Mavzu: sotsiologiya fanining asosiy vazifalari


 Sotsiologiya fanining asosiy vazifalari



Yüklə 197,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix04.01.2022
ölçüsü197,78 Kb.
#82571
1   2   3   4
sotsiologiya-fanining-asosiy-vazifalari (1)

2. Sotsiologiya fanining asosiy vazifalari. 

 

Sotsiologiyaning jamiyat  hayoti  bilan ko’p tomonlama aloqalari 

hamda ularning ijtimoiy belgilanganligi birinchi navbatda shu  fan  

bajaradigan funktsiyalar bilan bog’liqdir. 




                                       

1.Ularning ichida eng ahamiyatlilaridan biri bilim to’plash 

funktsiyasidir. Bu  funktsiya ijtimoiy rivojlanishning qonuniyatlari,  turli 

sotsial hodisa va jarayonlarning  o’zgarish tendentsiyasi haqida hamda 

sotsial tadqiqotlar o’tkazish  metodlari  va  metodologiyasini 

mukammallashtirish bilan bog’liq yangi bilim yaratadi va nazariy 

sotsiologiyani yanada boyitadi. 

      2.Sotsiolog  olimlarning turli xil sotsial hodisa 

 va jarayonlarni 

boshqarish samarasini oshirish bilan bog’liq tavsiya va takliflar 

sotsiologiyaning amaliy funktsiyasini tashkil qiladi. Jamiyatni ilmiy 

asosda boshqarish sotsiologiyaning aynan amaliy funktsiyasi bilan 

chambarchas bog’liqdir. 

3. Bilim  to’plash va amaliy funktsiyasi bilan bir qatorda   sotsiologiya  

mafkuraviy funktsiyani ham bajaradi.  

 Bu   funktsiya  birinchi 

navbatda tarixiy jarayonni  o’rganish, hamda 

jamiyat taraqqiyotining istiqbolini, yaqin kelajakdagi rivojlanish  

maqsadlarini belgilab berishga qaratilgan. 

SHuningdek bu funktsiyaning mohiyati boshqa ilmiy va mafkuraviy  

kontseptsiyalar bilan munozara qilish, milliy mafkurani aholi orasida 

tarqatish orqali ham namoyon bo’ladi. 

    Sotsiologiya mustaqil ijtimoiy fan sifatida o’z metodologiyasi va 

nazariyasiga egadir. Sotsiologiya fani umuminsoniy va milliy  qadriyatlar 

mutanosibligiga tayanuvchi metodologiya asosida ish yuritadi. 

     Sotsiologik  tadqiqotlar metodologiyasi mazmunini bir jihatdan 

xalqimizning tarixiy, mahnaviy qadriyatlari sanalmish “Qurhoni Karim”, 

Hadisi Muborak, SHarqning ulug’ allomalari Forobiy, Ibn Sino, Hazrati 

Bahovuddin Naqshbandiy,  At-Termiziy,  Imom Al-Buxoriy, Amir 



Temur, Mirzo Ulugbek, Zahiriddin Muhammad Bobur, Alisher Navoiy 

va boshqa ulug’ mutafakkirlar 

asarlarida  ilgari surilgan fikrlari tashkil 

etsa, ikkinchi jihatdan, 

nazariy ildizlarini  antik davr va progressiv  

G’arb falsafasining buyuk  namoyondalari  asarlarida ilgari surilgan 

tadrijiy taraqqiyot qonunlarini ifodalovchi umuminsoniy nazariyalar 

tashkil etadi.  Ayni chog’da mazkur fan metodologiyasining muhim 

yo’nalishi sifatida inqilobiy dialektikadan  tadrijiy taraqqiyot yo’liga 

tayanib ish  yuritayotgan 

 zamonamizning ulug’ davlat arboblariga

 

qarashli fikrlar asos bo’lib xizmat qilmoqda. 



 


Yüklə 197,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə