Mavzu: Tuproqlarning ifloslanishi va uning oldini olish yollari. Reja


Yerni resurslarini muhofaza qilish choralari



Yüklə 23,54 Kb.
səhifə3/3
tarix22.12.2022
ölçüsü23,54 Kb.
#97556
1   2   3
Mavzu Tuproqlarning ifloslanishi va uning oldini olish yollari.

Yerni resurslarini muhofaza qilish choralari.
Maqsadimiz halqimizning jismoniy va aqliy jihatdan sog'lom bo'lishga erishishdir. Buning uchun avvalo erimizning xilma-xil zaharli kimyoviy moddalardan soqit qilib, uni sog'lom qilishimiz kerak. Shundagina kishilarni sifatli, to'yimli oziq-ovqat bilan ta'minlay olamiz. Mutaxassislarning fikricha, erni yig'ilib qolgan zaharli chiqindilardan soqit qilishga 8-10 yil davomida hech qanday preparat qo'llamasdan almashlab ekish va boshqa biologik usullarni keng qo'llash orqali erishish lozim.
Prezidentimiz I.A.Karimovning “O'zbekiston XX1 asr bo'sag'asida” nomli asarida er haqida quyidagicha ma'lumot berilgan. Ayni vaqtda er ulkan boylik bo'libgina qolmay, mamlakatimizning kelajagini belgilab beradigan omil hamdir. Bu hol O'zbekistonda ayniqsa yaqqol namoyon bo'lmoqda. Chunki erning iqtisodiy va demografik vazifasi yildan yilga kuchayib bormoqda. Respublikaning 447,4 ming kv.km dan ortiq bo'lgan umumiy er maydonining atigi 10% inigiga ekin maydonlari tashkil etadi. Ekin maydonlari tarkibida so'nggi vaqtlarga (1990 yilga) qadar paxta deyarli 75% maydonni egallagan edi. Dunyoning birorta ham mamlakatida paxta monopoliyasi bu qadar yuqori darajaga ko'tarilmagandi. Bu hol erning kuchsizlanishiga tuproq unumdorligini, uning suv-fizikaviy xossalari yomonlashuviga tuproqning bo'g'ilishiga va nurashi jarayonlari ortishiga olib keldi.
Shu sababli O'zbekistonda tabiatni muhovaza qilishdagi g'oyat muhim vazifa erning holatini yaxshilashdan, tuproqning ifloslanishini kamaytirish bo'yicha chora tadbirlarni amalga oshirishdan iborat.
O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 55-moddasida “YEr, jumladan tuproq, boshqa tabiiy boyliklar singari umummilliy boylik hisoblanadi, undan oqilona foydalanish zarur va u davlat muhofazasida turadi” deb qayd etilgan. 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi YEr kodeksining 16-moddasiga muvofiq u davlat mulkidir. Oxirgi yillarda paxta maydonlarining kamayishi, almashlab ekishning kengroq joriy qilinishi, mineral o'g'itlarni ishlatishning me'yorlashtirilishi va boshqa tadbirlar tuproqlar holatining yaxshilanishiga olib kelmoqda.
Har bir o'zini hurmat qiladigan yurt, mustaqil va suveren davlat har qanday ijtimoiy munosabatlarni qonun orqali tartibga solishga harakat qiladi. Tuproq ham bundan istisno emas. Chunki tuproq inson hayotida juda katta ahamiyat kasb etar ekan, u doimo ijtimoiy munosabat, ya'ni mulkiy, iqtisodiy, siyosiy, ma'rifiy-madaniy, ekologik-sosiologik xarakterdagi kishilar o'rtasida yuzaga keladigan murosa ob'ekti bo'lib qoladi.
Yüklə 23,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə