Mavzu: Turkiston arslonquyrug’i – Leonurus Turkestanicus o’simligi urug’larini labaratoriya taxlili. Reja: Kirish


Dorivor o’simliklar va ularni yetishtirishning qisqacha tarixi



Yüklə 38,58 Kb.
səhifə2/4
tarix05.02.2023
ölçüsü38,58 Kb.
#100222
1   2   3   4
Mavzu Turkiston arslonquyrug’i – Leonurus Turkestanicus o’simli

Dorivor o’simliklar va ularni yetishtirishning qisqacha tarixi.

Odam va hayvonlarni davolash, kasalliklarning oldini olish o‘sitnliklar-giyohlar. Yer yuzida dorivor o‘simliklarning 10-12 rning turi bor. 1000 dan ortiq o‘simlik turlarining kimyoviy, farmokologik va dorivorlik xossalari tekshirilgan. 0 ‘zbekistonda dorivor o‘simliklarning 577 turi mavjud. Shulardan hozirgi vaqtda 250 turi ilmiy tabobatda ishlatilmoqda. Dorivor o‘simliklaming organizmga ta’siri ulaming tarkibidagi birikmalarning miqdoriga bog'liq. Bu birikmalar o‘simlikning har xil qismlarida turli miqdorda to‘planadi. Dori tayyorlashga o‘simlikning kerakli qismlari turli muddatlarda yig‘iladi. Masalan, po‘stloq, kurtak erta bahorda, barg o ‘simlik gullashi oldidan yoki gullaganda, gullari to‘la ochilganda, meva va urug‘lari pishganda, yer osti organlari (ildizi, ildizpoyasi va piyozi) erta bahorda yoki kech kuzda olinadi.
Dorivor o‘simliklarnmg ta’sir etuvchi moddasi - alkoloidlar, turli glikozidlar (antroglikozidlar, yurakka ta’sir etuvchi glikozidlar, saponinlar va b.), flavonoidlar, kumarinlar, oshlovchi va boshqa shilliq moddalar. Efir moylari, vitaminlar, smolalar va boshqa birikmalar bo‘lishi mumkin. Ko‘p o‘simliklardan mikroorganizm va viruslarni yo‘qotadigan antibiotiklar va fiionsidlarga boy preparatlar tayyorlanadi. Odatda bir guruhga xos o'zaro yaqin kimyoviy birikmalar bir oila yoki turkumga mansublarda uchraydi, shu bilan birga ba’zi kimyoviy birikmalar bir-biriga yaqin bo‘lmagan, turli oilaga mansub o‘simliklar tarkibida ham bo‘lishi mumkin. Qadim zamondan boshlab inson yow oyi holda o'sadigan o‘simliklami turli kasalliklami davolashda foydalanib keladi. Hozirgi davrda dorivor o ‘simliklarni turi ko‘payib, xalq tibbiyoti shifobaxsh o‘simliklar bilan boyigan. Ilmiy tabobatda ishlatiladigan dorivor o‘simliklaming aksariyati asrlar davomida xalq ishlatib kelgan o ‘simliklardan olingan. Xalq meditsinasida qo‘llanib kelinadigan dorivor o‘simlikIami ilmiy tabobatda ishlatib bo‘lmaydi. 0 ‘zbekistonda dorivor o ‘simliklardanko‘proqanor, achchiqmiya, bodom, dorivor gulxayri, yong‘oq, jag‘-jag‘, zubturum, isiriq, itsigek, omonqora, pista daraxti, sachratqi, choyo‘t, shildirbosh, shirinmiya, shuvoq, yantoq, qizilcha, qoqio‘t va boshqalar tarqalgan. Achchiqmiyadan - paxikarnin, isiriqdan garmin, itsigekdan anabazin, omonqoradan galantamin, shildirboshdan sferofizin alkoloidlari olinadi. Anor po‘stidan gijja haydovchi pelterin tanat va ekstrakt tayyorlanadi.
Dorivor gulxayri preparatlari balg‘am ko‘chiruvchi va yumshatuvchi, jag‘-jag‘ va lagoxilus dorilari qon ketishni to‘xtatuvchi, pista bujg‘uni va choyo‘tdan tayyorlangan dorilar meda-ichak kasalliklarmi davolovchi sifatida ishlatiladi. Dorivor o ‘simliklami 2 xil tavsiflash qabul qilingan: 1. Та’sir qiluvchi moddalaming tarkibiga qarab - alkoloidli, glikozidli, efir moyli, vitamin! i va boshqalar; 2. Farmokologik ko‘rsatkichlariga qarab - tinchlantiruvchi, og‘riq qoldiruvchi, uxlatuvchi, shuningdek, yurak-tomir tizimiga ta’sir qiluvchi, markaziy nerv tizimini qo‘zg‘atuvchi, qon bosimini pasaytiruvchi va boshqa dorivor о‘simiiklar. ToshkentdagikimyO"farmatsevtikazavodlaridaO‘zbekistonda о ‘ sadigan va ekib о‘stiriladigan dorivor о ‘ simliklardan turli-tuman dorilar tayyorlanadi. Masalan, oqqurayning ildizi va mevasidan pesni davolashda qo‘llaniladigan psoralen, yapon soforasi g‘unchasidan vitamin A dek ta’sir etuvchi rutin, omonqoradan galantamin alkoloidi, kendordan strofantin, simarin, yurak glikozidlari va boshqa preparatlar olina boshlandi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek hozirgi vaqtda tibbiyotda 250 ga yaqin o ‘simliklaming mahsulotidan foydalaniladi. Shu ko‘rsatilgan dorivor о ‘simiiklar mahsulotining 48% yovvoyi holda о ‘sadigan о‘simliklardan, 30% turli tuproq iqlim sharoitida joylashgan xo‘jaliklaming dorivor o‘simliklar о ‘stiriladigan maydonlarida tayyorlanadi. Qolgan 22% «aralash» guruhni tashkil qiladi, ya’ni bu guruh dorivor o ‘simliklar mahsuloti ham yovvoyi holda ham plantatsiyalarda o‘sadigan, o ‘simliklardan yig‘iladi. Keyinchalik «aralash» guruh dorivor o‘simliklardan tayyorlanadigan dorivor mahsulotlaming salmog‘i umumiy yig‘iladigan dorivor mahsulot miqdorida yil sayin oshib borishi kutilmoqda. Qanday sabablarga ko‘ra sug‘oriladigan maydonlarda o ‘stiriladigan dorivor o‘simliklar mahsuloti yil sayin umumiy tayyorlanadigan mahsulotlar miqdoridan ko‘payib bormoqda?
Buning sabablari ko‘p bo‘lib, asosiylari quyidagilardan iborat:
1. Yil sayin dorivor o‘simliklar mahsulotiga ehtiyoj о‘sib borishi natijasida ularning xom-ashyosini tayyorlash miqdori ham ko‘paymoqda. Bu esa o ‘z navbatida qalor dorivor o‘simliklarning ko‘p o‘sadigan joyida kamayib ketishiga, natijada ularning xomashyosini tayyorlanishini keskin chegaralanishi yoki butunlay to‘xtatilishiga olib kelishi. ()‘zbekistonda yovvoyi holda o ‘sadigan bozulbang va qoraqovuqlarning yer ustki qismi va piyozining ko‘p tayyorlanishi natijasida ulami zaxirasi (miqdori) tabiiy o ‘sish joyida juda ham kamayib ketdi. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda bu o‘simliklar 0 ‘zbekiston «Qizil kitobiga» kiritildi. Shuning uchun ularning tabiiy xom-ashyosini o‘sish joyida tayyorlash to‘xtatildi va xo‘jalik dalalarida hamda o‘zlarini yovvoyi holda o‘sadigan joylarida o‘stirilmoqda. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.
2. Dorivor o‘simliklar mahsulotiga muntazam ravishda talabning oshib borishi va uni yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklar hisobiga qondirilmasligi natijasida shu o‘simliklami sug‘oriladigan mintaqalarda o‘stirishga to‘g ‘ri kelmoqda.
3. B a’zan kamyob dorivor o‘simliklarga talab katta bo‘lsayu, lekin ular yovvoyi holda, yig‘ish uchun noqulay joylarda (masalan, Kavkaz va Qrimning tog‘li tumanlarida o‘sadigan belladonna va boshqalar) yoki kam miqdorda, katta hududlarda tarqoq holda (masalan, Rossiyaning Yevropa qismida keng tarqalgan, lekin siyrak uchraydigan dorivor valeriana va boshqalar) o‘ssa, bu dorivor o‘simliklar mahsulotini tayyorlash sug‘oriladigan yerlarda o ‘stirishdan qimmatga tushadi. Shuning uchun bunday o‘simliklami ham xo‘jaliklar dalalarida o‘stirish maqsadga muvofiq buladi.
4. Yovvoyi holda о‘sadigan dorivor o‘ simiiklar xom-ashyosini katta hajmda tayyorlashning qiyinchiligi, uni yig‘ib olish uchun qishloq xo‘jalik texnikasidan foydalanishning murakkabligi. Plantatsiyada о‘stiriladigan dorivor o ‘simliklar mahsulotini qulay sharoitda va ta’sirchan kimyoviy biologik faol moddalari ko‘p to‘plangan davrda turli mexanizmlar yordamida yig‘ib olish mumkin.
5. Qimmatbaho, tibbiyot uchun juda zarur bo‘lgan dorivor mahsulot respublikamizda uchramaydigan tropik yoki subtropik iqlimli davlatlarda о‘sadigan о‘simliklardan tayyorlanadigan bo‘Isa, imkoni boricha shu o‘simliklami o‘zimizda o‘stirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Yangidan ekilishi kerak bo‘lgan dorivor o‘simiiklar agrotexnikasi VILR hamda uning tajriba stansiyalarida, qisman fanlar akademiyasi (FA), universitetlar va oliy o‘quv yurtlarining botanika bog‘larida ishlab chiqilmoqda. Bu sohada VILR va uning tajriba stansiyaiaririi xizrnati katta bo‘lib, ularda chet e!dan keltirilgan bir qancha tropik va subtropik dorivor o‘simliklami Sobiq Ittifoq iqlimida o‘stirishning agrotexnika qoidalari ishlab chiqilgan. Mamlakatimizning turli hududlarida (zonalarida) joylashgan xo‘jaliklarida quyidagi dorivor o ‘simliklar o‘stirilmoqda: xin daraxti, koka butasi, aloe turlari, ortosifbn, dixroa, katta kella, sano (kassiya) turlari, meksika bangidevonasi, kalanxoy turlari, uyatchang mimoza, to‘q qizil passiflora, rauvolfiya turlari, pushti katarantus (bo‘riguI), yumaloq bargli Stefaniya, evkalipt turlari, bo‘lakli ituzum va boshqalar. Sug‘oriladigan maydonlarda o‘stiriladigan dorivor o‘simliklar yow oyi holda о‘sadigan dorivor o‘simliklardan katta farq qiladi, ya’ni o‘stiriladigan dorivor o‘simlik mahsulotida begona o‘simliklar aralashmasi bo‘lraaydi. Agrotexnika qoidalari asosida o ‘stirilgan dorivor o‘sim!iklar serhosil va biologik faol moddalarga boy bo ladi.
Dorivor o‘simliklarni serhosil navlarini tanlab olish, ulami chatishtirish yoki poliploidli (xromosom sonlarini oshirish) navlarini olish yo‘li bilan ekiladigan dorivor o‘simliklaming hosildorligini va tarkibidagi biologik faol bo‘lgan kimyoviy birikmalar miqdorini oshirish mumkin. Yuqorida aytib o‘tilgan sabablarga ko‘ra, ba’zi bir dorivor o ‘simliklami o‘stirish va ularning mahsulotlarini tayyorlash yovvoyi holda o‘sadigan dorivor o‘simliklar mahsulotini yig‘ishga qaraganda iqtisodiy jihatdan ancha arzonga tushadi. 0 ‘zbekistonda dorivor o‘simliklar asosan turli tuproq iqlim hududlarida joylashgan Qishloq va suv xo‘jalik vazirligiga qarashli xo‘jaliklarda ekiladi. O'zbekiston Respublikasida birinchi marta 1973-yilda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi xo‘jaliklarda dorivor o ‘simliklar ekila boshladi. Keyinroq (1978-yilda) Namangan viloyati Pop tumanida Ibn Sino nomli dorivor o‘simliklar o ‘st?riladigan xo‘jalik tashkil qilindi. Bu xo‘jalik dalalarida qalampir yalpiz, dorivor marmarak (mavrak), dorivor tirnoqgul, na’matak, achchiq shuvoq (erman), boTakli ituzum, mayda gulli tog‘rayxon va boshqa o‘simlik.lar o‘stirilgan. Ulardan yig‘ilgan mahsulotlar ()‘zbekiston dorixonalarini ta’minlash uchun hamda Chimkent kimyo-farmatsevtika zavodi va boshqa korxonalarga jo ‘natilgan. Hozirgi kunda dorivor o‘simliklami o‘stirib etishtiradigan maxsus xo‘jaliklar Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo hamda Toshkent viloyatlarida tashkil qilingan. Respublikamizning qariyb hamma viloyatlaridagi «Farmatsiya» ishlab chiqarish biriashmalari qoshida dorivor o ‘simliklar o‘stiradigan maydonchalar tashkil qilingan bo‘lib, ularda viloyat dorixonalar talabiga binoan tegishli o‘simliklami o‘stirmoqdalar. Hozirgi kunda Toshkent viloyati 0 ‘rta Chirchiq tumanidagi dorivor o‘simliklarga ixtisoslashgan Oxunboboev nomli ixtisoslashgan xo‘jalik dalalarida qalampir yalpiz, dorivor marmarak (mavrak), dorivor timoqgul, dorivor moychechak, besh bo‘lakli ituzum - arslonquyruq, pol-pola, na’matak va boshqa dorivor o‘simliklar o‘stirilmoqda. 0 ‘zbekiston Respublikasi FA ga qarashli Toshkent botanika bog‘ining sobiq katta ilmiy xodimi Q. H. X o‘jaev, keyinchalik shu bog‘ning dorivor o‘simliklami ma daniy lashtiri sh va iqlimga moslash laboratoriyasining mudiri, katta ilmiy xodim Yu. M. Murdaxaev Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya va botanika kafedralarining ilmiy xodimlari bilan hamkorlikda qardosh respublikalari hamda dunyoning boshqa hudud (region)laridan keltirilgan 67 turdagi dorivor o'simliklarni Toshkent shahri iqlimida o‘stirishga erishdilar. Ularning fikrlarieha, yuqorida timoqgul, qalampir yalpiz, dorivor marmarak (mavrak), dorivor valeriana, fenxel (dorixona ukropi), dorivor moychechak, qora andiz, ajgon (zirai karmoni), arpabodiyon, oddiy dastarbosh, na’matak turlari, butasimon amorfa, qizil angishvonagul, yoyiq erizimum, kendir turlari, Kavkaz yamsi, Man’chjuriya araliyasi, tog‘ jumrut, sano (kassiya) turlari, patriniya, tuxumak, besh bo‘lakli arslonquyruq, dorivor zangvizorba, yarim butasimon sekurinega, bo‘rigul turlari, qoraqobiq turlari, belladonna, meksika bangidevonasi, polpola, bo‘lakli ituzum, gangituvchi buzulbang va boshqa dorivor o‘simliklami yetishtirish mumkin.
Hozirgi kunda tabiiy holda o‘sayotgan dorivor o‘simliklarni zaxiralari insonlar ta’sirida kamayib bormoqda. Buning о‘mini to‘ldirish va xalqimiz ehtiyojini qondirish maqsadida dorivor о‘simiiklar turlarini ko‘paytirish va ulami 0 ‘zbekistonning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda sug‘oriladigan mintaqalarda ekib o ‘stirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 0 ‘zbekistonda farmatsevtika sanoatini dorivor o‘simliklar xom-ashyosi bilan ta’minlash maqsadida yaqin yillar ichida dorivor o‘simliklami ekib o‘stiradigan fermer va ixtisoslashgan xo‘jaliklami tashkil qilish va ko‘paytirish maqsadga muvofiq bo’lar edi.

  1. Turkiston arslonquyrug’i haqida umumiy ma’lumot.

Besh bolakli arslonquyruq - Leonurus quinquelobatus Gilib. (Leonurus villosus Desf.), oddiy arslonquyruq - Leonurus eardiaca L. va turkiston arslonkuyruq - Leonurus turkestanicus v. Krecz. et Kupr.; yasnotkadoshlar- Lamiaceae (labguldoshlar - Labiate) oilasiga kiradi. Ko‘p yillik, bo‘yi 50-150 (ba’zan 200) sm ga etadigan o‘t o‘simlik. Poyasi bir nechta, to‘rt qirrali, tik o‘suvchi, shoxlangan. Bargi oddiy, panjasimon besh bo‘lakli, yuqoridagilari uch bo‘lakli bo‘lib, poyada bandi bilan qarama-qarshi joylashgan. Gullari 5 bo‘lakli, ikki labli, poyaning yuqori qisinidagi barglar qo‘ltig‘ida halqa shaklida o‘mashib, boshoqsimon to‘pgul hosil qiladi. Mevasi uch qirrali, to‘q jigarrang 4 ta yong‘oqchadan tashkil topgan. lyun oyidan sentyabrgacha gullaydi va mevasi etiladi.
Arslonquyruq o‘simligining bu uch turi bir-biriga juda o‘xshash bo‘lib, barglarining tuzilishi bilan farq qiladi. Besh bo‘lakli arslonquyruq o‘simligining bargi sertuk. Geografik tarqalishi. Belorus, Ukraina, Rossiyaning Y evropa qismida (shimoldan tashqari), Kavkaz va о‘arbiy Sibirda aholi yashaydigan joylarga yaqin yerlarda, bo‘sh yotgan va tashlandiq joylarda, ekinzorlarda o‘sadi.
Mahlsulotni asosan Volga bo‘уidagi joylarda, Boshqirdistonda va Voronej viloyatida tayyorlanadi. Turkiston arslonquyrug‘i asosan 0 ‘rta Osiyoda ( 0 ‘zbekistonning Toshkent, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarini) tog‘li tumanlaridagi tog‘laming o‘rta qismidagi toshli va shag‘aili-tuproqli qiyalarida o‘sadi.
U O‘zbekistonda tayyorlanadi. Mahsulotning tashqi ko‘rnishi. Tayyor mahsulot 30-40 sm uzunlikda qirqilgan o‘simlikning yer ustki qismidan (poya, barg va gullaridan) iborat. Poyasi to‘rt qirrali, ichi kovak, qizil binafsha rangga bo‘yalgan. Bargi to‘q yashil, tukli (oddiy va Turkiston arslonquyruqlarining bargi esa tuksiz), poyaning pastki qismidagilari tuxumsimon shaklli va yuraksimon asosli, o‘rta qismidagilari panjasimon 5 boTakka qirqilgan, yuqori qismidagilami esa cho‘ziq ellipssimon yoki lansetsimon, uch bo‘lakli yoki uch bo‘lakka qirqilgan bo‘lib, poyada bandi bilan qarama-qarshi joylashgan. Gullari poyaning yuqori qismidagi barglari qo‘ltig‘ida halqa shaklida o‘rnashib, boshoqsimon to‘pgul hosil qiladi. Gulkosachasi 5 tishli, naychasimon, qo‘ng‘iroqsimon, gultojisi ikki labli, pushti yoki pushti- binafsha rangli, otaligi 4 ta bo‘lib, shundan yuqoridagi 2 tasi kalta, onalik tuguni to‘rt bo‘lakli, yuqoriga joylashgan.
XI DF ga ko‘ra mahsulot namligi 13%, umumiy kuli 12%, 10% li xlorid kislotada yerimaydigan kuli 6%, sarg‘aygan va qo‘ng‘ir rangga aylangan barglar 7%, poya bo‘lakchalari 40%, yo‘g‘onligi 5 mm dan oshiq boTgan poyalar 3%, organik aralashmalar 3% hamda mineral aralashmalar 1% dan oshiq bo‘lmasligi kerak. Butun mahsulot uchun: teshigining diametri 3 mm bo‘!gan elakdan o‘tadigan mayda bo‘laklar 10%, qirqilgan mahsulot uchun: 7 mm dan oshiq bo‘lgan qismlar 1 7%, teshigining diametri 0,5 mm bo‘lgan elakdan o‘tadigan qismlar 16% dan oshiq bo‘lmasligi lozim. 70% li spirtda yeruvchi ekstrakt moddalar miqdori 15% dan kam bo‘lmasligi kerak.
Kimyoviy tarkibi. Arslonquyruq o‘simligining kimyoviy tarkibi hali etarli o‘rganilgan emas. Q‘simlik tarkibida flavonoidlar, 2,01-9% gacha oshlovchi moddalar, 0,035-0,4% gacha alkaloidlar (o^simlik gullay boshlaganida), 0,05% efir moyi, n-qumar kislota, vitamin S, iridoidlar, saponinlar, achchiq, qand va boshqa moddalar borligi aniqlangan. Mahsulotning flavonoidlar yig‘indisidan rutin, kversitrin, giperozid, kversetinni 7-glikozidi, kversetin va kvinkvelozid, alkaloidlar yig£indisidan leonurinin akaloidi (mevasidan) va 0,4% gacha staxidrin ajratib olingan.
Ishlatilishi. Arslonquyruqning dorivor preparatlari tinchlantiruvchi vosita sifatida (valeriana preparatlaridek) gipertoniya, nerv qo‘zgalishi va ba’zi yurak kasalliklari (yurak nevrozi, kardioskleroz)ni davolash uchun ishlatiladi. Dorivor preparatlari. Damlama, nastoyka, suyuq ekstrakt. Mahsulot tinchlantiruvchi choy-yig‘malar va Zdrenko yig‘masi tarkibiga kiradi.


  1. Yüklə 38,58 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə