Mavzu: shaxsning hissiy va irodaviy sohasi reja



Yüklə 414 Kb.
səhifə1/42
tarix31.03.2023
ölçüsü414 Kb.
#103857
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
UMUM YANGI


Mavzu: SHAXSNING HISSIY VA IRODAVIY SOHASI
Reja:
1.Emotsiya haqida tushuncha. Hissiy xolatlarning nerv-fiziologik asoslari.
2. Emotsiya nazariyalari (Djeyms-Lang, Kennon-Bard, S.Shaxtyor, D.Zinger). Qarama-qarshi emotsiyalar nazariyasi (R.Salomon bo‘yicha).
3.Psixik holat turlari. Stress tushunchasi va psixik zo‘riqish va uni boshqarish.
4.Frustratsiya va bezovtalik emotsional holat sifatida.
5.Iroda haqida tushuncha. Irodaviy faoliyatning umumiy xususiyatlari.
6. Irodaning nerv-fiziologik asoslari.
7. Irodaviy akt va uning tuzilishi. Shaxsning irodaviy sifatlari.
TAYANCH TUSHUNCHALAR:
Hissiyot - tuyg’ularimizni o’ziga xos aks ettirish jarayoni bo’lib, bunda narsa va hodisalarni aks ettirish jarayonida bizda tug’iladigan ichki kechinmalar va munosabatlar ifodalanadi.
Emotsiya shaxsning voqelikka o’z munosabatini his qilishidan kelib chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog’liq bo’lgan yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalaridir.
Affekt– sub’ekt uchun dolzarb bo‘lgan hayotiy sharoitlarining keskin va kutilmaganda o‘zgarishi bilan bog‘liq ravishda paydo bo‘ladigan va aniq ifodalangan harakatli visseral (ichki organik) namoyon bo‘lish birga kuzatiladigan kuchli va nisbatan qisqa muddatli emotsional holat.
Kayfiyat– bu u yoki bu emotsiyalarning barqaror kechinmasi. Uzoq davom etuvchi, hulq-atvorni bezovchi emotsional holat.
Stress– inson organizmini haddan tashqari zo‘riqish natijasida paydo bo‘ladigan tanglik jarayonidir.
Maqsad - kishining shu paytda ma’qul yoki zarur deb topgan ish harakatini tasavvur etish.
Tilak - maqsad va uni hosil qiluvchi motiv aniq anglangan holatida maqsadga intilish.
Mustaqillik – bevosita tashabbuskorlik bilan bog’liq bo’lgan iroda xususiyati.

Emotsiya haqida tushuncha. Hissiy xolatlarning nerv-fiziologik asoslari.
.

Odam tashqi muhitdagi turli-tuman narsa va hodisalarni idrok qilar ekan, hech vaqt bu narsalarga batamom befarq bo‘lmaydi. Odamning aks ettirish jarayoni doimo faol xarakterga egadir. Aks ettirish jarayoni quyidagilarni qamrab oladi:


a) shaxsning ehtiyojni qondirish imkoniyatiga egaligini;
b) qondirishga yordam beradigan yoki qarshilik ko‘rsatadigan ob’ektlarga sub’ekt sifatida qatnashishi;
v) uni harakat qildiruvchi bilimga intiltiruvchi munosabatlar va hokazo.
Chunki odam atrofidagi har turli narsalarni idrok qilib aks ettirar ekan, bu narsalarga nisbatan ma’lum munosabatda bo‘ladi. Masalan, bizga ayrim narsalar yoqsa, ya’ni kayfiyatimizni ko‘tarib yuborsa, boshqa bir narsalar yoqmaydi va kayfiyatimizni buzib, dilimizni xira qiladi. Ba’zi bir ovqatni odam juda ham yoqtiradi, boshqa bir ovqatni esa mutlaqo ko‘rgisi kelmaydi yoki ayrim odamlar bizga xush keladi yoki boshqa bir odamlar esa noxush keladi. Umuman odam atrofidagi hamma narsalarga nisbatan munosabatda bo‘ladi va uning munosabatlari ham aks ettiriladi.
Kishilar idrok qilayotgan, ko‘rayotgan, eshitayotgan, bajarayotgan, o‘ylayotgan, orzu qiladigan narsalarga befarq bo‘lmaydilar. Bir xil predmetlar, shaxslar, xarakterlar, voqealar bizni quvontiradi, boshqalari xafa qiladi yana boshqalari g‘azab, nafratimizni uyg‘otadi. Biz xavf ostida qolganimizda qo‘rquvni his qilamiz, dushman ustidan g‘alaba qozonish yoki qiyinchilikni engish zavq uyg‘otadi.
Hissiyot bizning tuyg‘ularimizning o‘ziga xos aks ettirish jarayoni bo‘lib, bunda narsa va hodisalarni aks ettirish jarayonida bizda tug‘iladigan ichki kechinmalar va munosabatlar aks ettiriladi. Demak, hissiyotlar o‘z- o‘zidan yuzaga kelmasdan, tashqi olamdagi narsa va hodisalarning ta’siri bilan bog‘liq ravishda yuzaga keladi.

Yüklə 414 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə