Mavzu: “Shayboniynoma” asaridagi harbiy terminlar Reja



Yüklə 34,27 Kb.
səhifə2/4
tarix16.05.2023
ölçüsü34,27 Kb.
#110525
1   2   3   4
“Shayboniynoma” asaridagi harbiy terminlar

Yana bir alif birla bo‘lur ado.
Baytdagi «shahi shuhado»ning abjaddagi yig‘indisi 1221-yilni hosil etadi. Agar uni «shohi shuhado» desa yana bir alifga zarurat qolmasdi. Biroq, Shayboniyxon uni bayt holiga keltirish uchun «shoh»dan alifni olib, uni ikkinchi misra maqsadiga aylantirgan, ya’ni «soqolidan olib mo‘ylov qilgan» va bayt-she’r hosil bo‘lgan. Nisoriy keltirgan she’rlardan yana biri quyidagi mashhur tuyuqdir. Bu she’r Ubaydiyga ham nisbat beriladi:
Sug‘d ichinda o‘ltururlar yobular,
Yobularning mingan oti yobular.
Yobularning ilgidin el tinmadi ,
Yo bular qolsin bu erda, yo bular.
Tuyuqdagi birinchi misrada kelgan yobular o‘zbek urug‘laridan birining nomi, ikkinchi misradagi yobular esa hashaki ot nomi, to‘rtinchi misradagi yobular ko‘rsatish olmoshi sifatida ishlatilgan. Bu tajnis (omonim) san’ati namunasidir. Nisoriy Shayboniyxonning Hirot shayxulislomi va qozisiga yuborgan g‘azalidan ham ikki bayt keltirgan.
Shayboniyxon she’riyati diniy-ilohiy, tasavvufiy, ishqiy, harbiy mavzularda yozilgan bo‘lib, ular uning shoir sifatida an’anaviy mavzularni davom ettirganidan dalolat beradi. Ayrim she’rlari o‘zi bo‘lgan joylarning madhi va tasviriga bag‘ishlanganligini ham ko‘rsatadi. Bu jihatdan uning Samarqand ta’rifiga doir g‘azalini qayd etish mumkin:
Har kishi ketsa Samarqand shahridin nochor, kelar,
Jannatul-ma’voda ham bo‘lsa Samarqandni tilar.
Men Hirining shahrida turmoqqa bir er topmadim,
Vah Samarqandu Buxoro qayda bo‘lg‘aymu ular.
Kormonu Shodmonu, Kohliku Darg‘om suyi,
Na qilayman, ketmadi hargiz ko‘nguldin ushbular.
Kim Samarqanddek jahonda bo‘lmag‘ay xush marg‘zor,
Do‘stlar, men naylayin, ketmas ko‘nguldin sabzalar.
Bu Hirining donish ahli har necha ayb etsangiz,
Qaydakim bo‘lsa Shaboniy ul Samarqand orzular.
G‘azalning Hirot shahrida yozilganligi o‘zidan bilinib turibdi. U 1507 yil may oyida Hirotni egallagan edi. She’rda yashil bog‘lar va maysazor qirlar (xush-marg‘zor va sabzalar) haqida gap ketgani uchun, g‘azal o‘sha yili may oylarida yozilganligini sezish mumkin. Shayboniyxon dong‘i ketgan, Sulton Husayn Boyqaro va Mir Alisher Navoiylar obod qilgan Hirotni Samarqand bilan go‘yo taqqoslab, Samarqandni ulug‘laydi. Shoir Samarqandni xuddi Mir Alisher Navoiydek jannatga o‘xshatadi. Hozir asl ma’nosiga yetarli e’tibor bermay, bir og‘izdan «jannatmakon» deb yuritilayotgan bu shaharni Alisher Navoiy firdavsmonand (firdavs-sakkiz jannatning biri), ya’ni Firdavsga o‘xshagan desa, Shayboniy uni «Jannatul-ma’vo», ya’ni jannatga o‘xshagan manzil, yashash joyi, deb ta’riflagan. Shayboniyxon o‘xshatish bilan birga mubolag‘a san’atini ham qo‘llab, jannatda yashayotgan odam ham Samarqandni orzu qiladi, degan chiroyli mazmun-ma’noni ifodalagan. She’rdagi «Kormonu Shodmonu Kohliku Darg‘om suyi» misrasidagi nomlardan ayrimlari yoki noto‘g‘ri o‘qilgan, yoki xato yozilgan. Jumladan», Kohlik emas, Ko‘hak (Zarafshon) suvi nazarda tutilgan bo‘lsa ajab emas. Shoir oxirgi baytda iltifot qilib, Hirot donishmandlariga murojaat etgan va qaerda bo‘lmasin, Samarqandni orzu qilajagini bildirib, vatanparvarlik tuyg‘ularini bayon etgan.
Shayboniyxon she’rlari xalq tiliga ancha yaqin turkona tilda aytilgan. Lekin ularning hammasi ham yuqori badiiy san’atkorlik bilan yaratilmagan. Jumladan, ushbu g‘azalda ham ma’no durust bo‘lgani bilan qofiya tanlashda, vaznda qusurlar bor. Uning kelar, tilar, ushbular, sabzalar, orzular kabi so‘zlarni qofiya uchun tanlagani muvaffaqiyatli chiqmagan, ya’ni o‘zak so‘zlar qofiya qilinmagan (masalan, kel, tila, u , sabza, orzu kabilar qofiyadosh so‘zlar emas, qo‘shimcha yoki ko‘plik belgisi «ular» qofiya bo‘la olmaydi). G‘azal ramal bahrida yozilganga o‘xshaydi, ammo misralar ramalning biron bir tarmog‘iga to‘g‘ri kelmaydi. Shartli ravishda uning vazni ramali musammani mahzuf (foilotun foilotun foilotun foilun) deb belgilash mumkin. Shayboniyxonning husn ta’rifiga bag‘ishlangan oshiqona g‘azallari ham anchagina. Ularda shoir go‘zallarning qaddu qomati, yuzidagi husn alomatlarini o‘ziga xos tashbih, mubolag‘a va istioralar bilan ifodalashga muvaffaq bo‘lgan. Jumladan, quyidagi baytlar bunga misol bo‘la oladi:
Yuzingni ko‘rdum ul chortoq ichinda

Yüklə 34,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə