Mavzusida yozgan mustaqil ishi



Yüklə 129,7 Kb.
səhifə2/13
tarix21.05.2022
ölçüsü129,7 Kb.
#87616
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Mаvzu. Xulq va dеviant xulq

1. Odam tushunchasi. Odam – barcha jonzotlarning eng yuqori pog‘onasida turadigan mavjudot, ijtimoiy jarayonlar sub’yekti. Odam ijtimoiy mehnat asosida shakllangan tafakkur va nutqqa ega bo‘lishi, mehnat qurollarini yasash va atrof-muhitga faol ta’sir ko‘rsata olish bilan boshqa tirik mavjudodlardan farq qiladi. Boshqacha aytganda, odam - fikrlash, so‘zlash va mehnat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan, shu tufayli boshqa hamma maxluqotdan ustun turuvchi jonli zot, kishi, inson. Odam Ato, Odam alayhissalom diniy afsonalarga ko‘ra yer yuzida birinchi yaratilgan erkak. Moma Havoning jufti. Odam – Yerdagi tirik organizmlar taraqqiyotining oliy bosqichi, ijtimoiy-tarixiy faoliyati va madaniyati sub’yekti. Odamni antropologiya fani o‘rganadi. Odam o‘zini-o‘zi anglab, insonga aylanishning quyidagi shakllari mavjud:
1) O‘z-o‘zini his etish, sezish.
2) Idrok etish (fahmlash).
3) Odam muayyan madaniyat va ijtimoiy guruhga o‘zi mansubligini anglashi.
4) Odam o‘z «men» iga ega bo‘lishi («men» uchun namuna kerak).
2. «Inson» tushunchasi: Inson – o‘zini anglagan, jamiyatda yashash qobiliyatiga ega bo‘lgan ulug‘ zotdir. Inson atamasi umumiy, hamma uchun xos bo‘lgan sifat va qobiliyatni izohlash uchun qo‘llaniladi. Bu tushuncha dunyoda mavjud bo‘lgan, tarixan o‘ziga xos shunday rivojlanayotgan birlikki, insoniyatni anglatib, u boshqa hamma moddiy tizimlardan farqli o‘laroqo‘ziga xos ijtimoiy faoliyat usullari bilan farq qiladi. Ushbu hayotiy faoliyat usuli tufayli inson tarixiy rivojlanishning hamma bosqichlarida, dunyoning barcha nuqtalarida o‘ziga o‘xshash bo‘lgan antologiyaga oid holatni saqlab qoladi.
Inson tushunchasi bioijtimoiy-ruxiy mavjudlikni ifodalaydigan tushuncha. Unda insonning zohiriy va botiniy sifatlari o‘z aksini topadi. Insonning umumiy sifatlari uning aniq holat va murakkab hayot sharoitlari namoyon bo‘ladigan xilma-xil kayfiyat, ruxiyat va munosabatlarning yig‘indisidir. Har bir insondagi alohida bu xususiyatlar betakror, o‘ziga xos holatlarda namoyon bo‘lishi mumkin.
Inson ongi ijodiy xususiyatini aniqlash mezoni quyidagilar tashkil etadi:
1) Ongning muayyan ijtimoiy yo‘nalishi.
2) Voqelikni anglab olish darajasi.
3) Mustaqil fikrlash qobiliyatining holati.
4) Inson tabiatda noyob va universaldir (noyob qobiliyat sohibi, nozik did, ulug‘vorlik, yaratuvchi).
5) Inson ichki va tashqi olam mujassamlashgan zot (mehnat, muloqat, badiiy ijod, xulq-atvor).
6) Inson juda ko‘p qismlardan tashkil topgan yaxlit birlik (tabiiylik, ijtimoiylik, aqllilik, hissiy, axloqiylik mujassam).
7) Inson tarixiy mavjudot (kelajagini yaratadi, ertangi kunga tashvish bilan qaraydi, chunki inqirozlar, omadsizliklar, ta`qiblar mavjud).
8) Inson mas’uliyat hissidan qochib qutilmaydi (u gumanistik pozitsiya va individuallikni uyg‘unlashtirish orqali shunday vaziyatdan chiqadi).
Demak, insoniyat o‘ziga xos moddiy voqelik sifatida mavjud bo‘ladi. Ammo, insoniyat o‘z holicha mustaqil mavjud bo‘lmaydi.
Aniq insonlar yashaydilar va harakat qiladilar. Insoniyat alohida vakillarining mavjud bo‘lishi «individ» tushunchasi bilan ifodalanadi.

Yüklə 129,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə