|
Maxmudov n. M., Hakimov h. A. Makroiqtisodiy tahlilMakroiqtisodiy Tahlilmakroiqtisodiy
siyosat
ning muqobilligi va egiluvchanligini ta’minlaydi. Makroiqtisodiy
modellardan foydalanish fiskal (soliq - budjet), monetar (pul - kredit),
valuta va tashqi savdo siyosat dastaklarini muvofiqlashtirishni
optimallashtirish hamda hukumat va Markaziy Bankning iqtisodiyotni
davriy tebranishini boshqarish bo‘yicha chora-tadbirlarini samarali olib
borish imkoniyatini yaratib beradi.
Tovar va xizmatlar, daromad va xarajatlar aylanma harakat modeli,
yalpi talab (AD) va yalpi taklif (AS) modeli, Keyns xochi, IS-LM, Fillips,
Laffer egri chiziqlari, Solou modeli va shu kabi boshqa umumlashtirilgan
makroiqtisodiy modellar makroiqtisodiy tahlilning umumiy vositalari
hisoblanadi, ammo aytish joizki, ular milliylik xususiyatidan mustasnodir.
2.2. Milliy x
o‘
jalik ishlab chiqarishining cheklanganligi.
Muqobil xarajatlar
Iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarish jarayonida q
o‘
llaniladigan
resurslarning miqdori bilan ushbu jarayonda ishlab chiqariladigan
mahsulot
miqdori
o‘
rtasidagi
bog‘liqlikni xarakterlaydi, ya’ni
«xarajatlar-ishlab chiqarish»
muammosini
o‘
zida mujassam etadi.
Mavjud xarajatlardan olingan mahsulotlarning nisbatan k
o‘
payganligi
samaradorlikning ortishini bildirsa, uning kamayishi samaradorlikning
pasayishini bildiradi.
Cheklangan resurslar sharoitida
Nima? Qancha? Qanday? va Kim
uchun?
masalalarini yechish maqsadida iqtisodchilar turli modellardan
foydalanganlar.
Shularning eng sodda k
o‘
rinishi quyidagicha:
14
2.3-rasm. Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i
Dostları ilə paylaş: |
|
|