Mavzu: Ta’lim to‘g‘risida gi Qonunning mazmun-mohiyati



Yüklə 17,05 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü17,05 Kb.
#183766
Reja Qonunning mazmun-mohiyati-fayllar.org


Reja: Qonunning mazmun-mohiyati

Mavzu: Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati
Reja:
  1. Qonunning mazmun-mohiyati


  2. Ushbu Qonunning maqsadi


  3. Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi


  4. Xulosa

  5. Foydalanilgan adabiyotlar


“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati


(O‘RQ–637, 23.09.2020)
Qonun bilan jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, har kimga ta’lim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi.
Ta’lim turlari quyidagilardan iborat:
• maktabgacha ta’lim va tarbiya;
• umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;
• professional ta’lim;
• oliy ta’lim;
• oliy ta’limdan keyingi ta’lim;
• kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
• maktabdan tashqari ta’lim.
Umumiy o‘rta ta’lim I–XI sinflarni o‘z ichiga oladi.
O‘rta maxsus ta’lim akademik litseylarda 9 yillik tayanch o‘rta ta’lim asosida 2 yil mobaynida amalga oshiriladi.
Professional ta’lim boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim darajalariga ajratiladi.
Boshlang‘ich professional ta’lim kasb-hunar maktablarida IX sinf bitiruvchilari negizida kunduzgi ta’lim shaklida 2 yillik integratsiyalashgan dastur asosida bepul amalga oshiriladi.
O‘rta professional ta’lim kollejlarda davlat buyurtmasi yoki to‘lov-shartnoma asosida davomiyligi 2 yilgacha bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha amalga oshiriladi.
O‘rta maxsus professional ta’lim texnikumlarda davlat buyurtmasi yoki to‘lov-shartnoma asosida davomiyligi kamida 2 yil bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Oliy ta’limdan keyingi ta’limni oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarda olish mumkin.
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o‘rganishni va ilmiy izlanishlar olib borishni nazarda tutadigan tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchanlik asosida ilmiy darajaga ega ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni ta’minlaydi.
Ta’lim olish shakllari:

  • ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (kunduzgi);


  • ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish (sirtqi, kechki, masofaviy);


  • dual ta’lim;


  • oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish;


  • katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish;


  • inklyuziv ta’lim;


  • eksternat tartibidagi ta’lim;


  • mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash.


Qonunga ko‘ra, davlat oliy ta’lim, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari va ularning filiallari, shuningdek davlat ishtirokidagi oliy, o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari Prezident yoki Hukumat qarorlari bilan tashkil etiladi.


Nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etish ularning ta’sischilari tomonidan amalga oshiriladi.
Nodavlat ta’lim tashkilotlariga litsenziya Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan beriladi.
Ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish barcha talabgorlar uchun ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi prinsipi asosida amalga oshiriladi, shaxslarning ayrim toifalari bundan mustasno, ularga qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozlar berilishi mumkin.
Ta’lim tashkilotlari talabgorlarni va (yoki) ularning ota-onasini yoki boshqa qonuniy vakillarini ustav, litsenziya (nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun), davlat akkreditatsiyasi to‘g‘risidagi sertifikat, o‘quv dasturi hamda ta’lim faoliyatini tartibga soluvchi boshqa hujjatlar, ta’lim oluvchilarning huquqlari va majburiyatlari bilan tanishtirishi shart.
Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar o‘qishga o‘z ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining roziligiga va tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan qabul qilinadi.
Ayrim ta’lim tashkilotlariga (oliy ta’lim muassasalariga, akademik litseylarga, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar va boshqalarga) o‘qishga qabul qilish tanlov asosida amalga oshiriladi.
Davlat oliy ta’lim va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish davlat granti va (yoki) to‘lov-shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Chet ellik fuqarolarni O‘zbekistonning davlat ta’lim muassasalariga qabul qilish to‘lov-shartnoma asosida (bundan davlat granti ajratilgan hollar mustasno) amalga oshiriladi.
Davlat ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Nodavlat ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish tartibi ushbu ta’lim tashkilotlari tomonidan belgilanadi.
Oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish parametrlari Prezident tomonidan belgilanadi.
Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish chog‘ida imtiyozli kontingent uchun qo‘shimcha qabul parametrlari belgilanadi.
Shuningdek, mazkur Qonun bilan 1997 yil 29 avgustdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi Qonunlar o‘z kuchini yo‘qotdi.
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


Ushbu Qonun fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilgan.
2-modda. Ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan hamda boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ta’lim sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagidan o‘zgacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
3-modda. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari
Ta’lim O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e’lon qilinadi.
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;
ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
umumiy o‘rta, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishini: akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi;
ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish;
ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish.
4-modda. Bilim olish huquqi
Jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, e’tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqeyi, turar joyi, O‘zbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashayotganligidan qat’i nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlanadi.
Bilim olish huquqi:
davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini rivojlantirish;
ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda ta’lim olishni tashkil etish;
ta’lim va kadrlar tayyorlash davlat dasturlari asosida bepul o‘qitish, shuningdek ta’lim muassasalarida shartnoma asosida to‘lov evaziga kasb-hunar o‘rgatish;
barcha turdagi ta’lim muassasalarining bitiruvchilari keyingi bosqichdagi o‘quv yurtlariga kirishda teng huquqlarga ega bo‘lishi;
oilada yoki o‘zi mustaqil ravishda bilim olgan fuqarolarga akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim muassasalarida eksternat tartibida attestatsiyadan o‘tish huquqini berish orqali ta’minlanadi.
Boshqa davlatlarning fuqarolari O‘zbekiston Respublikasida xalqaro shartnomalarga muvofiq bilim olish huquqiga ega.
Respublikada istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilim olishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.
5-modda. Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi
Tegishli ma’lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
Pedagog xodimlarni oliy o‘quv yurtlariga ishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan Nizomga muvofiq tanlov asosida amalga oshiriladi.
Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish sud hukmiga asosan man etilgan shaxslarning ta’lim muassasalarida bu faoliyat bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
6-modda. Ta’lim muassasasining huquqiy maqomi
Ta’lim muassasasini akkreditatsiyalash vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiyaga asosan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-fevraldagi 130-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi to‘g‘risidagi Nizom.
Ta’lim muassasasi yuridik shaxs bo‘lib, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda barpo etiladi. Nodavlat ta’lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan paytdan boshlab yuridik shaxs huquqlari va ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom”.
Ta’lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan ustav asosida faoliyat ko‘rsatadi.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 5-yanvardagi 5-sonli qarori bilan ta’lim muassasalari ustavini ishlab chiqish Tartibi tasdiqlangan.
Ta’lim muassasasi attestatsiya natijalariga binoan davlat akkreditatsiyasidan mahrum etilishi mumkin.
Ta’lim muassasalari o‘quv-tarbiya majmuilariga hamda o‘quv-ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari va uyushmalariga birlashishga haqli.
Ta’lim muassasalari ustavda belgilangan vazifalariga muvofiq pulli ta’lim xizmatlari ko‘rsatish, shuningdek tadbirkorlik faoliyatining boshqa turlari bilan shug‘ullanishga haqli.
7-modda. Davlat ta’lim standartlari
Davlat ta’lim standartlari umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.
Davlat ta’lim standartlarini bajarish O‘zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 5-yanvardagi 5-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat ta’lim standartlari to‘g‘risida”gi nizom, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-avgustdagi 390-sonli “Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi, 2000-yil 16-oktabrdagi 400-sonli “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi va 2001-yil 16-avgustdagi 343-sonli “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlari.
8-modda. Ta’lim berish tili
Ta’lim muassasalarida ta’lim berish tilidan foydalanish tartibi Davlat tili haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi.
II. TA’LIM TIZIMI VA TURLARI
9-modda. Ta’lim tizimi
O‘zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
davlat standartlariga muvofiq ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalari;
ta’lim tizimining faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalar;
ta’lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar.
O‘zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi yagona va uzluksizdir.
10-modda. Ta’lim turlari
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim quyidagi turlarda amalga oshiriladi:
maktabgacha ta’lim;
umumiy o‘rta ta’lim;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi;
oliy ta’lim;
oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim;
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
maktabdan tashqari ta’lim.
11-modda. Maktabgacha ta’lim
Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. Bu ta’lim olti-yetti yoshgacha oilada, bolalar bog‘chasida va mulk shaklidan qat’i nazar, boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi.
Xulosa:
Qarang: mazkur Qonunning 3, 10-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.09.2017-yildagi “O‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3305-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.09.2017-yildagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.04.2018-yildagi “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3651-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.09.2018-yildagi “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3955-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.08.2018-yildagi “Davlat-xususiy sherikchilik asosida zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 681-sonli Qarori.
12-modda. Umumiy o‘rta ta’lim

ADABIYOTLAR




1. Tursunov I.,Nishonaliyev U. Pedagogika kursi.T.1996.
2. Munavvarov A.K. Pedagogika. ”O‘kituvchi”. 1996.
3. O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”. T. 1997.
4. Pedagogika. O‘kuv ko‘llanma. T. 1996.
www.pedagog.uz
www.ziyonet.uz
http://fayllar.org
Yüklə 17,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə