Mavzu. Turizm sohasida xalqaro xavfsizlikning huquqiy asoslari



Yüklə 96,96 Kb.
səhifə1/10
tarix17.12.2023
ölçüsü96,96 Kb.
#149782
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
5-mavzu


5-mavzu. TURIZM SOHASIDA XALQARO XAVFSIZLIKNING
HUQUQIY ASOSLARI
Reja:
1. Turizm sohasida xavfsizlikni ta’minlash tamoyillari
2. Xalqaro turizmda turistlarining hayoti xavfsizligini ta’minlashning xalqaro huquqiy va me’yoriy hujjatlari
3. O‘zbekiston Respublikasi qonun va qarorlarida turistlar hayoti xavfsizligini ta’minlash
4. Turizm rasmiyatchiligiga oid hujjatlar


1. Turizm sohasida xavfsizlikni ta’minlash tamoyillari

«Turizm xavfsizligi» keng ma’noli tushuncha bo‘lib, turizmda xavfsizlik turist va uning yuklarining xavfsizligi, turistik muhit qatnashchilarining muhim hayotiy qiziqishlarini ichki va tashqi havflardan, hamda turizm rivojlanishida atrof-muhitni salbiy omillardan himoyalanganligi tushuniladi.


Turizmdagi xavfsizlik – bu turist hayoti va sog‘lig‘ini saqlash maqsadida, hamda unga va atrof–muhitga (jamoaga, jamiyatga, davlatga, tabiatga) yetkazilgan zararlarni minimallashtirishga qaratilgan majmuali tadbirlardan iborat. Dunyoda bo‘lib o‘tayotgan voqea, hodisalar xavfsizlik masalasi qanchalik muhimligini ko‘rsatmoqda va bu yerda nafaqat mamlakat ichki tartibi, balki xalqaro darajada muvofiqlashtirish talab etiladi. Turizmda xavfsizlikni ta’minlash borasidagi qarorlar turistik faoliyat sohasidagi qonunlarning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi.
Hozirgi paytda, turizmda xavfsizlik masalasi quyidagi tamoyillar asosida ta’minlanadi:
1. Milliy qonunlar, xalqaro huquqlar asosida turistlarni jo‘natuvchi yoki qabul qiluvchi, davlat ularni himoya qilishi, panohiga olishi shart. Mamlakatda xorijiy turistlar kelishini nazorat qiluvchi, shaxsiy mulkini, shaxsiyatini himoya qiluvchi, joriy-qidiruv ishlarini olib borish, sug‘urta to‘lovlarini to‘lash, valyuta ayriboshlash, madaniy qiymatga ega buyumlarni olib chiqish, axborot olishga imkoniyat, diplomatik va advokat ko‘magi va boshqa masalalarga tegishli huquqiy-me’yoriy aktlar qabul qilinadi. Turistik firmalar litsenziya oladilar va mahsulotlarini sertifikatlaydilar. Xalqaro me’yorlar aviatashuchilar, suv transporti kompaniyalari, avtokorxonalardan avariya va favqulodda hodisalarni oldini olish maqsadida yagona va universal standartni bajarishni talab qiladi.

Yüklə 96,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə