Mavzu: Sezgi psixofizikasi. R e j a : Sezgi pog’onalari va analizatorlarning sezgirligi. Psixofizika va uning muammolari. Sezgirlikning mutloq chegarasini aniqlash metodlari. Farq qilish chegarasini aniqlash metodlari



Yüklə 84,08 Kb.
səhifə4/4
tarix11.12.2023
ölçüsü84,08 Kb.
#144332
1   2   3   4
sezgi 2 mavzu eksperimental

psixofizik qonun nomi bilan yuritiladigan qonun quyidagicha izohlanadi. Sezgining jadalligi qo’zg’atuvchi kuchining logarifmiga proporsionaldir. Boshqacha qilib aytganda, qo’zg’atuvchining kuchi geometrik progressiya yo’li bilan osha borgan taqdirda sezgilarning jadalligi arifmetik progressiya yo’li bilan oshadi. Bu qonun Veber - Fexner qonuni ham deb ataladi
  • Psixofizika umumiy psixologiyaning klassik bo`limlaridan biri bo`lib, uning asoschisi Gustav Teodor Fexner (1801-1887) hisoblanadi. Psixofizikaning o`ziga xos tomoni. Kuzatilayotgan hatti-harakat va ruhiy holatlar eng avvalo ularni vujudga keltirgan turli fizik (tabiiy) sharoitlar orqali tushuntiriladi. Ayniqsa, sensor va pertseptiv faoliyatini psixofizik o`rganilishi yaxshi rivojlangan bo`lib tadqiqotlar 2 xil yo`nalishda 1-sezgirlik chegaralarini o`rganish: 2-psixofizik shkalalar tuzish; tarzida tashkil etiladi.
  • Psixofizik muammo keng ma`noda birinchidan, psixikaning tabiatdagi o`rni, tor ma`noda esa psixologik va fiziologik jarayonlarning o`zaro nisbatidir. Ikkinchidan, psixofizika muammosini psixofiziologik muammo, deb atash mumkin. Psixofizik muammolar - XVII asrda R.Dekart jonli organizmlarning xulq-atvorini mexanik o`zaro ta`sir sifatida qarash kerakligi haqidagi g`oyani ilgari so`rgandan so`ng, ayniqsa, dolzarb bo`lib qoldi.
  • Bu g`oyaga ko`ra ongning tushuntirish qiyin bo`lgan aktlari jismsiz fazoviy bo`lmagan substantsiyaga kiritilgan. Bu substantsiyaning “tana mashinasi” ishiga munosabati R.Dekartni psixofizik o`zaro ta`sir kontseptsiyasini ilgari surishga undadi, ya`ni tana faqat harakat qiladi, jon faqat fikrlaydi, ular miyaning muayyan qismida bir-biriga ta`sir etadi.
  • T.Gobbs va B.Spinoza bu g`oyaga qarshi chiqib, o`z qarashlarini ilgari surishgan. Gobbs, sezgini moddiy jarayonlarning yordamchi predmeti, deb qarasa, Spinoza g`oyalar tartibi, xuddi buyumlar tartibiga o`xshaydi, deb ko`rsatadi. G.V.Leybnits, mexanistik qarash bilan psixikani noyob mohiyat, deb qarashni bir-biriga aralashtirgan holda psixofizik parallelizm g`oyasini ilgari surdi. Uning fikricha tana va jon o`z operatsiyalarini bir-biriga bog`liq bo`lmagan holda bajaradi, lekin ular o`rtasida nihoyatda nozik kelishuvchanlik mavjud. Ular bir-biriga bog`liq bo`lmay yurayotgan, lekin bir vaqtni ko`rsatayotgan ikkita soat strelkasiga o`xshaydi.
  • X1X asrning oxiri XX asr boshlarida psixofizik muammoni mexanizm yo`nalishida talqin qilish keng avj oldi. Bu oqim jon va tanani bir xil elementdan tashkil topgan, deb hisoblaydi.
  • Sezgirlikning absolyut chegarasini aniqlash maqsadida doimiy qo`zg`atuvchilar yoki konstant metodidan ham foydalaniladi. Bu metodni boshlashdan avval chegara zonasining diapazonini aniqlab olish kerak. CHegara zonasi, tekshiriluvchi qo`zg`atuvchini sezadigan yoki sezmay qoladigan intensivligi zonasidir. Bu zona teng bir-xil toq bo`lgan intervallarga bo`linib olinadi. (5 dan 9 gacha). SHuning uchun ham qo`zg`atuvchilarning barcha kuchlari o`rtasidagi farq doimo bir xildir.

Yüklə 84,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə