Mavzu; Talim nazaryalari konsepsiyalari tizimi Reja: Kirish I bob Talim nazaryalari konsepsiyalari tizimi


Didaktikaning predmeti va vazifasi, asosiy katogoriyalari



Yüklə 37,89 Kb.
səhifə5/11
tarix31.12.2021
ölçüsü37,89 Kb.
#82166
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
kurs ishi tayyor

1.2Didaktikaning predmeti va vazifasi, asosiy katogoriyalari,

Hozirgi davrda didaktika o`qitishning mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllarini ilmiy asoslab beruvchi pedagogika sohasi sifatida tushuniladi.

Umumiy didaktikaning predmeti dars o`tish (o`qituvchi faoliyati) va bilim olish (o`quvchining o`rganish faoliyati)ning o`zaro bog`liqligi va aloqadorligi hisoblanadi.

Umumiy didaktikadan tashqari xususiy didaktikalar yoki alohida fanlar bo`ycha ta’lim metodikasi deb ataluvchi didaktikalar ham mavjud.

Ularning mazmuni ta’limning ma’lum bosqchlarida u yoki bu fanlarni o`rganish va ta’lim berishning nazariy asoslarini belgilaydi. Har bir o`qituvchi didaktika asoslarini puxta bilishi va ularga tayangan holda faoliyatni tashkil etishi zarur.

Didaktika predmetini aniqlash bo`ycha turli qarashlar ilgari surilgan. qarashlarning turlicha bo`lishi didaktikaning metodologik kategoriyalarini aniq ajratilmaganligi bilan bog`liq.

Ko`pchilik olimlar ta’lim ob’ekti deb o`qitish jarayonining maqsadi, mazmuni, qonuniyatlari, metodlari va tamoyillarini ko`rsatadilar.

Didaktika ta’limni ijtimoiy tajribani berish vositasi sifatida e’tirof etadi.

Darhaqiqat, o`qish, o`rganishi ta’lim jarayonining ajralmas xususiyatidir. Ta’limga psixologiya nuqtai nazaridan yondashilsa, ushbu munosabatning ustuvorligiga shubha qolmaydi. Biroq, ta’limga pedagogik, ya’ni, ijtimoiy tajribani berish, o`rgatish nuqtai nazaridan qaralsa faoliyat uchun asosiy sanaluvchi munosabat – ikki shaxs (o`quvchi va o`qituvchi) o`rtasidagi munosabatlar yetakchi o`rin egallashi lozim ekanligi anglanadi.


Yüklə 37,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə