Mavzu. Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyaga kirish. Hayvonlar psixik faoliyatining umumiy tavsifi



Yüklə 93,87 Kb.
səhifə10/14
tarix19.12.2023
ölçüsü93,87 Kb.
#152220
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Mavzu. Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyaga kirish. Hayvonlar-fayllar.org

b) O‘rganib qolishlar. Agar ta‘sirotlar doim berib borilsa o‗sha hayvonda
shu doim berib borilayotgan ta‘sirga moslashish, o‗rganib qolish hayvonni
reaktsiyasini kamayib qolishi tarzida namayon bo‗ladi. Moslashish yuqori tuzilgan
hayvonlarda osonroq va tezroq ro‗y beradi. Moslashuvlarni hayvonot olamida ko‗p
tarqalgani mo‗ljal (orientirli) reflekslardir. Bu reflekslarda dastlab xavfsirash,
keyinchalik moslashuv sodir bo‗ladi. Bu deyarli hamma hayvonlarda ham sodir
bo‗ladi.
v) Impriting muhrlanishlar. Jo‗jalar tuxumdan chiqqan paytda kimni yoki
nimani aniq ko‗rsa o‗shanga ergashib ketavirishadi. K.Lorens 1937 jo‗jalar
instinktiv ravishda emas balkim muhrlanish yo‗li bilan ota-onalarini tanishadi
degan fikrni bildirgan va buni imprinting nazariyasi deb ataladi. Imprinting juda
qisqa vaqt ichida ro‗y beradi qaytalanmaydi, mustahkamlovchi omil kerak emas,
turlarga xos bo‗lgan belgidir. Imprinting katta yoshli hayvonlarda ham bo‗lishi
mumkin. Misol; 3.5 soatdan keyin olib kelishsa uni emizmagan. Agar kushlarni
xurozini boshqa kushlar bilan katta qilingan bo‗lsa u o‗zini zotiga qarashli
qushlarni emas o‗zi katta bo‗lgan qushlarni makiyonlariga nazarini tashlay
boshlaydi. Jinsiy imprinting hayvon voyaga etmasdan burun vujudga, keladi.
g) Taqlid qilish. Hayvonlarni bolalari ota-onasiga, kattalarga, boshqa
hayvonlarga taqlid qilish yo‗li bilan ko‗p xatti-harakatlarni o‗rganadi.
d) Aversiv o‘rganishlar. AQSh olimlari D.Garsiya va R.Kyolling rengen
nurlarini kalamushlarga ta‘sir etkazayotganda ma‘lum bir ta‘mdagi ovqatni
berishgan. Kalamushlar nur kasaliga uchraganlar va ular davolanib bo‗lishgandan



so‗ng o‗sha ta‘mli ovqatni yeyshmagan. Bu bir vaqtning o‗zidagi o‗rganishlarki,


buni aversiv o‗rganishlar deb ataladi.
e) Latent o‘rganishlar. Agar chuvalchangni ―T‖ labirintga solib, biz
xohlamagan tomonga yursa kuchsiz tok bilan urishimiz kerak. Shunda u biz
xohlamagan tomonga yurmaslikka o‗rganadi. Agar chuvalchangni labirintga
oldindan 5-10 marta solib yurgizgan bo‗lsak, chuvalchangni o‗rganishi tezlashadi.

Yüklə 93,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə