Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar



Yüklə 301,44 Kb.
səhifə7/10
tarix24.12.2023
ölçüsü301,44 Kb.
#158202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
noorganik

TEXNOLOGIK QISM
3.1 HOʻL USULDA PORTLANDSEMENT ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI
Hoʻl usulda portlandsement ishlab chiqarishda xomashyo materiallarining dastlabki xususiyatlari va boshqa omillardan kelib chiqqan holda bir-biridan xomashyo aralashmasini tayyorlash usuli bilan farq qilishi mumkin boʻlgan, turli xildagi texnologik sxemalardan biri tanlanishi mumkin. Hoʻl usulda portlandsement ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan xomashyo aralashmasining asosiy komponentlaridan biri, yaʼni ohaktosh togʻda portlatish yoʻli bilan olinadi, karyerida toʻplanadi.. Yuk yuklovchi togʻ ekskavatori yordamida oʻzi agʻdargich ogʻir yuk koʻtaruvchi avtomobillarga yuklanib, jagʻli (yoki konussimon) maydalagichlarning qabul qilish bunkeriga toʻkiladi. Ohaktosh jagʻli maydalagichlarda 80...150 mm kattalikkacha maydalaniladi. Maydalangan ohaktosh toʻplash omborida ishlatish va zahira uchun toʻplanadi. Zahira omboridan taʼminlagich transportyorlar yordamida bolgʻali maydalagichga uzatiladi. Ohaktosh bolgʻali maydalagichlarda 30-50 mm kattalikkacha maydalaniladi.Ohaktosh gidrofol tegirmonga yuboriladi.
Giltuproq foydalanish uchun ajratilgan yer maydonida ochilgan giltuproq karyerida ekskavator bilan qazib olinadi va oʻzi agʻdargich avtomobillarga yuklanadi. Аvtomobillar giltuproqni zoldirsiz oʻzi maydalovchi quvurli tegirmon (yoki loy chayqagich-aralashtirgich yoki rotorli tegirmonlarning) qabul qilish bunkeriga olib kelib agʻdaradi. Sement ishlab chiqarish va metallurgiya sanoatida zoldirsiz oʻzi maydalovchi quvurli tegirmon “Gidrofol” tegirmoni deb yuritiladi. Giltuproq “Gidrofol” tegirmonida suv va ohaktosh bilan aralashtirilib mayin tuyiladi, qaymoqsimon loy shakliga keltiriladi.Hosil boʻlgan loy aralashmasi shlam havzasiga haydaladi. Loy aralashmasining maʼlum bir qismi ohaktoshning past titrli shlamini tayyorlash uchun quvursimon zoldirli tegirmonlarga uzatiladi. U yerda loy aralashmasi ohaktosh bilan birgalikda mayin tuyiladi. Hosil boʻlgan past titrli ohaktosh shlami ham vertikal hovuzlarning biriga uzatiladi.
Bundan tashqari quvursimon zoldirli tegirmonlarda xomashyo materiallarining temirli komponenti (piritli kuyundilar, kolchedanli kuyundi, poʻlat buyumlarni prokatlash jarayonida hosil boʻladigan okalinalar va boshqalar) ham suv bilan birgalikda mayin tuyiladi, hosil boʻlgan temir komponentli shlam vertikal hovuzlarning biriga uzatiladi va alohida saqlanadi.
Hisoblangan tarkibdagi xomashyo aralashmasining foydalanish uchun tayyor holdagi qaymoqsimon shlami (loyi)ning namligi, xomashyo materiallari unsurlarining xususiyatlariga bogʻliq boʻlib, 32...45 % ni tashkil qilishi mumkin.
Qaymoqsimon shlam kuydirib pishirish uchun aylanma pechga uzatiladi. Hoʻl usulda sement ishlab chiqarish jarayonida shlamni kuydirish uchun zanjirli issiqlik almashtirgichlar bilan jihozlangan uzun aylanma pechlardan foydalaniladi. Bunda pech uzunligining oʻz diametriga nisbati 36...45 ga teng boʻlishi lozim.
Pechdan belgilangan darajadagi yuqori haroratda maʼlum vaqt davomida kuydirilib pishirilgan klinker sovuq havo oqimida shiddat bilan sovutish uchun kolosnikli sovutgichga tushadi. Аylanma pechlarda kuydiriladigan shlam (yoki material) va yoniligʻi yonishidan hosil boʻladigan issiq gazlar harakati oʻzaro qarama qarshi oqimda harakat qilish printsipga asoslangan boʻlib, gaz oqimi pechdan tutun soʻrgich yordamida tortiladi. Gaz oqimida oʻrnatilgan elektr filtrda changlar ushlanib qolinadi.
Changdan tozalangan tutun shaklidagi gaz oqimi dudburon orqali atmosfera qatlamiga chiqarib yuboriladi.Kolosnikli sovitgichdan klinker omboriga keladi.Ombordan dozalash bunkeriga keladi.
Portlansement olish uchun klinker belgilangan miqdorda 5 % gacha gips (ganch) qoʻshimchasi va faol mineral qoʻshimchalar kerak. Gips oʻzi agʻdargich ogʻir yuk koʻtaruvchi avtomobildan gips omboriga toʻkiladi. U yerdan bolgʻali maydalagichga soʻng dozalash bunkeriga keladi. Faol mineral qoʻshimchalar ombordan bolgʻali maydalagichda maydalanadi. Quritish barabanida quritiladi, tasmali konveyer orqali dozalash bunkeriga uzatiladi. Bunkerdan klinker gips va faol mineral qoʻshimchalar bilan birgalikda zoldirli tegirmonlarda nafis tuyiladi. Tuyilgan sement saqlash uchun silos omboriga joʻnatiladi.
Portlandsement ishlab chiqarish jarayonida qattiq jinsli ohaktoshdan foydalanilgan taqdirda, xomashyo tuyish sexida ohaktosh shlamini tayyorlashda ikki bosqichli tuyish sxemasidan foydalaniladi. Bunda dastlabki bosqichda ohaktosh suv bilan “Gidrofol” tegirmonida dagʻal tuyiladi. Ikkinchi bosqichda “Gidrofol” tegirmonidan olingan dagʻal shlam oddiy quvursimon zoldirli tegirmonda nafis tuyiladi. Bunda tegirmonlar tizimining unumdorligi oshadi. Tegirmonlarning shlam tuyish boʻyicha umumiy ishlab chiqarish quvvati soatiga 500...1000 m³ ni tashkil qiladi.
Sement klinkeri kuydirish jarayonida hoʻl usulda ishlaydigan zanjirli issiqlik almashtirish vositalari bilan jihozlangan aylanma pechlardan foydalanib sement zavodi qurishni loyihalashtirish oʻtgan asrning 30 yillaridan boshlab, yaʼni 1930...1960 yillarda ommaviy ravishda odat tusiga kirdi. Hatto 1950...1970 yillarda Rossiya va MDH mamlakatlarida qurilgan sement zavodlarning aksariyat qismida xomashyo aralashmasi komponenti sifatida foydalanishi rejalashtirilgan tabiiy namligi juda past boʻlgan qattiq materiallardan foydalanish lozim boʻlgan hollarda ham hoʻl usulda ishlaydigan pechlar oʻrnatilgan. Bunda asosan hoʻl usulda ishlaydigan pechlarni bitta afzalligi, u ham boʻlsa kuydirish uchun tayyorlanadigan xomashyo aralashmasi komponentlarini hoʻl usulda maydalash asosida tuyilgan shlam tegirmonda va undan keyin vertikal hovuzlarda yaxshi aralashadi. Bundan tashqari hoʻl usulda maydalangan shlam juda mayin boʻlib uning nafislik darajasi juda yuqori koʻrsatgichni tashkil qiladi. Tabiiyki bunday sifatdagi shlamdan kuydirilgan klinkerning sifat koʻrsatgichlari juda yuqori boʻladi.
Hoʻl usulda klinker kuydirish jarayonida mavjud boʻlgan kamchiliklar quyidagilardan iborat:
-hoʻl usulda klinker kuydirish uchun uzatiladigan shlamni tayyorlash jarayonida kuydirilayotgan klinkerning har bir tonnasi hisobidan sunʼiy ravishda bir tonnaga yaqinroq miqdorda suv qoʻshiladi. Аylanma pechlarda namligi miqdori (W=36...45 %) boʻlgan shlamni kuydirish jarayonida uning tarkibidagi suvni bugʻlatib yuborish uchun quruq usulda klinker kuydirish jarayoniga nisbatan 1.5...2 barobar koʻproq miqdorda issiqlik sarflanadi;
-zanjir toʻsinli issiqlik almashtirish vositalar oʻrnatish uchun qoʻshimcha mablagʻ sarflanadi;
-kuydiriladigan klinkerni tannarxi quruq usulda kuydiriladigan klinker tannarxiga nisbatan ikki barobar yuqoriroq koʻrsatgichni tashkil qiladi;
-jarayonni avtomatlashtirish darajasi juda past;
-kuydiriladigan klinkerning har bir tonnasi uchun 4 tonnaga yaqinroq miqdordagi chiqindi gazlar atmosferaga chiqarib yuboriladi. Аtmosferaga chiqarib yuborilyotgan chiqindi gazlarning bu koʻrsatgichi esa oʻz navbatida quruq usulda klinker kuydirish jarayonidan ajrab chiqadigan gazlar miqdoridan ikki barobar koʻproqni tashkil qiladi.

Yüklə 301,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə