Mavzu: “Shayboniynoma” asaridagi harbiy terminlar Reja



Yüklə 34,27 Kb.
səhifə3/4
tarix16.05.2023
ölçüsü34,27 Kb.
#110525
1   2   3   4
“Shayboniynoma” asaridagi harbiy terminlar

Ochilmish toza gul yaproq ichinda.
Tabassum qilsang ul g‘uncha labingdin
Degaysan bol tomar qaymoq ichinda
Necha kizlading, ey ra’no g‘izolim,
Meni yondurmag‘il ovloq ichinda.
Bu baytlarda chortoq ichida ko‘ringan yorning yuzi yaproq ichida yangi ochilgan gulga o‘xshatilgan, demak yor yuzi yangi ochilgan gulga, chortoq yaproqqa qiyos qilingan. Yorning tabassumi bolga, labi g‘unchaga, tishi qaymoqqa tashbeh qilingan, g‘uncha labdan taralayotgan tabassum tishlar orasiga tomayotgan bolga o‘xshatilib, badiiy tasvirning o‘ziga xos go‘zal manzarasi hosil etilgan. Keyingi baytda esa lutf bilan istiorani qo‘llab, ey qomati ra’noga o‘xshagan g‘izol (kiyik) im, qachongacha mendan yashirinasan (kizlading), meni bu ovloq ichida buncha yondirma, deydi. Bunda ey deb yorga murojaat qilish iltifot, «ra’no(tik o‘sadigan gul) g‘izolim» birikmasi esa ham o‘xshatish, ham istiora san’atini yuzaga keltirgan, «yondirmag‘il» so‘zi kuydirma va umidsizlantirma, orqaga qaytarma ma’nolarida kelib tajnis sana’ti hosil bo‘lgan. Shu g‘azaldagi:
Muxolif Vaxshni qishlab tururda,
Turush bermay turur turmoq ichinda.
Cherikning gardini ko‘rmay qochibtur,
Masaldur: «Qul qochar urmoq ichinda», - baytlarida muxolif (raqiblar) Vaxshda (Tojikistondagi daryo va joy nomi) qishlayotganda urushga tob bera olmadi, cherik (lashkar)ning gardini ko‘rmayoq «ursang qul qochadi» masalida aytilganidek qochishga tushdi, deydi shoir. Bu baytlarda Vaxsh talmeh, qishlab (qishni o‘tkazish va yashash ma’nolarida), turmoq - toqat va «turmoq» so‘zidagi «o»ni «u»ga aylantirib o‘qiganda hosil bo‘ladigan ma’no) tajnis, Cherikning gardin-istiora, «qul qochar urmoq ichinda»-irsoli masal (masal qo‘llash) «tururda, turur, turmoq» kabi o‘zakdosh so‘zlar ishtiqoq sana’ti mahsuli bo‘lib, she’rning ko‘p ma’noli va go‘zal chiqishiga munosib hissa qo‘shgan. Bu g‘azalning oxirgi bayti (maqtai) faxriya bo‘lib, unda Shaboniyga xudo g‘alaba ato qildi. Xusravni qipchoqlar ichiga quvdim, deb g‘alabasidan faxrlangan.
Shaboniyga beribtur nusratin haq,
Qovubmen Xusravi qipchoq ichinda.
Bu baytda iyhom san’ati asosida «Xusrav» so‘zi ikki-shoh va Xusravshoh ma’nosida qo‘llangan. Xusravshoh Hisor, Chag‘oniyon, Qunduz tomonlarda hukm surgan temuriylardan, Shayboniyxon unga qarshi kurashgan. «Qipchoq» so‘zi esa uch ma’noda – xalq, qiy-pichoq, ur-sur hamda daraxtning kovagi ma’nolarida kelgan. Asosan bunda Shayboniyxon Xusravshohni quvib daraxtning kavagiga kiritdim, ya’ni qochib yashirinishga majbur qildim, demoqchi ham. G‘azalning vazni hazaji musaddasi mahzuf (mafoiylun, mafoiylun fauvlun) bo‘lib Shaboniy taxallusi bilan aytilgan. Agar bunda «Shayboni» tarzida keltirsa, unda aruzning qoidasiga to‘g‘ri kelmay, vazn buzilardi. Quyidagi baytlarda esa shoir o‘z taxallusini

«Shayboniy» tarzida qo‘llagan.


Qad-qomating, ey muqriy, Shaybonig‘a hech yoqmas,
Ey soqiyi gulchehra, ko‘rsat qadu qomatni.
Haq berdi sarafrozi Shaybonig‘akim tun-kun,
Bosh uzra quyubdur ul bu toji ibodatni.
Baytlarning mazmuni, «ey qari chol, sening qadu qomating Shayboniyga hech yoqmaydi, sen, ey gulchehra soqiy, o‘z qaddu qomatingni ko‘rsat, ya’ni ey keksalik, sen ket, ey yoshlik, sen kel, yoki ey pandu nasihat, sen nariroq tur, ey kayfu safo, sen beriroq kel» kabilardan iborat.
Birinchi baytda qo‘sh iltifot (ey muqriy- qari, ey gulchehra- yosh), tazod (muqriy-gulchehra), o‘xshatish (soqiyi gulchehra), tajnis (muqriy, qarilik, pand-nasihat; Soqiyi gulchehra-yoshlik, xursandchilik), raddul ajuz alas sadr (qad-qomating-qadu qomatni) san’atlari mavjud. Ikkinchi baytda Shayboniyga xudo boshi balandlik, yuksak martaba va g‘alabalar ato etdi, shuning uchun u bu martabalar shukronasi sifatida Ollohga ibodat qilishni boshi uzra toj qilib olgan, degan ma’no bor. Bunda tajnis (Sarafrozi-boshibalandlik, martaba, obro‘y, g‘alabalar), iyhom (toji ibodat, aslida shukrona aytish, sajda qilish; bosh uzra qo‘yubdur, ya’ni, o‘ta e’tiqod bilan sig‘inish), tazod (ul-bul) san’atlarini hosil qilgan. Shayboniyxonning Hirot ahliga g‘alabadan keyin qilgan murojaatida aytilgan baytni ko‘raylik:
Qozu she’r bu Qaziyu Qo‘ziyu Qiz, Qimiz kerak,
Ey mardumoni shahri Hiri, barchamiz kerak.
Bunda «Q» va «Z» harflarini qatorasiga keltirish bilan alliteratsiya yuzaga kelgan. Ma’nosi bir-biriga yaqin «Qoz (g‘oz), Qazi, Qo‘zi, Qiz, Qimiz, Miz» kabi so‘zlarni qatorlash orqali ta’dil san’atini yaratgan. Bundan tashqari, baytda talmeh (Hiri-shahar nomi), iltifot (ey mardumoni), tajnis (barcha miz-hammamiz, barcha miz-har xil dasturxon) kabi san’atlar ham baytni bezagan. Shayboniyxonning g‘azallarida hayotdan, bevafolardan shikoyat, pand-nasihatga doir mazmunlar ham mavjud.
Shayboniyxonning hamma she’rlari ham so‘z aytish san’atining talablariga javob beravermaydi. Aytilganidek, mazmuni bo‘sh, aruz, qofiya, radif talablariga javob bermaydiganlari ham bor. Buni o‘sha davrlarrning boshqa shoirlari, jumladan, Alisher Navoiy, Lutfiy, Husayn Boyqaro, Zahiriddin Muhamamad Bobur, Bayramxon kabilarning she’rlari bilan taqqoslab bilish mumkin. Hasanxoja Nisoriy o‘z tazkirasida «Yaxshi she’rlari bor» deyish bilan bunga sal ishora ham qilgan [ 8. 20].
Shunga qaramay, Muhammad Shayboniyxon - Shayboniy O‘zbek adabiyoti tarixida o‘ziga munosib o‘rin egallashi lozim bo‘lgan shoirdir. Bu esa uning shoh, sarkarda, olim sifatidagi faoliyatiga qo‘shiladigan yana bir fazilat asosidir.

Yüklə 34,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə