Media muxitida bola huquqlari



Yüklə 35,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü35,51 Kb.
#137653
  1   2   3
Bola huquqlari



Media muxitida bola huquqlari
Reja
1. Bola huquqlarining huquqiy-me’yoriyasoslari. 
2. Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya
3. Media muxitida bola huquqlari


Sog‘lom va bilimli yosh avlod millat
ravnaqining poydevori.

Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, sog‘lom va bilimli yosh avlod mamlakat
boyligi, millat ravnaqini ta’minlaydigan mustahkam poydevordir. 

Istiqlol yillarida ijtimoiy-gumanitar sohada amalga oshirilayotgan izchil
islohotlar jarayonida aholini ijtimoiy himoya qilish uchun yo‘naltirilgan
davlat xarajatlari 5 barobar ko‘paydi, xalqimiz turmush darajasi sezilarli
ravishda oshdi. Xususan, “Bolalarni asraylik” xalqaro tashkiloti tomonidan
tuzilgan jahon reytingida O‘zbekiston bolalar salomatligini mustahkamlash
borasidagi katta g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan eng ilg‘or yetakchi o‘n
mamlakat qatoridan joy oldi. 


Bala huquqlarining huquqiy-me’yoriy asoslar
O‘zbekistonda Bola
huquqlari bo‘yicha 100 dan
ziyod qonunlar, Prezident
farmonlari, Vazirlar
Mahkamasi qarorlari va
boshqa me’yoriy-huquqiy
hujjatlar qabul qilingan. Eng
muhimi, mamlakatimizda
bola huquqlari va
manfaatlarini himoya qilish
bo‘yicha kompleks huquqiy
asoslar yaratildi. 

Ayniqsa, 2008 yil 8 yanvarda amalga kiritilgan “Bola
huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun O‘zbekistonda
bola huquqlariga oid birinchi tarixiy hujjat bo‘ldi. 

Mazkur Qonunning qabul qilinishi, birinchidan, bola
huquqlariga oid qonun hujjatlarining kodifikatsiya qilinishiga
zamin yaratishga, ikkinchidan, BMTning Bola huquqlari
to‘g‘risidagi konvensiyasida belgilangan bola huquqlarini himoya
qilishga oid xalqaro standartlarga milliy qonunchilikning
mosligini ta’minlashga xizmat qiladi. Uchinchidan, bola
huquqlarini himoya qilish mexanizmining oshkora va samarali
bo‘lishi uchun bola huquqlari himoya qilinishining aniq
kafolatlarini belgilab olishga imkoniyat berdi.



Mamlakatimizda bolalShu bilan birga, Xalq ta’limi, Sog‘liqni
saqlash, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklari,
boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, mahalliy hokimiyat
organlarining oilaviy muhitdan mahrum bolalarning ta’lim olishi,
davolanishi va ularning broshqa huquqlarini himoya qilish
borasidagi sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish borasida
institutsional mexanizmni yo‘lga qo‘yish bugun tobora dolzarb
ahamiyat kasb etmoqda. Bunda kompleks idoralararo
komissiyani tuzish, oilaviy muhitdan mahrum bolalar tarbiyasi
bilan shug‘ullanuvchi barcha davlat muassasalarida asab tizimi
va jismoniy rivojlanishdagi nuqsonib bor bolalar uchun
tabaqalashtirilgan davolash dasturlarini ishlab chiqish muhim
ahamiyatga ega.


Mamlakatimizda bolalar huquqini himoya qilishning zarur huquqiy
bazasi yaratilgan. Ta’kidlash joizki, mustaqillikka erishilgandan
so‘ng O‘zbekiston qo‘shilgan ilk xalqaro shartnomalardan biri
BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasidir. Inson
huquqlarini himoya qilishning qonunchilik asosi avvalo O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan me’yorlar va
qonunlarga tayanadi. Milliy qonunchilikdagi ustuvor yo‘nalishlardan
biri – bu bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha BMT xalqaro
konvensiyalari qoidalarini implementatsiya qilishdan iborat bo‘lib,
mazkur yo‘nalishda YUNISEF bilan faol hamkorlik olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi 1992 yil 9 dekabrda BMTning Bola
huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasini ratifikatsiya qilishi bola
huquqlariga oid davlat siyosatining shakllanishi uchun zamin
yaratdi va ushbu siyosat bola huquqlarini amalga oshirish va
himoya qilish bilan bog‘liq munosabatlarni huquqiy tartibga solish
uchun samarali mexanizmni yaratishga qaratilgan davlat organlari
va mahalliy davlat hokimiyati organlarining izchil olib borilayotgan
faoliyatida namoyon bo‘lmoqda. Shu bois, bola huquqlarini
ta’minlash va himoya qilish uchun zarur bo‘lgan huquqiy va
tashkiliy sharoitlar va kafolatlar yaratish O‘zbekistonda davlat
siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 



Yüklə 35,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə