Mavzusida yozgan mustaqil ishi


Deviant xulq-atvor sotsiologiyasining mohiyati



Yüklə 129,7 Kb.
səhifə11/13
tarix21.05.2022
ölçüsü129,7 Kb.
#87616
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Mаvzu. Xulq va dеviant xulq

5.4. Deviant xulq-atvor sotsiologiyasining mohiyati
Jamiyatda o‘rnatilgan ijtimoiy me’yorlardan chetga chiqqan holatlarini o‘rganuvchi deviant xulq-atvor sotsiologiyasi muammolari O‘zbekistonda istiqlol sharofati bilan o‘rganila boshlandi. Deviant xulq-atvorning turli ko‘rinishlarini mamlakatimiz olimlari o‘z tadqiqot ob’yektlari doirasida o‘rganganlar. Respublika faylasuflari X.Shayxova, Q.Nazarov, M.Xolmatova, N.Komilov (shaxs tarbiyasida ma’naviy-axloqiy tarbiya ta’siri masalalari), sotsiolog M.B.Bekmurodov (ijtimoiy me’yorlarga jamoatchilik fikrining ta’siri jarayonlari), huquqshunoslar A.Qulahmetov, Y.Karaketov, M.Usmonaliev (jinoyatchilikning umumiy jihatlari va o‘smirlar jinoyatchiligi masalalari), psixolog olimlar G’.B.Shoumarov, N.A.Sog‘inov, S.A.Axunjanova, Z.R.Qodirova, E.Sh.Usmonov, B.M.Umarov (o‘z joniga qasd qilish va jinoyatchilik muammolarining ruhiy-psixologik asoslari), pedagog-olimlar O.Musurmonova, D.J.Sharipovalarning (oilada barkamol shaxsni tarbiyalash hamda giyohvandlik, ichkilikbozlik, chekish kabiillatlarning oldini olish muammolari) olib borgan ilmiy ishlarini shunday ishlar jumlasiga kiritish mumkin7.
Jamiyatda insonlar faoliyati, xatti-harakatlari va xulq-atvorlarini ijtimoiy me’yorlar boshqaradi. Ijtimoiy me’yor jamiyat boshqaruvining ajralmas qismi bo‘lib, shaxs yoki ijtimoiy guruh xulq-atvorini muayyan sotsial muhitga moslashtiruvchi qoidalar majmuidir. Ijtimoiy me’yorning bir necha turlari mavjud bo‘lib, huquqiy, axloqiy, diniy hamda urf-odatlarga oid me’yorlar shular jumlasidandir.
Ijtimoiy me’yorning afzalligi shundaki, yoshligidanoq muayyan me’yorlarga moslashtirib borilgan shaxslar umum tomonidan qabul qilingan tamoyillar doirasidan chetga chiqmaydi va boshqalardan ham shuni kutadi. Jamiyat taraqqiy etib borgan sari o‘rnatilgan me’yorlar ham eskirib boradi va yangi me’yorlar o‘rnatiladi. Yangi me’yorlarni o‘rnatish jarayoni jamiyatda o‘rnatilgan mavjud me’yorlar doirasini kengaytirish va o‘zgartishdan iboratdir. Jamiyat a’zolarini mazkur ijtimoiy me’yorlarga amal qilib yashashlarini nazorat qilib boruvchi institutlar ijtimoiy nazorat institutlari deyiladi. Ushbu institutlarga oila, maktab, mahalla, huquqni muhofaza qilish organlari va hokazolar kiradi.
Insonlar bolalarga ijtimoiy me’yorlarni o’rgatib borish bilan birga, xulq-atvor me’yoriy talablarining to‘g‘ri bajarilishini nazorat etishadi va bu bilan ijtimoiy nazorat vakili vazifasini bajarishadi. Nazoratni yakka shaxs amalga oshirsa, bu ivdividual tavsifga ega bo‘ladi, agar butun bir jamoa, oila, do‘stlar, maktab, mahalla (qo‘ni-qo‘shnilar) tomonidan amalga oshirilsa, ijtimoiy tavsifga ega bo‘ladi hamda u ijtimoiy nazorat deyiladi.
Ijtimoiy nazorat vakillari insonlar xulq-atvorini boshqarishning eng muhim vositasi bo‘lib, deviant xulq-atvorning oldini olishda ham ushbu jamoalarning o‘rni katta bo‘ladi.
Inson tarbiyasida eng birinchi va eng muhim ijtimoiy nazorat instituti bu–oiladir. Farzand tarbiyasida va barkamol avlodni shakllantirishda sog‘lom oila muhitining o‘rni kattadir.«Bola tug‘ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, his etadi.
Afsuski, oramizda shunday insonlar ham uchraydiki, ular jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilmasdan, balki unga to‘siq bo‘luvchi me’yordan og‘ish holatlarini yuzaga keltiradilar. Jamiyatda o‘rnatilgan ijtimoiy me’yorlardan chetga chiqish holatlari sotsiologiyada «deviantlik holatlari», undan tug‘iluvchi xulq-atvorni «deviant xulq-atvor» deb nomlanadi.
Deviant xulq-atvor — jamiyatda o‘rnatilgan axloq me’yorlariga mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki xatti-harakat, ijtimoiy hodisa bo‘lib, yolg‘onchilik, dangasalik, o‘g‘rilik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, o‘z joniga qasd qilish va boshqa ko‘plab shu kabi holatlar ushbu xulq-atvor xususiyatlari hisoblanadi.

Yüklə 129,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə