Mavzu: Xarajatlar hisobi Reja



Yüklə 45,32 Kb.
səhifə1/5
tarix11.12.2023
ölçüsü45,32 Kb.
#147623
  1   2   3   4   5
Mavzu Xarajatlar hisobi-fayllar.org


Mavzu: Xarajatlar hisobi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar)

9-10 IQTS-19 guruh talabasi


Xalimova Kamolaning
“Buxgalteriya hisobi” fanidan
MUSTAQIL ISHI

Mavzu: Xarajatlar hisobi
Reja:
  1. Xarajatlarni hisobga olish bu


  2. Korxona xarajatlarining buxgalteriya hisobi


  3. Xarajat schyotlarini yopish


Mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror oʻsishini taʼminlashda asosiy ro’lni korxonalar oʻynaydi, chunki ularda yalpi ichki mahsulot yaratiladi. Shuning uchun ham korxonalarni moliyaviy holatiga alohida eʼtibor berilmoqda. Bunda ularning moliyasini nazorat qilish muhim ahamiyatga egadir.



Korxonalar moliyasi – moliya tizimining ajralmas qismi boʻlib, uni nazorat qilish va faoliyatini samarali tashkil etilganligini baholash hozirgi davrning eng muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Chunki moliyaviy nazorat korxonalar moliyasini boshqarishning muhim elementi boʻlib, ularning moliyaviy resurslardan oqilona foydalanishini taʼminlab beradigan eng maqbul vositadir. Xoʻjalik moliyaviy holatini baholash va tahlil etish jarayonida korxonaning iqtisodiy salohiyati namoyon boʻladi. Bu jarayonning toʻgʻri olib borilishi natijasida xoʻjalik yurituvchi subyektning faoliyati yaxshilanishi, resurslardan oqilona foydalanilishi, raqobatbardoshlik oshirilishi va boshqa zaruriy xulosalar chiqarilishiga imkon yaratadi.
Oʻzbekiston Respublikasini 2017-2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining bosqichma-bosqich amalga oshirilishi, iqtisodiyot sohalarini jadal rivojlantirish va modernizatsiya qilish boʻyicha qabul qilingan choralar joriy yil uchun belgilangan makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning bajarilishini taʼminlab berayotgani taʼkidlandi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev tomonidan 2018 - yilga “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili” deb nom berilib, Davlat dasturi doirasida 21 trillion soʻm va 1 milliard dollarga teng 76 mingta loyihani amalga oshirilgani iqtisodiyotni rivojlantirishdagi koʻrilgan chora tadbirlarning natijasi ekanligi tasdiqlab oʻtildi.
Mamlakat iqtisodiy oʻsish surʼatlari qatorida yakuniga yetgan 2018-yil mamlakat iqtisodiyotining qon tomiri hisoblanuvchi temir yoʻl transporti tarmogʻi uchun salmoqli yil boʻldi. Jumladan, oʻtgan 2018-yil davomida temir yoʻl stansiyalaridan 94.8 mln. tonna yuk ortilib oʻz manziliga yetkazilgan. Shuningdek, yoʻlovchi tashish borasida ham yaxshi natijalarga erishilib, belgilangan reja 104,6 foizga bajarilgan. Tarmoqda eksport xizmatlariga alohida eʼtibor qaratilib, oʻtgan 2018-yilda yuk tashish aylanmasi 22.9 mlrd, tonna-km.ni, yoʻlovchi tashish aylanmasi 4329 km.ni tashkil qildi.

Yüklə 45,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə