Mavzu: Tarbiya nazariyasi. Tarbiya tushunchasi tarbiya metodlari va turlari



Yüklə 211,5 Kb.
səhifə5/16
tarix19.06.2023
ölçüsü211,5 Kb.
#117906
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
tarbiya nazariyasi

Tarbiya usullarga tavsif.
Xalq pedagogikasi o’zbekona axloq, odob va taribiyaning barcha qirralarini o’zida mujasamlashtirgan. Xalq pedagogikasida qo’llanilgan juda xilma xil tarbiya usullari mavjud.

  1. Tushuntirish (o’rgatish, odatlantirish, mashq qildirish).

  2. Namuna (maslahat berish, o’zr so’rash, o’rnak bo’lish, yaxshiliklar tug’risida gapirish).

  3. Nasixat berish (undash, ko’ndirish, iltimos qilish , yolvorish, tilak itsak bildirish, ma’qullash, raxmat aytish ,duo qilish , oq yo’l tilash ).

  4. Qoralash va jazo (ta’kidlash, ta’na, gina, tanbeh berish, majbur qilish , koyish, ont, qasam, urish, kaltaqlash va x.)

Xalq pedagogikasining nodir namunalari, tarbiya usullari va tarbiyaviy ta’sirlar muayyan vositalar orqali amalga oshirilgan. Mexmon kutish, mexmonga borish, turli mexnat jarayonlari, xasharlar, turli guringlar, musobaqalar, turli nishonlashlar, sayllar, turli marosimlar, bazmlar va b. O’ziga xos tarbiya vositasi vazifasini bajaradi. YOshlarni tarbiyalashda turli milliy an’nalar, umuminsoniy qadriyatlar asos qilib olinishi kerak. Inson qalbiga bugun e’qilgan yaxshilik o’rigi oradan 10 yil o’tgach unib chiqishini har bir pedagog ilmiy asoslab oldindan ko’ra bilish kerak. Tarbiya usullarini o’rganish, taxlil qilish , bu usullardan pedagog jarayonda foydalanish, ko’nikma va malakalarni e’gallashni osonlashtirish uchun ularni shartli ravishda bir necha guruxga bo’lib olamiz:
-Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar.
-O’z o’zini tarbiyalovchi usullar.
-Rag’batlantirish usullari.
-Jazolash usullari
O’zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da: «Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning milliy, madaniy anhanalariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etiladi», deyilgan. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, hozirgi kunda shaxs tarbiyasini muvaffaqiyatli, zamon talabi darajasida amalga oshirish va boshqarishni tahminlovchi samarali metodlarni va vositalarni ishlab chiqish hamda ulardan foydalanish imkoniyatlari masalasi pedagog olimlar va mutaxassislar oldida turgan muhim vazifalar hisoblanadi.
Tarbiya metodlari - pedagog-o’qituvchilarning o’quvchilarga ta’sir ko’rsatish usullari, vositalari, tarbiyalanuvchilarga barkamol shaxs xislatlarini singdidrish maqsadida tarbiya jarayonini pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tashkil etish yo’llaridir.
O’rgatish – bu ijtimoiy xulq-atvorni odatiy shakliga aylantirish maqsadida o’quvchilar tomonidan rejali va tizimli tarzda tashkil etiladigan turli harakatlar, tashkil etiladigan amaliy ishlarga undovchi faoliyatdir.

Yüklə 211,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə