Meva haqida umumiy tushuncha; Mevaning klassifikatsiyasi; Mevalarni terish va saqlash



Yüklə 29,63 Kb.
səhifə1/4
tarix29.11.2023
ölçüsü29,63 Kb.
#138762
  1   2   3   4
5-маъруза (1)


MEVALARNI SAQLASH USULLARI VA ULARNI
QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI
REJA:

  1. Meva haqida umumiy tushuncha;

  2. Mevaning klassifikatsiyasi;

  3. Mevalarni terish va saqlash;

  4. Mevalarni transportda tashish.

Urug‘chi tugunchasining rivojlanishi natijasida hosil bо‘ladigan, о‘zida urug‘ saqlagan organga meva deyiladi.


Meva faqat yopiq urug‘li о‘simliklar uchun xosdir. Mevaning shakli, о‘lchami, rangi turlichadir. Uning vazifasi urug‘ni himoya qilish tarqalishiga xizmat qilishidir. Qо‘sh urug‘lanish jarayonidan keyin urug‘chi qismlari о‘zgarib ketadi. Natijada tuguncha devori о‘zgarib meva katini hosil qiladi. Meva qavati quyidagi asosiy qismlardan tuzilgan bо‘ladi. Mevaning tashqi qavati - ekzokarpiy. Mevaning о‘rta qavati -mezokarpiy. Mevaning ichki qavati -endokarpiy. Ekzokarpning asosiy vazifasi mevani himoya qilishga xizmat qilishidir. Mezokarpiy zapas oziq moddalarni saqlashga xizmat qilib, boshqa qavatlariga nisbatan yaxshi rivojlangan bо‘ladi. Endokarpiy urug‘ni tashqi tomonidan о‘rab turishga xizmat qiladi.
Mevaning klassifikatsiyasi. Hozirgi kunga qadar mevaning tugallangan klassifikatsiyasi yо‘q. Mavjud klassifikatsiyalar sun’iy bо‘lib, ayrim morfologik belgilarga asoslangandir. Keyingi yillarda genetik klassifikatsiya yaratilgan bо‘lib uning asosiga morfologik belgilar va mevaning tarixiy kelib chiqishi fizioloigyasi asos qilib olingan.
Sun’iy klassifikatsiya bо‘yicha mevalar quyidagicha klassifikatsiyalanadi.
1. Kelib chiqishiga kо‘ra;
2. Meva katining tuzilishiga kо‘ra;
3. Urug‘larning soniga kо‘ra.
Mevalar kelib chiqishiga kо‘ra:
-haqiqiy;
-soxta;
-oddiy;
-murakkab;
-tо‘p mevalarga bо‘linadi.
Haqiqiy mevalar deb faqat tugunchaning о‘zidan kelib chiqqan mevalarga aytiladi. Masalan: shoftoli, о‘rik, olcha, gilos, olxо‘ri mevalari.

Yüklə 29,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə