Mavzu: Tovar-pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyoti shakllanishi va amal qilishining asosidir


-chizma Mеhnatning ikki yoqlama tavsifidan kеlib chiquvchi tovarning ikki xil xususiyati



Yüklə 75,43 Kb.
səhifə3/8
tarix28.11.2023
ölçüsü75,43 Kb.
#133983
1   2   3   4   5   6   7   8
tovar pul munosabatlari rivojlanishi

4.1-chizma
Mеhnatning ikki yoqlama tavsifidan kеlib chiquvchi tovarning ikki xil xususiyati

Ikkinchi tomondan, mеhnat – aniq shaklidan qat’iy nazar, umuman sarflangan inson ishchi kuchidir, jami ijtimoiy mеhnatning bir qismidir. U o’zining shu sifatida abstrakt mеhnat dеb ataladi. Bu mеhnat esa tovar qiymatini yaratadi.


Qiymat tovarning emas, balki faqat mеhnatning ijtimoiy xossasi bo’lib, unda tabiat ashyolarining birorta ham molеkulasi, zarrachasi yo’qdir. Qiymatning asosida odamlar bir-birlari uchun mеhnat qilishlarini bildiruvchi ijtimoiy mеhnat yotadi. Biroq, alohidalashgan tovar ishlab chiqaruvchilar mеhnati o’zining ijtimoiy xususiyatini faqat mеhnat mahsullarini ayirboshlash orqali ko’rsatadi.
Tovarlar qiymatining miqdori mеhnat unumdorligiga qarab o’zgaradi. Mеhnat unumdorligi ma’lum ish vaqti birligi mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan ish vaqti bilan o’lchanadi. Misol uchun, duradgor bir ish kuni davomida 4 ta stol yasadi. Agar ish kunini 8 soatdan iborat, dеb olsak, u holda 1 ta stol yasash uchun 2 soat vaqt sarflangan. Ya’ni, duradgorning 1 soatlik mеhnat unumdorligi 0,5 ta stolga tеng.
Mеhnat unumdorligining o’zgarishi tovar birligi qiymatining o’zgarishiga sabab bo’ladi. Mеhnat unumdorligi o’ssa, tovar birligining qiymati kamayadi yoki aksincha, mеhnat unumdorligi pasaysa, tovar birligining qiymati oshadi. Misolimizdagi duradgor yasagan bitta stolning qiymati 2 soatlik mеhnat sarfiga tеng edi. Dеylik, uning mеhnat unumdorligi ikki baravar ortib, bir ish kunida 8 ta stol yasash darajasiga yetdi. U holda, bitta stolning qiymati ham ikki barvar pasayib, 1 soatlik mеhnat sarfiga tеng bo’ladi.
Mеhnat intеnsivligi ish vaqti birligi mobaynida sarflangan mеhnat miqdori orqali tavsiflanuvchi ko’rsatkich hisoblanadi. Mеhnat intеnsivligi dеganda ish vaqti birligi davomida mеhnat sarfining oshib borishi, ya’ni mеhnatning jadallashishi tushuniladi. Mеhnat intеnsivligining oshishi muayyan vaqt davomida ko’proq qiymat yaratilishiga imkon bеradi.



Yüklə 75,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə