanadi:
a) holat funktsiyalari yoki
b) tezlik analoglari yoki
v) tezlanish analoglari yoki
Kinematik xarakteristikalardan birini bilib ikkinchisiga o`tishi oson. Nuqtalarning tezliklari bilan ularning analoglari orasida quyidagicha bog`lanish mavjud:

Shunga o`xshash tezlanish bilan tezlik analogi orasida bog`lanish bor:


Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə