Mavzu; Talim nazaryalari konsepsiyalari tizimi Reja: Kirish I bob Talim nazaryalari konsepsiyalari tizimi



Yüklə 37,89 Kb.
səhifə4/11
tarix31.12.2021
ölçüsü37,89 Kb.
#82166
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
kurs ishi tayyor

Kurs ishining tuzilishi va hajmi.

Kurs ishi tuzilishi ikki bob, umumiy xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati hamda ilovalardan iborat bo’lib, ishning umumiy hajmi 35 betni tashkil etadi.

I bob. Ta’lim nazaryalari konsepsiyalari tizimi

1.1 Ta’lim mazmuni (didaktika) haqida tushuncha. Ta’lim jarayoni: o‘qitish va o‘qish.

Didaktika haqida tushuncha. Didaktikaning predmeti va vazifalari. Didaktikaning tashkil topishi va rivojlanishi. Insonning faoliyatida o’qitish har doim juda muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Ta’lim tasodifiy, intuitiv xususiyatga ega bo’lganda ham va asosan tasodifan axborotlarni berish hamda taqlid qilishdan iborat bo’lganda ham shunday bo’lgan; keyinchalik ham, ta’lim maqsadga muvofiq muntazam va rejalashtirilgan jarayonga aylanganda, maktab paydo bo’lganida ham shunday bo’lgan. Biroq uzoq vaqt davomida ta’limni nazariy tahlil qilish va o’rganish ishlari olib borilmadi, shuning uchun o’z nazariyasiga ega bo’lmadi. Faqatgina XVII asr bu sohada muhim o’zgarishlar olib keldi: aynan o’sha paytda ta’lim alohida nom oldi va tarixda birinchi didaktik faoliyatning ilmiy asoslangan tizimiga asos solindi.

Didaktika so’zi yunoncha didaktikos “o’rgatuvchi”, didasko esa – “o’rganuvchi” ma’nosini bildiradi.

Bu so’z 1613 yili Germaniyada nemis pedagogi Vol`fgang Ratke (1571-1635 yillar) tomonidan kiritildi.

Bu tushunchani shunga o’xshash usulda buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670 yillar) “Buyuk didaktika” nomli mashhur asarida tilga oladi. Lekin Komenskiy “didaktika bu faqat ta’limgina emas, balki tarbiyalash ham”, deb ta’kidlaydi. Mazkur asarda olim ta’lim nazariyasining muhim masalalari: ta’lim mazmuni, ta’limning ko’rgazmaliligi, ketma-ketligi kabi tamoyillari, sinf-dars tizimi borasida so’z yuritadi.

Didaktikaning predmeti, funktsiyalari va vazifasi. Pedagogik fan o’qitish va tarbiyalashni ularning yaxlitligi va birligida o’rganadi. Ikki faoliyatning har birining mohiyatini aniq bayon etish uchun ta’lim nazariyasi (didaktika) va tarbiya nazariyasini ajratib ko’rsatadilar.

Hozirgi davrda didaktika o’qitishning mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllarini ilmiy asoslab beruvchi pedagogika sohasi sifatida tushuniladi.

Umumiy didaktikadan tashqari xususiy didaktikalar yoki alohida fanlar bo’yicha ta’lim metodikasi deb ataluvchi didaktikalar ham mavjud.

Ularning mazmuni ta’limning ma’lum bosqichlarida u yoki bu fanlarni o’rganish va ta’lim berishning nazariy asoslarini belgilaydi.

Didaktika – bu pedagogik fan bo’lib, u ta’limning nazariy jihatlarini o’rganadi. Har bir o’qituvchi didaktika asoslarini bilishi zarur.

Didaktika predmetini aniqlash bo’yicha turli qarashlar ilgari surilgan. qarashlarning turlicha bo’lishi didaktikaning metodologik kategoriyalarini aniq ajratilmaganligi bilan bog’liq.

Ko’pchilik olimlar ta’lim ob’ekt deb o’qitish jarayonining maqsadi, mazmuni, qonuniyatlari, metodlari va tamoyillarini ko’rsatadilar.

Didaktika ta’limni ijtimoiy tajribani berish vositasi sifatida e’tirof etadi. Ta’lim yordamida yoshlarni hayotga tayyorlash amalga oshiriladi. Ta’limiy faoliyatini tashkil etishda o’qituvchi - o’quvchi, o’quvchi – o’quv materiali, o’quvchi - boshqa o’quvchilar o’rtasidagi munosabatlar yuzaga keladi.

Pedagogik adabiyotlarda ulardan qaysi biri didaktika uchun asosiy hisoblanishi kerakligi borasida ham turli fikrlar keltiriladi hamda o’quvchining o’quv materialiga bo’lgan munosabati, ya’ni, bilimlarni o’rganish munosabatini asosiy deb e’tirof etuvchi qarashlar soni nisbatan ko’p.

Darhaqiqat, o’qish, o’rganishi ta’lim jarayonining ajralmas xususiyatidir. Ta’limga psixologiya nuqtai nazaridan yondashilsa, ushbu munosabatning ustuvorligiga shubha qolmaydi. Biroq, ta’limga pedagogik, ya’ni, ijtimoiy tajribani berish, o’rgatish nuqtai nazaridan qaralsa faoliyat uchun asosiy sanaluvchi munosabat – ikki shaxs (o’quvchi va o’qituvchi) o’rtasidagi munosabatlar yetakchi o’rin egallashi lozim ekanligi anglanadi.

Didaktika predmetini mohiyatini ochishga xizmat qiluvchi yana bir qarash ta’lim-tarbiya jarayonini yaxlit o’rganish zarurligini ilgari suradi. Ta’limning tarbiyaviy vazifalari o’quvchining bilimni o’zlashtirishlarini ta’minlabgina qolmay, shaxs xususiyati, uning rivojlanishi, ma’lum ma’naviy-axloqiy sifatlarni o’zlashtirishi, fe’l-atvori, xulqini tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitni yaratishdan iborat.

Didaktikaga ta’limning mazmunli va protsessual jihatlarini birgalikda o’rganish xosdir. Amaliyotni qayta tashkil etish va takomillashtirish masalalarini nazarda tutgan holda didaktika ta’limni faqatgina o’rganish ob’ekti sifatidagina emas, balki ilmiy asoslangan loyihalashtirish ob’ekti sifatida qaraydi.

Umumiy didaktikaning predmeti dars o’tish (o’qituvchi faoliyati) va bilim olish (o’quvchining o’rganish faoliyati)ning o’zaro bog’liqligi va aloqadorligi hisoblanadi.

Didaktikaning vazifalari quyidagilardan iborat:

- ta’lim jarayonlari va ularni amalga oshiri shartlarini ta’riflash va tushuntirish;

- ta’lim jarayonini yanada mukammal tashkil etish, ya’ni, ta’lim tizimlari va texnologiyalarini ishlab chiqish;

- ta’lim jarayoni uchun xos bo’lgan umumiy qonuniyatlarni aniqlash, omillarini tahlil qilish va ta’riflash.

Didaktika nazariy va bir vaqtning o’zida me’yoriy-amaliy fan. Didaktikaning ilmiy-nazariy vazifasi ta’limning mavjud jarayonlarini o’rganish, uning turli jihatlari o’rtasidagi bog’liqliklar, ularning mohiyatini ochib berish, rivojlanish tendentsiyalari va kelajagini aniqlashdan iboratdir.

O’zlashtirilgan nazariy bilimlar ta’lim amaliyotini yo’naltirish, ta’limini jamiyat tomonidan qo’yilayotgan ijtimoiy talablarga muvofiq takomillashtirishga imkon beradi. Ta’lim mazmunini anglab olish, ta’lim tamoyillari, ta’lim metod va vositalarini qo’llash me’yorlarini aniqlash asosida didaktika amaliy-me’yoriy hamda konstruktiv-texnologiya vazifani bajaradi.

Didaktikaning tushunchaviy tizimi va asosiy kategoriyalari. Muayyan fanga xos bo’lgan tushunchalarda insoniyat tomonidan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida to’plangan bilimlar aks etadi. Mavjud ilmiy tushunchalar ikki asosiy guruhga ajratiladi:

falsafiy tushunchalar;

xususiy ilmiy, ya’ni, muayyan fangagina xos bo’lgan tushunchalar.

Didaktika uchun “umumiy va alohida”, “mohiyati va hodisa”, “qarama-qarshilik”, “bog’liqligi” kabi va boshqa falsafiy tushunchalar ham muhim ahamiyatga ega. Didaktika tomonidan foydalaniladigan umumfan tushunchalari orasida “tizim”, “struktura”, “vazifa”, “element” kabilar aloshida o’rin tutadi. Pedagogikaga xos didaktik tushunchalar sirasiga quyidagilar kiradi: “ta’lim”, “dars berish”, “bilim olish”, “ta’lim jarayoni”, “o’quv fani”, “ta’lim mazmuni” va boshqalar.

Didaktikada turdosh fanlarga xos bo’lgan tushunchalar ham qo’llaniladi: “idrok etish”, “o’zlashtirishi”, “mahorat”, “rivojlanish” va boshqalar (psixologiya) hamda “boshqarish”, “qayta aloqa” (kibernetika).

Didaktikaning tushunchali-terminologik tizimi muntazam yangilanib va to’ldirilib borilmoqda.

Didaktikaning asosiy kategoriyalari quyidagilardan iborat: dars o’tish, bilim olish, ta’lim, bilim, ko’nikma, malaka, ta’lim maqsadi, mazmuni, ta’lim jarayoni, ta’lim jarayonini tashkil etish, ta’lim turlari, shakllari, metodlari va vositalari, ta’lim natijasi.

So’nggi paytlarda asosiy didaktik kategoriyalar sirasiga ta’limning didaktik tizimi va ta’lim texnologiyasi kabi tushunchalarni ham kiritish taklifi ilgari surilmoqda.

Bilim olish – idrok etish, o’rganish, mashq qilish va egallangan tajriba asosida xulq va faoliyatda yangi shakllarning yuzaga kelishi, mavjud bilimarining o’zgarab, takomillashib, boyib borish jarayoni.

Ta’lim - qo’yilgan maqsadga erishishga yo’naltirilgan o’qituvchi va o’quvchining maqsadli o’zaro harakatlari. Ularning birgalikdagi faoliyati ikki tomonlama aloqani tashkil etish jarayonidir. Ta’lim berish asosida bolani umumiy rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Ta’lim - o’qitish jarayonida o’quvchilar tomonidan egallangan bilim, ko’nikma, malaka, fikrlash tizimi.

Bilim – tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui bo’lib, ular o’quvchining ongida borliq tushunchalari, sxemalar, ma’lum obrazlar ko’rinishida aks etadi.

Ko’nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.

Malaka – muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.

Maqsad (o’qish, bilim olish maqsadi) – ta’limning nimaga intilayotgani, uning urinishlari yo’naltirilgan.

Mazmun (ta’lim, bilim olishning mazmuni) – ta’lim jarayonida o’quvchi egallab olishi zarur bo’lgan ilmiy bilimlar, amaliy ko’nikma va malakalar, faoliyat hamda fikrlash usullarining tizimi.

Tashkil etish – didaktik jarayonni aniq mezonlar asosida tartibga solish, qo’yilgan maqsadni amalga oshirish uchun unga zarur shaklni berish.

Shakl (yunoncha, forma - tashqi ko’rinishi, qobig’i) – o’quv jarayonining mavjudligini ta’minlovchi usul, uning ichki mantig’i, mohiyati va mazmuni uchun qobig’idir. SHakl sinfdagi o’quvchilarning soni, ta’lim o’rni hamda vaqti, uni amalga oshirish tartibi va shu kabilarga bog’liq bo’ladi.

Metod (yunoncha metodos – yo’li, usuli)- ta’lim maqsadi va vazifasiga erishish (uni amalga amalga oshirish) yo’li.

Vosita - o’quv jarayonini predmetli ta’minlash (pedagogning nutqi, darslik, o’quv qo’llanmalari, ko’rsatmali qurollar, sinfdagi jihozlar, texnik vositalar, o’quv qurollari va boshqalar vosita hisoblanadi).

Natija (ta’lim mahsuli) – ta’lim nimaga erishishini qayd etuvchi tushuncha, o’quv jarayonining oqibati, belgilangan maqsadni amalga oshirish darajasi.

Didaktik nazariya (kontseptsiya)lar va ularning falsafiy asoslari. Ta’lim jarayoni psixologik-pedagogik kontseptsiyalar (ular aksariyat hollarda didaktik tizimlar ham deb ataladi) asosida tashkil etiladi.

Didaktik tizim (yunoncha systema – yaxlit, qismlarda tashkil topgan, birlashtirish) – ma’lum mezonlari bo’yicha yaxlit holatni belgilash, ajratib ko’rsatish demakdir. U ta’limning maqsadi, tamoyillari, mazmuni, shakli, metod va vositalarining birligi asosida tashkil etilgan tuzilmalarning ichki yaxlitligini ifodalaydi. Tadqiqotchilar mavjud didaktik kontseptsiya (tizim)larni umumlashtirib quyidagi guruhlarga ajratadilar:

an’anaviy;

progressiv;

zamonaviy.

Ta’lim nazariyasida Ya.A.Komenskiy, I.Pestallotsi va I.Gerbartlarning didaktik kontseptsiyalari muhim ahamiyatga ega.

An’anaviy didaktik tizimning yaratilishi nemis faylasufi, psixolog va pedagog I.F.Gerbart (1776-1841 yillar) nomi bilan bog’liq. U Ya.A.Komenskiyning sinf-dars an’anaviy tizimini tanqidiy nuqati nazardan qayta asoslab, etika va psixologiyaning nazariy yutuqlariga tayangan holda ta’lim tizimini yaratdi.

I.F.Gerbart ta’lim tizimining asosiy belgisi quyidagilardan iborat. o’quvchilarning intellektual rivojlanishini ta’minlash maktabning asosiy vazifasi; bolani tarbiyalash esa oilaning vazifasidir.

Progressiv (pedotsentrik) tizim bolaning bilim olishida faoliyatining asosiy rol` o’ynashini e’tirof etadi. Mazkur tizim asosini D.D`yui tizimi, G.Kershteynning mehnat maktabi, V.Lay nazariyalari tashkil etadi.

Zamonaviy didaktik tizim. XX asrning 50-yillarida psixolog va pedagog B.Skinner qismlarga bo’lingan axborotlarni yetkazish, bu jarayonni muntazam nazorat qilish asosida materialni o’zlashtirishda samaradorlikka erishish g’oyasini ilgari suradi. Mazkur g’oya keyinchalik dasturiy ta’lim deb ataladi. Keyinchalik N.Krauder nazorat natijalariga qarab o’quvchiga mustaqil ishlash uchun turli materiallarni taklif etadigan tarmoqlashtirilgan dasturlarni yaratdi.

D.Dyuining nazariy g’oyalari muammoli ta’limning asosi bo’lib qoldi. Bugungi kunda muammoli ta’lim deb nomlanuvchi, ushbu g’oya o’qituvchi rahbarligi ostida muammoli vaziyatni yaratish va ularni hal etishda o’quvchilarning faollik va mustaqilliklarini ta’minlashga erishishni nazarda tutadi. Muammoli ta’limning vazifasi faol o’rganish jarayonini rag’batlashtirish, o’quvchilarda fikrlash, tadqiqotchilik ko’nikmalarini shakllantirishdan iboratdir.

L.V.Zankovning (1901-1977 yillar) rivojlantiruvchi ta’lim kontseptsiyasi XX asrning 50-yillarida keng tarqaldi. Uning g’oyalarini amalga oshirish ta’lim jarayoniga insonparvarlik g’oyasini singdirish, shaxsni barkamol rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga imkon beradi.

Psixolog L.S.Vo’gotskiy (1896-1934 yillar) tomonidan 30-yillarda ilgari surilgan “Yaqin rivojlanish zonasi” g’oyasi ham muhim ahamiyatga ega. Unga ko’ra bola kattalar yordamida bilim olib, o’zi mustaqil bajara olmagan ishlarni bajara boshlaydi.

O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonunida ta’lim va tarbiyani insonparvarlik, demokratik g’oyalarga muvofiq tashkil etilishi e’tirof etilgan.

Ta’limni insonparvarlashtirish ta’lim jarayonida o’quvchi shaxsini hurmat qilish, uning sha’ni, obro’si, qadr-qimmatini poymol etmaslik, mavjud iste’dodini rivojlantirishni nazarda tutadi. Demokratlashtirish esa pedagogik jarayonda rasmiyatchilikka yo’l qo’ymaslik, ta’lim dasturlarini tanlashda o’quvchilarning fikrlarini inobatga olishni ifodalaydi.

Respublika uzluksiz ta’lim tizimi ijtimoiy buyurtmani bajarishga xizmat qiladi, barkamol shaxs va yetuk mutaxassisni tarbiyalash vazifasini bajaradi.


Yüklə 37,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə