Mavzu: Turkiy tillarning fonetik-fonologik xususiyatlari


Unlilarning qisqa-uzunligi



Yüklə 57,41 Kb.
səhifə2/5
tarix29.11.2023
ölçüsü57,41 Kb.
#142584
1   2   3   4   5
Mavzu Turkiy tillarning fonetik-fonologik xususiyatlari-fayllar.org

2. Unlilarning qisqa-uzunligi. Turkiy tillar unli fonemalarining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri ularning ochiqlik darajasidir. Ana shu xususiyatga ko‘ra, ko‘pchilik turkiy tillar–yoqut, shor, oltoy, karagas, tuva, qirg‘iz, balqar tillarida ikki pog‘onali oppozitsiyani tashkil qiladi: a, yo, (ä), o, ö–keng (kompakt), ï, i, u, ü–qisqa (diffuz). Uzun va qisqaligini inobatga olmaganda, ko‘rsatilgan tillarda unlilar miqdori 8 tadan iborat.
Ozarbayjon, boshqird, qozoq, qoraqalpoq, tatar, xakas va bir qancha boshqa tillarda ko‘rsatilgan zidlik (qarama-qarshilik) 9 ta, 10 ta va undan ortiq unlilardan uch va to‘rt pog‘onali oppozitsiya shaklida bo‘ladi:
Ozarbayjon: keng a, ä o, ö
o‘rta yarim keng yo(ё)
tor ї, i u, ü

Boshqird, tatar: keng a, ä (yo)


Chuvash tilida: o‘rta keng ï, i o, ö
tor ï, i u, ü

Qozoq tilida: keng a, ä o, ö


o‘rta keng yo(ё)
o‘rta tor ї, i o, ö
tor ï, i u, ü

Xakas tilida: keng a, ё o, ö


o‘rta keng i
tor ї, i u, ü
O‘g‘uz tillarida qo‘shimcha (oraliq) pog‘onani o‘rta keng e egallaydi va, bir tomondan, keng ä unlisiga, ikkinchi tomondan, tor i unlisiga qarama-qarshi qo‘yiladi.
Ushbu masala O‘rxun va Enasoy yodgorliklari tili munosabatida V. Tomsen tomonidan birinchi marta ilgari surilgan edi. Bunda u runik yozuvda ayrim so‘zlarda ї(i) ning qo‘llanishi qat’iy ekanligini, boshqalarida esa maxsus belgi yo‘qligi sababli almashinib turishini e’tiborga olib, V. Tomsen shunday fikrga kelgan edi: 1) faqat ї uchraydigan so‘zlarda ining o‘zi bo‘lgan; 2) maxsus belgi bo‘lmaganligi sababli ä dan farqlash uchun yopiq ё qo‘llanilgan hozirgi turkiy tillarda ham ä o‘rnida ishlatilishini ko‘rish mumkin.
Enasoy obidalarida yopiq ёni ifodalash uchun )( belgisi qo‘llanilgan: ёki (ikki), ёl (qabila uyushmasi), ёsh (yo‘ldosh), ёt (qilmoq), bёl (odamniñ beli), bёsh (5), yёtmish (70), kёsh (belbog‘) kabi.
Turkiy tillarning ko‘pchiligida qadimgi qisqa a birinchi bo‘g‘inda saqlangan: at (ot–hayvon); turkiy at: tur., uyg‘., qum., q.balq., gag., qar., qirg‘., no‘g‘., qoz., olt., yoq., at; bash (odamning boshi): q.turk., tur., ozarb., turkm., gag., qirg‘.,q.balq., qum., tuv., bash; qoz., bas, no‘g‘. bas, q.qalp. bas, yoqut. bas, kar. bash, bas, xak. pas; qaz (qazmoq): q.tur., uyg‘., no‘g‘., qum., q.balq., kar., qoz., qaz; tur. kaz; gag., ozarb. gaz, xak., yoq., olt. xas va hokazo.
3. Turkiy tillarda unlilar mosligi. a>a°. Aning lablanib, orqaga siljishi (a°) tatar va boshqird tillari uchun xosdir: baqїr (mis): q.tur., qirg‘., qum., no‘g‘., baqїr, qoz. baqьr, tur. bakїr, turkm. bakїr, tat. ba°kr, boshq. ba°qr; qara (qora): q.tur.,qoz., qirg‘., no‘g‘., qum.qara; tur. kara, tat.,boshq. qa°ra; at (hayvon): q.tur.., tur., ozarb., no‘g‘., qoz. at; tat., boshq. a°t.
Bunday siljish qadimgi chuvash tilida ham sodir bo‘lgan, modomiki, yuqori chuvash dialektida qadimturkiy a birinchi bo‘g‘inda o ga muvofiq keladi: q.tur. bash (bosh): tur., ozarb., turkm. bash; yuqori chuv. pos; tur. kara (qora): no‘g‘. qara, yuq. chuv. xora.
Tatar, boshqird va qadimgi chuvash tillarida aning a° ga o‘tishini izohlash qiyin. Bu yerda, balki qandaydir substrat ta’siri bo‘lgandir, modomiki, bunday holat mari tilining lug dialektida ham kuzatiladi: erzya-mord. tasho (qari) va lug.mar. toshto, erzya-mord. asho (oq) va lug.mar. osh (oq) va hokazo.
a>u. Ushbu hodisa quyi chuvash dialektiga asoslañan chuvash adabiy tili uchun xarakterlidir: bash (bosh): chuv. pus; tap (top): qirg‘., qoz., tur., tap; chuv. tup; yar (yormoq, parchalamoq): no‘g‘., uyg‘., qum.,qoz., qirg‘., jar; xak.., tuv. char, olt. dar, chuv. sur.
a>uning oraliq darajasi a>o bo‘lib, u yuqori chuvash dialektida hozir ham saqlangan. Ushbu fonetik qonuniyatda istisno mavjud. Bu ancha keyingi davrlarda chuvash tilida saqlangan tovush o‘zgarishlari bilan izohlanadi.
a>o. Bu holatda keng o lab ishtirokisiz hosil qilinib, o‘zbek tili uchun xosdir. Chunonchi: bash (bosh): o‘zb. bosh; bat (botish), q.tur., qoz.., no‘g‘., qirg‘., olt., tur. bat, ammo o‘zbek tilida bot; tañ (tong): q.tur.., qum., olt., tur. tan, ammo o‘zbek tilida tong.
Ammo, ta’kidlash kerakki, a>o hodisasi so‘zning birinchi bo‘g‘inida sodir bo‘lishi doimiy emas: o‘zb. barmoq (barmoq), sayla (sayla), saqla, tashla, qayna (qayna), qara (qaramoq) va hokazo.
Uyg‘ur tilida keyingi bo‘g‘indagi i ta’sirida so‘z boshidagi a umlauti uchraydi: eti (uning oti)a>ї. Ayrim turkiy tillarda nodoimiy va izohlash qiyin bo‘lgan a>ї kuzatiladi: o‘rta tuv. tїp (topmoq(bol-asal), sїxlaЇ o‘rnida aning paydo bo‘lishini na birinchi bo‘g‘indagi unlilar xarakteri, na bevosita fonetik qurshov xususiyatlari bilan izohlash mumkin. Buning asosiy sabablaridan biri sifatida turkiy tillardagi birinchi bo‘g‘indagi urg‘usiz aning nomustahkam holati, shuningdek, affiksal ablaut (ichki fleksiya sifatida morfologik almashinish) a:ї o‘zgarishi ta’siri bilan izohlanadi.
Auslaut (so‘z oxirida) holatida a ancha mustahkam va deyarlik barcha turkiy tillarda, hatto birinchi bo‘g‘indagi qisqa a o‘zgarishga uchraganlarida ham saqlañan: qara (qora): no‘g‘., qum.., qirg‘., qoz. qara; tur. kara; chuv. xura va hokazo; qazan (qozon): no‘g‘., qirg‘., qoz. qazan; tur .kazan, chuv. xuran, tat. qa°zan, boshq. qa°zan va hokazo; bala (bola): no‘g‘., qum., qirg‘., ozarb., yan.uyg‘. bala, tat. ba°la kabi.
Qirg‘iz, oltoy va yoqut tillarida unlilardagi lab garmoniyasi ta’sirida oxirgi a>o: orta (o‘rta): qoz., turkm., tur., ozarb. orta, tat. urta, qirg‘., olt., yoq. orto.
Qisqa a affikslarda nisbatan turg‘un: o‘r.tat. urmannarda (o‘rmonlarda) Turkiy tillarda ikkilamchi qisqa a ancha kam uchraydi. Chuvash tilida dastlabki ädan paydo bo‘lgan a uchraydi: o‘r.chuv. adъ (etik)<ätikTurkiy tillarda uzun a, umuman, barcha uzun unlilar kabi turg‘un bo‘lmagan. Ushbu unlining uzunligini ko‘rsatadigan misollar turkman va yoqut tillarida saqlangan: ya:z (yoz fasli), turkm. ya:z, yoqut. sa:s; ta:sh (tosh), turkm. da:sh, yoqut. ta:s; qa:z (g‘oz): turkm. ga:z, yoq. xa:s; qa:n (qon): turkm. ga:n, yoqut. xa:n; ba:y (boy): turkm. bay, yoqut. ba:y: ba:r (bor): turkm. ba:r, yoqut. ba:r; qa:r (qor): turkm. ga:r, yoqut. xa:r; a:t (ism): turkm., yoq. a:t; a:ch (qorni och): turkm. a:ch, yoqut. a:s; ta:r (tor): turkm. da:r, yoq. ta:r; qa:l (qol): turkm. ga:l, yoq. xa:l; sa:l (sol): turkm. sa:l, yoq. a:l kabi.
Boshqa turkiy tillarda aning cho‘ziqligi sporadik (kam) holatda uchraydi.
Cho‘ziq a: qadimgi turkiy obidalar imlosida, turkiy tillardan o‘zlashgan veñrcha so‘zlarda ham uchraydi: o‘rx. en. szal (sol) va turkm. sa:l, sar (loy)~ turkm. sa:z (balchiq). Sa:z so‘zining balchiq ma'nosi Xorazm shevalaridagi sa:zlav hamda qadimgi Xorazmning Bo‘ldimsoz shahri nomida uchraydi(-R.Y.).
Shuningdek, turkiy so‘zlarda qadimda qisman cho‘ziq a:niñ mavjud bo‘lganligini ta’kidlash kerak. Bunga namuna sifatida diftonglarni ko‘rsatish mumkin: o‘rta yoq. tїa (igna bargli qalin o‘rmon)Ayrim turkiy tillarda aning ikkilamchi cho‘ziqligi vujudga kelgan. Ikkilamchi cho‘ziqlik (a), odatda, muayyan tovushlar guruhiniñ tortilishi (qisqarishi) natijasida yuzaga kelgan: o‘r.gag., xak., tuv., shor. a:r (og‘ir)a:>a. Bobotil turkiy cho‘ziq a:ning qisqarish jarayoni keng tarqalib, ko‘pchilik turkiy tillarni qamrab olgan edi: ta:sh (tosh) va tur. tash: olt., qum.,q-balq., uyg‘. tash; no‘g‘., qoz., q.qalp., xak. tas, kar. tash//tas, ozarb. dash va hokazo; ta:r (tor) va tur. dar: ozarb. dar, tuv., qar., xak.., qirg‘., qum., qoz., olt.,q.balq. tar, gag. dar; qa:r (qor) va ozarb. gar: tur. kar, qirg‘., olt., qum. qar, uyg‘. qa(r).
Cho‘ziq a:ning qisqarishga uchrashi ko‘pchilik turkiy tillarda boshqa cho‘ziq unlilarda bo‘lgani kabi, talaffuzda fiziologik sarflanishni kamaytirishga intilishi bilan izohlanadi. Cho‘ziq a: birinchi bo‘g‘inda, shuningdek, affikslarda bo‘lgan. Ammo bunga aniq javob berish ancha qiyin.
Qisqa ä so‘z boshida ozarbayjon, yangi uyg‘ur va tofalar tillarida saqlangan. O‘rxun yodnomalarida va qadimgi uyg‘ur tilida uchraydi: käl (kelmoq): o‘rx.en., q.uyg‘. käl, ozarb. gäl; käs (kesmoq), q.uyg‘., ozarb., uyg‘. käs; tän (teng): q.uyg‘., uyg‘., ozarb. tän; täg (tegmoq): q.uyg‘. täg, ozarb. däg; sän (sen): o‘rx.-en., q.uyg‘.,ozarb. sän; tär (ter): o‘rx..en., ozarb., uyg‘. tär; säkiz (8): o‘rx.en., esk.uyg‘., uyg‘. säkiz, ozarb. säkkiz; äm (emmoq): ozarb., uyg‘. äm; ät (go‘sht): ozarb., uyg‘. ät(gavda).
Qisqa ä ko‘pchilik turkiy tillarda turg‘un bo‘lmay, boshqa unlilarga o‘tgan. O‘zgarish ikki yo‘nalishda sodir bo‘lgan. Avvalo, u yarim qisqa (tor) ega aylangan. Shunday paydo bo‘lgan e yanada torayib, ayrim turkiy tillarda ä>iga aylangan. Bu o‘zgarish talaffuzdagi qiyinchilik, vokalizm tizimidagi siljishlar sababli sodir bo‘lgan bo‘lishi ham mumkin.
ä>a. Bu o‘zgarish chuvash tili uchun xarakterli: täñ: (teng): ozarb. tän, uyg‘. täng, chuv. tan; käs (kesmoq): ozarb., uyg‘. käs, chuv. kas; tär (ter): ozarb., uyg‘. tär, chuv. tar; säp (sepmoq): ozarb., uyg‘. säp, chuv. sap.
Ushbu almashinish qisqarishga uchragan cho‘ziq ä:ni ham o‘z ichiga olgan.
ä>e. Qisqa äning rus tilidagi kabi ochiq unliga o‘tishi yoqut tilida sodir bo‘lgan: käl (kel): o‘rx.en., esk. uyg‘., uyg‘. käl, ozarb. gäl, yoq. kel; täñ(teng): ozarb., q.uyg‘., uyg‘. täñ, yoq. ten; kel, äm (emmoq): ozarb., uyg‘. äm, yoq. em.
ä>e munosabatida äning yarim keng ega o‘tishi ko‘pchilik turkiy tillarda uchraydi. Bunday o‘zgarishga cho‘ziqligini yo‘qotgan cho‘ziq ä ham uchragan: käl (kel): ozarb. gäl, uyg‘. käl, tur., qum., turkm., gag. gel; q.qalp., o‘zb., qirg‘., qoz., no‘g‘.,olt., tuv., qar., q.balq. kel: käs (kes): ozarb., uyg‘. käs; tur., turkm., gag., olt., tuv., no‘g‘., qirg‘., q.qalp., qoz., q.balq. kes, qum. ges: täñ (teng): uyg‘., ozarb. täñ, olt. teñ, qirg‘., no‘g‘., qum., o‘zb., q.qalp., qoz. teñ, turkm. deñ, tur. ten.
ä>i. Bu tatar, boshqird, xakas va qisman chuvash tili uchun xarakterlidir: ät (go‘sht): ozarb., uyg‘; ät (gavda), tat. it (go‘sht): boshq., xak. it; ä:r (er) keyinchalik är: tat., boshq. ir; ä:l (qabila ittifoqi), keyinchalik äl: tat. il (mamlakat), boshq., xak. il (xalq); täñ (teng): uyg‘, ozarb. täñ, tat., boshq., xak. tiñ; käl (kel): ozarb. gäl, uyg‘. käl, tat., boshq., xak.., chuv. kil; sä:z (sezmoq), keyinchalik säz: uyg‘. säz, tat. siz, boshq. his‘, xak. sis, chuv. sis; käs (kesmoq): ozarb., uyg‘. käs va tat. kis, boshq. kis‘, xak. kis: yät (yetmoq): uyg‘. yät va tat. yit, boshq. yit, chuv. sit; kän (keng), so‘ngra käñ: uyg‘. käñ va tat., boshq. kiñ; kä:ch (kech), so‘ngra käch, uyg‘. käch (kechasi) va tat. kish (kechasi), boshq. kis‘. Boshqird tilida bu o‘zgarish doimo muntazam emas: boshq. yel (yel, shamol) yil o‘rniga, boshq. kämä (kema), tat. kimä o‘rnida va hokazo. Bu holat xakas tilida ham mavjud.
Ikkilamchi qisqa ä turkiy tillarda ancha kam uchraydi. So‘z oxirida ä turg‘un emas. Bunga quyidagilar misol bo‘loladi: ozarb. täkä (taka) va tur., olt. teke.
ä unlisi affikslar tarkibida, dastlab, aning singarmonistik varianti bo‘lgan. ä>e ning birnichi bo‘g‘inda sodir bo‘lishi, affiksal bo‘g‘inlarda ham ä>e ga olib kelgan: o‘r.tur. göl-ler-de (ko‘llarda) va ozarb. göl-lar-da.
Affikslarda äning tatar, ozarbayjon va boshqird tillarida uchrashi bobotil holatining saqlanganligini anglatishi mumkin.
Bobotil davridagi cho‘ziq ä:ning hozirgi turkiy tillardagi izini topish ancha qiyinchilik tug‘diradi. Bu cho‘ziq ä: bilan keladigan so‘zlarning juda kamligi bilan izohlanadi. Sababi cho‘ziq ä: yoki qisqargan, yoki diftongga aylangan bo‘lishi mumkin. Ba’zan u sifat jihatdan boshqa unlilarga o‘tadi.
Cho‘ziq ä: ba’zi turkmancha so‘zlarda saqlangan: turkm. bä:sh (5), uyg‘. bäsh; turkm. gä:p (model), chuv. kap (shakl, forma, model), yoq. kiepä:>ie:. Cho‘ziq ä: ning ie diftongiga aylanishi yoqut tili uchun xosdir: ba:l (5), turkm. bä:sh, uyg‘. bäsh va yoq. bies; kä:ñ (keng), uyg‘. käñ va yoq. kieñ; kä:ch (kech): uyg‘. käch, yoq. kiehe; ä:g‘ (egmoq): uyg‘. äg va yoq. iex; bä:r (bermoq): uyg‘. bär, yoq: bier; ya (emoq): uyg‘. yam, yoq. sie.
ä:>i:. Bu holat turkman tilida kuzatiladi: ä:l (el): uyg‘. äl (mamlakat). turkm. i:l; bä:l (bel): uyg‘. bäl, turkm. bi:l.
ä:>e. Ushbu holat, ayniqsa, ozarbayjon tilida yaqqol ko‘zga tashlanadi: be:l (5): uyg‘. bäsh va ozarb. besh; ä:l (qabila ittifoqi): uyg‘. äl (mamlakat) va ozarb. el (jamiyat, mamlakat); bä:r (bermoq): uyg‘. bär va ozarb. ver; bä:l (bel), ozarb. bel; kä:t (ketmoq), uyg‘. kät va ozarb. get.
ä:>ä. Qadimgi qisqa ä saqlangan turkiy tillarda cho‘ziq ä:ning qisqargan shakli uchraydi: uyg‘. bäsh (5)Qisqa o ozarbayjon, turk, turkman, uyg‘ur, xakas, qozoq, no‘g‘oy, qoraqalpoq, gagauz, qorachoy-balqar, oltoy, shor va yoqut tillarida saqlangan: oq (o‘q): shor., q.balq., olt., qoz.. oq yoq. ox, turkm. ok, (o‘q, nayza); ot (o‘t: mol o‘ti): q.tur., yoq., turkm., qum., uyg‘., tur., olt., qoz., q.qalp., ozarb., no‘g‘. ot, orta (o‘rtasi): yoq., q.tur., uyg‘. orta (o‘rtacha), tur., ozarb., qar., no‘g‘., qum., q.balq., o‘zb. o‘rta; xak. ortї, olt. ort,
a>u. Ushbu holat yoqut, boshqird, qisman, chuvash tillari uchun xarakterlidir: toqїz (9): qoz., q.qalp. tog‘ьz, qum., qirg‘.tog‘uz, tat., boshq. tug‘ьz tur., turkm. dokuz; ot (o‘t - o‘simlik): tat., boshq, ut, chuv. ud‘; toq (to‘q): tur., turkm.tok, ozarb. tox, qoz., qum., no‘g‘., q.balq. toq, o‘zb. to‘q va tat., boshq. tuq.
So‘zning oxirgi bo‘g‘inida, shuningdek, affiksal bo‘g‘inlarda turkiy bobotilda o uchramaydi.
Cho‘ziq o: ning bobotil davridagi izlarini turkman tilida so‘z boshida uchratish mumkin: yo:l (yo‘l): turkm. yo:l; o:t (olov): turkm. o:t; o:n (10): turkm. o:n; yo:q (yo‘q): turkm. yo:k; bo:l (bo‘lmoq): turkm. bo:l; to:l (to‘lmoq): turkm. do:l.
o:>u°. Oning diftonglashuvi (u°) yoqut tili uchun xosdir: o:t (olov): turkm. o:t va yoq. u°t; yo:l (yo‘l): turkm. yo:l va yoq. su°l; yo:q (yo‘q): turkm. yo:k, yoq. su°x; bo:r (loy): turkm. bo:r va yoq. bu°r; o:n (10): turkm. o:n va yoq. u°n; to:l (to‘lmoq): turkm. do:l va yoq. tu°l va hokazo.
o:>o. Bobotil davridagi cho‘ziq o:ning oga o‘tishi ko‘pchilik turkiy tillarda sodir bo‘lgan: o:t (olov): no‘g‘., qoz., q.qalp., qar., o‘zb. o‘t, tur., qum., qirg‘., xak.., uyg‘. ot; yo:q (yo‘q): tur., gag., turkm.yok, ozarb, yox, qum., kar., no‘g‘., qoz., o‘zb., uyg‘. yoq, q.qalp., qirg‘. joq, xak. chox; o:n (10): tur., ozarb., xak., qirg‘., qirg‘., qar., gag., uyg‘., no‘g‘., q.qalp., qoz., qum., olt. on; yo:l (yo‘l): qirg‘., q.qalp.,qoz. jol, turkm., ozarb., qum., no‘g‘., qar., gag. yol; o:l (u): qirg‘., qoz., turkm., ozarb., qum., no‘g‘., kar., esk.tur., q.qalp., gag. ol; bo:l (bo‘lmoq): qirg‘., qoz., no‘g‘. bol kabi.
Cho‘ziq o: dan hosil bo‘lgan qisqa o, keyinchalik, xuddi shu tarzda, qisqa o ga aylangan: or. Chuvash tilidagi. suk (yo‘q)Turkiy bobotilda cho‘ziq o: birinchi bo‘g‘inda va affikslarda uchramagan.
Ayrim turkiy tillarda muayyan tovushlar qisqarishi bilan ikkilamchi cho‘ziq o: vujudga kelgan: o‘r.qirg‘. to: (tog‘)Bobotil davridagi qisqa öning so‘z boshida saqlanishini ozarbayjon, turk, turkman, uyg‘ur, qorachoy-balqar, gagauz, qaraim, qozoq, qoraqalpoq, qumiq, no‘g‘oy, tuva, xakas, shor va yoqut tillarida ko‘rish mumkin: öl (vafot etmoq): q.tur., yoq., turkm., tur., o‘zb., qum., no‘g‘., ozarb., uyg‘., q.balq., xak., tuv. öl; kör (ko‘rmoq): q.tur., yoq., no‘g‘., olt., qoz., xak., o‘zb., q.qalp., q.balq. kör, uyg‘. kö(r); turkm., ozarb., tur. gör; soz (so‘z): qad.tur. söz, yoq. ös, qum., o‘zb., ozarb., tur., q.qalp., uyg‘. söz, olt., xak.., tuv. sös; köz (ko‘z): q.tur., no‘g‘., uyg‘., q.balq., qar. köz, olt., xak. kös, turkm., tur., tur., ozarb., qum.göz.
ö>ü. Ushbu fonetik hodisa tatar va boshqird tillari uchun xosdir: köp (ko‘p): no‘g‘., turkm., olt., qoz., q.qalp., o‘zb. köp, tat., boshq. küp; öch (o‘ch olmoq): olt., qum., ozarb., o‘zb., turkm., tur. öch; no‘g‘. ösh, tat. üsh, boshq. üs; kör (ko‘rmoq): qirg‘., o‘zb., no‘g‘., qoz., q.qalp., q.balq., olt. kör, tur., ozarb., gör, boshq., tat. kür.
Tatar va boshqird tillaridagi qadimgi turkiy ö ning ü ga o‘tishi oning u ga o‘tishi bilan bog‘liq.
Bobotil davridagi ö ifodalanishi chuvash tilida ancha rang-barangdir: ö>u: köz, chuv. kus; o>ь: kök (ildiz) va chuv. kъk; ö>i: köpür (ko‘prik), chuv. kiber: ö>i: böz (kanopdan to‘qilgan mato) chuv. pir.
ö>o. Qrimtatar tilida ö kuchli depalatallashgan o ga o‘xshagan ö ga aylanadi: qr.tat. koy (qishloq), ammo tur. köy, qr.tat. köz (ko‘z), tur. göz, qirg‘. köz, qr.tat. göl (ko‘l), tur. göl, qr.tat. öz (o‘ziniki), tur. öz. Bunda depalatallashuv qaraim tilining qrim dialektida kuzatiladi: qr.qar. göz (ko‘z)< köz.
O‘zbek tilida ayrim holatlarda ö kuchli reduksiyaga uchraydi. So‘z boshida bobotil davridagi cho‘ziq ö: ning so‘z boshida saqlanganligini turkman tilida ko‘rish mumkin: kö:l (ko‘l): turkm. gö:l; kö:k (ko‘k): turkm. gö:k; bö:l (bo‘lmoq) turkm. bö:l; kö:n (ko‘n-teri): turkm. gö:n; tö:sh (ko‘krak, to‘n) turkm. dö:sh; sö:k (so‘kmoq): turkm. sö:k; ö:t (odam organizmi), turkm. ö:t; ö:l (ho‘l): turkm. ö:l.
ö:>üö. Bu fonetik hodisa yoqut tilida sodir bo‘lgan: kö:l (ko‘l): turkm. gö:l, yoq. küöl; tö:sh (to‘sh-ko‘krak): turkm. dö:sh, yoq. tüös; kö:k (ko‘k): turkm. gö:k, yoq. küöx; sö:k (so‘kmoq): turkm. sö:k, yoq. üöx; tö:rt (4): turkm. dö:rt, yoq. tüöt; ö:z (markaz): turkm. ö:z (o‘z), yoq. üös (markaz, o‘zak); ö:l (ho‘l): turkm. ö:l, yoq. üöl.
Chuvash tilida ayrim so‘zlarda boboturkiy ö: ъva ko‘rinishiga ega: kö:k (ko‘k): chuv. kъvak; tö:rt (4): chuv. tъadъ va hokazo.
ö:>o. Ushbu holat ko‘pchilik turkiy tillarda sodir bo‘lgan: kö:k (ko‘k, zangori): tur. gök, qoz., olt., qirg‘. kök, o‘zb., no‘g‘. kök, qum. gök va hokazo; kö:l (ko‘l); qirg‘., no‘g‘., o‘zb., qum., olt., q.balq., uyg‘., q.qalp. köl; ozarb. göl; tö:rt (4): no‘g‘., qum. dört, qirg‘., q.balq. tört, uyg‘. tö(r)t, olt., o‘zb., xak. tört.
Cho‘ziq ö: unlisining keyingi qisqarishi xuddi ö:nikiga o‘xshaydi: tat. kük (ko‘k)Ikkilamchi cho‘ziq ö:ning hosil bo‘lishi ancha kam uchraydi: qirg‘. sö:k (suyak)Birinchi bo‘g‘inda, boshqa bo‘g‘inlarda, shuningdek, turkiy bobotildagi affikslarda cho‘ziq ö: uchramaydi.
Qadimgi turkiy tillardan tashqari, turkiy bobotil davridagi qisqa u so‘z boshida turk, turkman, yoqut, shor, xakas, uyg‘ur, ozarbayjon, oltoy, qorachoy-balqar, gagauz, qaraim, qirg‘iz, tuva va qumiq tillarida uchraydi: qush: tur., gag. kush, ozarb., turkm. gush, no‘g‘. qus, qum., qirg‘., tuv., qush, xak. xus, yoq. kus; qum: tur., gag. kum, ozarb., turkm. gum, uyg‘., qum., qirg‘., q.balq., tuv., o‘zb. qum, xak. xum; tur (turmoq): turkm., tur., ozarb. dur, no‘g‘., qum., qirg‘., uyg‘., tuv., xak., qar., q.balq., o‘zb. tur.
u>ъ. Tatar, boshqird, chuvash, qozoq, qoraqalpoq va no‘g‘oy tillarida boboturkiy davrdagi u o‘rniga ü va ї yoki o va ї oralig‘idagi ancha keng, juda qisqa unli vujudga kelgan. Yuqorida nomlangan turkiy tillarda ushbu unli haqida turkologlar orasida yagona fikr yo‘q. F. G. Is’hoqov uni tilga olingan tillarda bir xil deb qarab, tatar va boshqird tillarida u o, chuvash tilida a, no‘g‘oy tilida u, qozoq ilida u harfi bilan ifodalanishini ta’kidlaydi. Olimning fikricha, o, ї unlisining lablangan juftini ifodalaydigan qisqa reduksiyaga uchragan unli hisoblanadi.
F. G. Is’hoqov fikriga tayangan holda B. A. Serebrennikov, N. Z. Gadjiyevalar barcha turkiy tillardagi ushbu tovushni reduksiyaga uchragan, o va ї oralig‘idagi o‘rta unli sifatida qaraydi: uzaq (uzoq): tur. uzak, ozarb. uzax, qum, no‘g‘., qirg‘. uzaq, tat., qoz., no‘g‘., q.qalp. ъzaq, boshq. ъz‘aq; uch (uchmoq): q.tur., tur., qum., turkm., ozarb. uch; tat., qoz., q.qalp., no‘g‘. ъsh, boshq. ъs, chuv. vъs; tut (tutmoq): tur., qirg‘., o‘zb. tut, tat., boshq., qoz., no‘g‘., q.qalp., tuv. tъt; tur (turmoq): q.turk., qum., qirg‘., olt., o‘zb. tur, tur., ozarb. dur, tat., boshq., qoz., q.qalp., no‘g‘., chuv. tъr.
O‘zbek tilida u kuchli reduksiyaga uchragan bo‘lishi mumkin.
Turkiy bobotilda so‘zning oxirida u juda kam uchraydi.
Affikslarda u>ї hodisasi ko‘p uchraydi. Qadimgi yozma obidalarda, ko‘pincha, u uchraydi: o‘rx.en. saqїnurmän (men o‘ylayman), chig‘. alur biz (biz olamiz) va hokazo.
So‘z boshida cho‘ziq u:ning saqlanganligini turkman va yoqut tillarida ko‘rish mumkin: tu:z: turkm. du:z‘, yoq. tu:s: bu:z (muz): turkm. bu:z‘, yoq. bu:s//mu:s; bu:t (son); turkm., yoq. bu:t; u:n (un): turkm. u:n; qu:rїg‘ (quriq): turkm. gu:rї, yoq. ku:r (qurimoq).
u:>u. Ko‘pchilik turkiy tillarda cho‘ziq u: boshqa cho‘ziq unlilar kabi, qisqa uga aylangan: bu:z (muz): uyg‘., qirg‘. muz, q.balq., qar., gag., qum., tur., ozarb. buz, xak. pus; tu:z (tuz): uyg‘., qum., qirg‘., kar., tur., q.balq. tuz, olt. tus, ozarb. duz.
Xuddi shu usul bilan cho‘ziq u qisqargan: chuv. pъr (muz)So‘z oxirida affikslarda cho‘ziq u turkiy bobotilda uchramaydi.
Ayrim turkiy tillarda mavjud bo‘lgan ikkilamchi cho‘ziq u: muayyan tovushlar guruhi qisqarishi natijasida vujudga kelgan: gag. bu:l (nafasi tiqilmoq, hovliqib ketmoq)So‘z boshida bobotildagi uning saqlanishi ozarbayjon, turk, turkman, qumiq, qirg‘iz, balqar, gagauz, qaraim, oltoy, xakas, shor, uyg‘ur va yoqut tillarida kuzatiladi: kül (kulmoq): q.turk. kül, qirg‘., qum., olt., o‘zb., q.balq., uyg‘., ozarb., yoq., xak. kül, tur., turkm. gül; yuk (izg‘irin, qor bo‘roni, yuk): q.tur., turkm., o‘zb., qum., tur. yuk; olt. dük, xak. chük, q.balq. yuk; yurak (yurak): q.tur. yüräk, no‘g‘., qum., tur. yürek, q.balq., qarg‘., yürek, ozarb. yürak.
Qisqa ü eski turkiy tillarda ham mavjud edi: qad.uyg‘. jurek (yurak).
ü>yo. Tatar, boshqird, qozoq, qoraqalpoq va no‘g‘oy tillarida bobotil davridagi ü ochiq reduksiyaga uchragan ü va ö oralig‘idagi old qator unliga aylangan (yo): ku:n>kün; tur., ozarb. gün, qum., qirg‘., xak., tuv. kün, tat., boshq., qoz., q.qalp., no‘g‘. kёn; kul (kul, pepll): tur., ozarb., turkm., qum., olt. kül, tat., boshq., qoz., no‘g‘., q.qalp. kёl, tüsh (tushmoq): turkm., tur., ozarb. düsh, qum., qirg‘., olt. tüsh, xak. tüs, tat., boshq. tesh, qoz., no‘g‘., q.qalp. tes.
Bobotil davridagi üning chuvash tilida boshqacha ifodalanishini ko‘rish mumkin. Ko‘pincha, ü>i: tütün (tutun), chuv. tidim; yu:z (100)>yuz, chuv. sir. Bu chuvash tilidagi keyingi paytlardagi tovush o‘zgarishlari bilan bog‘liq bo‘lishi, ehtimol.
ü>u. Qrimtatar tilida bobotil davridagi ü depalatallashgan va yengil palatal-lashgan u aylangan: qr.tat. kurek (belkurak)ü>i. Qaraim tilining galis-lutsk dialektida ü>i uchraydi: ilis (ulush)<ülesh, its (3)<üch, itsin (uchun)<üchün, kirek (bel)Turkiy bobotilda so‘z oxirida ü kam uchraydi.
So‘z boshida cho‘ziq ü: kelishi turkman va yoqut tillarida uchraydi: sü:t (sut): turkm. sü:t, yoq. ü:t; kü:n (kun): turkm. gü:n, yoq. kü:n; yu:z (100): yoq. su:s; kü:ch (kuch): yoq. kü:s.
ü>üi. Turkman va tofalar tillarida boboturkiy tildagi ü cho‘ziq unlisiga üi difongi muvofiq kelishi mumkin: kü:ch (kuch), turkm. güych; ü:ch (3), tof. üysh; sü:t (sut), turkm. süyt. Ushbu diftonglashuv artikulyatsiyadagi tig‘izlik holatini kuchsizlantirish bilan bog‘liqdir.
ü:>u. Birlamchi cho‘ziq ü: unlisining qisqarish jarayoni ko‘pchilik turkiy tillarda kuzatiladi: kü:ch (kuch): ozarb. küch, tur. güch, olt. küch, tuv. küsh, xak. küs; kü:n (kun): olt., ozarb. kün, tuv. xün, tur. gün; sü:t (sut): tur. sut, ozarb. süd, olt. süt, tuv. süt, xak., qirg‘., uyg‘., o‘zb. sut.
Keyinchalik cho‘ziq ü: qisqa üga o‘xshab o‘zgarishlarga uchragan: tat. kёn (kun)Qisqa ї so‘z boshida ko‘pchilik turkiy tillarda saqlangan: qїs (qismoq): q.tur. qїs, turkm. gїs‘, qirg‘.,q.balq., qum. qїs, tur. kїs, xak., xїs, olt., qїs: qїl (soch qili, tori): q.tur. qїl, ozarb., turkm. gїl, uyg‘. qï(l), qum. qїl, gag. kїl, xak., tuv. xїl, yoq. kїl; qїzїl (qizil): q.tur. qїzїl: tur., q.balq., qum., olt., qr.qar., tuv. qїzїl, turkm. gïz‘ïl, ozarb. gїzїl (oltin), yoq. qїhїl.
ï>ь. Tatar, balqar, qozoq, o‘zbek, uyg‘ur, qoraqalpoq va no‘g‘oy tillarida bobotildagi qisqa їni ifodalashda ancha keng, kuchsizlangan, ь sifatida belgilangan ї unlisi ifodalaydi: qїsh (qish): q.tur., qum., qr.qar., q.balq., olt., tuv., qїsh, turkm., ozarb. gїsh, gag. kїsh, xak. xїs, yoq. qїs, tat., boshq., o‘zb. qьsh, q.qalp., no‘g‘., qoz., qьs; qїzїl (qizil): tur. kїzїl, turkm. gїz‘їl, qum., qirg‘. qїzїl, tat. qьzьl, boshq. qьz‘ьl, qoz., q.qalp., o‘zb. qizil, no‘g‘. qїzїl.
ï>ъ. ïning kuchsizlangan unliga aylanishi chuvash tili uchun ham xosdir: kr.kar. qїchqїr (qichqir). xak. xїskїr, chuv. kьskъr; qalїn (qalin), chuv. xulъn . Ammo chuvash tilidagi ushbu muvofiqlik tadrijiy emas, sababi bobotildagi ї chuvash tilida, ko‘pincha, i ga mos keladi. Masalan, xir (qiz)ï>i. Turkiy tillardagi i bilan boshlanadigan ayrim so‘zlar yoki qadimda tarkibida i mavjud bo‘lgan so‘zlar ї unlisi bilan boshlañan: ish< їsh< ї:sh, iz< їz< ї:z; pish (pishmoq)
їsh; tilSo‘z oxirida ї unlisi bilan kelgan turkiy so‘zlar, aftidan, juda kam bo‘lgan.
Turkiy bobotildagi affikslarda ї qo‘llanmagan bo‘lishi mumkin, modomiki, ї unlisi i ning singarmonistik varianti sifatida qatnashgan. Affikslardagi qisqa ї xuddi birinchi bo‘g‘indagi ї kabi o‘zgarishlarga uchragan: o‘r.tat. urman yulь (o‘rmon yo‘li)So‘z boshida cho‘ziq їning saqlanishi yoqut va turkman tillarida uchraydi:
kї:n (qin, g‘ilof); yoq. kї:n, turkm. gї:n; kї:z (qiz); yoq. qї:s, turkm. gї:z.
Ba’zan cho‘ziq ї diftong ko‘rinishida bo‘ladi: turkm. dial. gїyz (qiz).
Ayrim holatlarda cho‘ziq ї turkman tilida i ko‘rinishida bo‘lishi mumkin: o‘r.turkm. i:sh (ish)< ї:sh.
Chuvash tilida cho‘ziq їning ifodalanishi turlichaligi bilan ajralib turadi. Bu chuvash tilidagi ancha keyingi tovush o‘zgarishlari, bundan tashqari, cho‘ziq ї ning noturg‘un qo‘llanishi kam uchrashi bilan izohlanadi.
ï:>ї. Boshqa turkiy tillarda cho‘ziq їning, ko‘pincha, qisqarishi ro‘y bergan: qї:z (qiz): tur. kїz, ozarb. gїz, qum., qirg‘., q.balq., qr.qar. qїz, olt qїs. Cho‘ziq ї: ham xuddi qisqa iga o‘xshab qisqargan: tat. qьzSo‘z oxiri va affikslarda ї kam ishlatiladi. Yoqut tilidagi cho‘ziq affiksal ї: ikkilamchi yuzaga kelishdir: їlї: (olish)Ko‘pchilik turkiy tillarda bobotil davridagi qisqa i so‘z boshida saqlanadi. Bu o‘rxun-enasoy yodnomalari, qadimgi uyg‘ur, turk, ozarbayjon, turkman, gagauz, qaraim, qorachoy-balqar, qumiq, qrimtatar, yoqut tillariga ham taalluqlidir: ich (ichki tomon): turkm., qum., olt., gag., qar., qirg‘., q.balq., uyg‘., o‘zb. ich; kir (kir-gryaz): q.uyg‘., tur., yoq., turkm., ozarb., qum., olt., gag. qar., q.balq. kir, tuv. xir; bil (bilmoq): q.uyg‘., tur., o‘rx.en., yoq., ozarb., turkm., qum., olt. qr.qar., qirg‘., tuv. bil.
Tatar, boshqird, qozoq, qoraqalpoq, no‘g‘oy, yangi uyg‘ur, xakas, chuvash va o‘zbek tillarida bobotil davridagi qisqa i akustik jihatdan e va ї oralig‘idagi talaffuz qilinadigan kuchsizlangan ochiq i ga aylangan: kir (gryaz): tur., yoq., ozarb., qum., olt., tat., boshq., qoz., q.qalp., no‘g‘., xak. kir; bil: tur., ozarb., qar., q.balq., qum., tat., boshq., qoz., q.qalp., no‘g‘. bil, chuv., xak. pil; bi:r>bir (1): tur., ozarb., qum., qar., olt., q.balq., tat., boshq., qoz., q.qalp., no‘g‘. bir, chuv. pir.
O‘zbek tilida jarangsiz undoshlar va l, r, n, z undoshlari oldida i kuchli reduksiyaga uchragan: til (yazїk), biz (biz), bir (1), tish (tish) va hokazo. Xuddi shunday holatda i uyg‘ur tilida ham reduksiyaga uchragan: kir (gryaz).
Ancha keyingi davrda sodir bo‘lgan turli tovush o‘zgarishlari sababli chu-vash tilidagi bobotil davridagi qisqa ining ifodalanishi xilma-xilligi bilan ajralib turadi.
Bobotilda qisqa i so‘zning oxirida kelgan, ammo juda kam qo‘llangan bo‘lishi mumkin: kishi, yeni (yangi) va hokazo.
Uning tarkibida old qator unlisi bo‘lgan o‘zaklarga birikadigan affikslarda mavjud bo‘lib, ї unlisining singarmonistik varianti sifatida bo‘lganligi to‘g‘risida ham ehtimollar bor.
i>e. O‘zbek tilida oxirgi ochiq bo‘g‘inda i ochiq e unlisi xususiyatiga ega: kelde (keldi); kishe (odam) va hokazo. Ushbu holat uyg‘ur va tatar tillarida ham kuzatiladi.
Cho‘ziq i: turkman va yoqut tillarida saqlangan: ki:r (kirmoq): yoq. ki:r, turkm. gi:r; bi:r (1), yoq. bi:r; bi:l (bel): yoq., turkm. bi:l; ti:z (tez): turkm. ti:z: t ї:sh > ti:sh (tish): yoq. ti:s, turkm. di:sh.
Chuvash tilida cho‘ziq ining turli ifodalanishi uchraydi.
i:>i. Qolgan turkiy tillarda, asosan, cho‘ziq i:ning qisqarishi sodir bo‘lgan: yoq. bi:r (1), ammo tur., ozarb., tuv., gag., olt. bir; turkm. di:sh (tish), yoq. ti:s, ammo tur., ozarb., gag. dish; qum., olt., qar. tish. Qisqargan i, keyinchalik, xuddi i kabi, o‘zgarishga uchragan: tat. bir (1)Ayrim turkiy tillarda mavjud bo‘lgan ikkilamchi cho‘ziq i tovushlar guruhi tortilishi natijasida vujudga kelgan: gag. di:sh (ayirboshlamoq)Turkiy bobotilda diftonglar mavjud bo‘lib, uning ikkinchi komponenti y(i) bo‘lgan. Birinchi komponent cho‘ziq yoki qisqa unlidan iborat bo‘lishi mumkin. Diftonglar uncha ko‘p ishlatilmagan. Ularning birinchi komponenti muayyan tildagi unli qanday o‘zgarishga uchragan bo‘lsa, shunga muvofiq o‘zgargan. Ularga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin:
ay: qayda (qayerda), qr.qar. qayda, tat. qa°yda, qoz., qum., o‘zb., q-qalp. qayda, xak. xayda, qirg‘. kayda va hokazo; ay (oy): ozarb., olt., q.qalp., qirg‘. ay, tat. a°y;
ay: q.tur. keyik (kiyik): chuv. kayъk (yovvoyi hayvon), qirg‘. kiyik (hayvon), tat. kiäk (ovlanadigan qush):
oy: tat. uyna (o‘ynamoq): qirg‘., olt. oyno, qar., tur., xak., qoz., tuv. oyna.
Hozirgi turkiy tillarda diftonglarning ko‘pchiligi vujudga kelishi jihatdan ikkilamchidir: tat., qum., qirg‘. ayg‘їrBundan tashqari, yolg‘ondakam deb nomlangan diftonglar ham mavjud: tat. ta°w (tog‘), qoz. taw, boshq. hъw (suv), tat. kiäw (kuyov), q.qalp. bug‘aw (kishan) va hokazo. Bularda bilabial v (w) bilan unlining birikishi sodir bo‘lgan.
Ayrim unlilar, ayniqsa, qozoq, qoraqalpoq, no‘g‘oy va qorachoy-balqar tillaridagi o, ö so‘z boshida diftongoid talaffuzga ega: q.qalp. uorьn (o‘rin), uoq (o‘q), q.balq. uot (o‘t-olov), uon (10), qoz. uoraq (o‘roq) va hokazo. Bunday talaffuz o‘zbek tilidagi singarmonizmli shevalarda ham kuzatiladi. Diftongoid talaffuz, ko‘pincha, e unlisiga xosdir.
Barcha xususiyatlarga ko‘ra, turkiy tillar hali boshqa tillar bilan munosabatda bo‘lmagan davrdayoq proteza hodisasi vujudga kelgan. Bobotil davri uchun u xos bo‘lmagan.
Demak, turkiy tillar fonetikasi, xususan, vokalizmi, konsonantizmida mushtarakliklar bilan birgalikda, o‘ziga xos xususiyatlar ham saqlanib qolgan ekan.


Yüklə 57,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə