Menejment nazariyasi


 KURS ISHIGA MAVZU TANLASH



Yüklə 405,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/16
tarix28.11.2023
ölçüsü405,92 Kb.
#133119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Menejment nazariyasi (2)

2. KURS ISHIGA MAVZU TANLASH 
Kafedrada kurs ishi mavzulari ishlab chiqiladi. Shunga asoslanib, talaba oldingi 
ishlarni bajarishdagi tajribalarini, o„z ilmiy manfaatlarini va shaxsiy imkoniyatini 
hisobga olib, mustaqil ravishda kurs ishi uchun mavzu tanlaydi. Tanlangan mavzu 
menejment faoliyatini tashkil etish; muammolari bo„yicha ilgari bajarilgan ilmiy 
tadqiqot ishlarining davomiyligini ta‟minlashi kerak. 
Talaba kurs ishi uchun mavzu tanlab bo„lgach, uni bajarishga ruhsat berishni 
so„rab kafedra mudiri nomiga ariza yozadi. Arizada kurs ishi mavzusining nomlanishi 
va kurs ishi yoziladigan sanoat korxonasi nomi aniq ko„rsatiladi (1-ilova). 
Kafedra majlisida ushbu arizalar ko„rib chiqiladi va kurs ishi mavzularini 
talabalarga biriktirish to„g„risida qaror qabul qilinadi hamda ilmiy rahbar tayinlanadi. 
3. KURS ISHINING MAZMUNI 
Menejment nazariyasi fani bo„yicha kurs ishi mazmuni uning mavzusidan kelib 
chiqib belgilanadi. Kurs ishi 3 qismdan, ya‟ni kirish, asosiy qism hamda xulosa va 
takliflardan iborat bo„ladi. Kurs ishi rejasi tayinlangan ilmiy rahbar yordamida talaba 
tomonidan tuziladi va ilmiy rahbar tomonidan tasdiqlanadi. 
Kirish qismida tanlangan kurs ishi mavzusining dolzarbligi va iqtisodiyotdagi 
ahamiyati, aniq sharoitlarda bu masalaning qo„yilishi va yechimining o„ziga xos 
jihatlari asoslab beriladi. Shuningdek, kirishda kurs ishining maqsad va vazifalari 
aniq ko„rsatiladi. 
Kurs ishining asosiy qismida o„rganilayotgan mavzuning nazariy asoslari ochib 
beriladi, bozor munosabatlariga o„tishda, iqtisodiy islohotlar sharoitida sanoatda 



menejmentni rivojlantirish va takomillashtirishga oid vazifalar, tanlangan mavzuning 
umumnazariy masalalari ko„rib chiqiladi. Kurs ishida amaliy ma‟lumotlardan 
foydalanilgan sanoat korxonasi (tashkiloti)ga tashkiliy-iqtisodiy tavsifnoma beriladi, 
tanlangan mavzuga oid barcha nazariy bilimlardan, iqtisodiy-Statistik va matematik 
metodlardan foydalangan holda sanoat korxonasining iqtisodiy-xo„jalik va moliyaviy 
faoliyati iqtisodiy tahlil qilinadi. 
Iqtisodiy ko„rsatkichlar ro„yxati, tahliliy o„rganish davri, tahlil qilish shakllari va 
jadvallari, iqtisodiy matematik modellari rahbar bilan kelishiladi. 
Jadvallarning barcha hisob-kitob materiallari tashkiliy ishlardagi kamchiliklarni 
ochib tashlashga va foydalanilayotgan manbalarni ko„rsatib berishga imkon beruvchi 
xulosalar bilan tugallanishi lozim.
Asosiy qism o„rganilgan mavzudagi tashkiliy ishlarni takomillashtirish va sanoat 
korxonasi boshqaruvi samaradorligini oshirish bo„yicha takliflar bilan tugallanadi.
Xulosa va takliflarda o„tkazilgan tadqiqotga qisqacha yakun yasalib, tanlangan 
kurs ishi mavzusi yo„nalishlariga muvofiq holda menejment faoliyatini tashkil etish 
va sanoat korxonalarida operativ boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish hamda 
samaradorligini oshirish bo„yicha aniq takliflar bayon etiladi. 
Kurs ishi talaba tomonidan mustaqil holda mantiqiy jihatdan savodli uslubda 
yozilgan bo„lishi kerak. Ko„pso„zli bayonnomalarga, shuningdek o„quv qo„llanmalar 
va iqtisodiy adabiyotlardan ko„chirib - yozishga ruhsat etilmaydi.

Yüklə 405,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə