Mavzu: sezgi a’zolarining morfofunksional xususiyatlari


ESHITUV ANALIZATORINING O’TKAZUVCHI YO’LLARI VA MARKAZLARI



Yüklə 12,74 Kb.
səhifə4/5
tarix30.12.2023
ölçüsü12,74 Kb.
#165698
1   2   3   4   5
Maftuna

ESHITUV ANALIZATORINING O’TKAZUVCHI YO’LLARI VA MARKAZLARI

Eshituv nervining birlamchi afferent tolalari ikki qismga bo’linadi, Tolaning bir qismi ventral koxlear yadroga ikkinchisi dorsal koxlear yadroga yo’l oladi. Ventral yadrodan boshlanadigan tolalar o’sha va qarama-qarshi tomondagi olivar tizimiga o’tadi. Demak, olivalar tizimi ikkala quloqdan afferent tolalar oladi. Bu tizimdagi neyronlar ikkala quloqdan kelgan impulslarni solishtirib ko’rib, tovush manbaining qayerdaligini aniqlaydi. Dorsal koxlear yo’l (dorsal koxlear yadrodan boshlanuvchi tolalar) qarama-qarshi tomonga o’tib, lateral sirtmoq yadrosida to’rt tepalikning keyingi dumboqlariga bog’langan neyronlar bilan sinapslar hosil qiladi. Bu markazlardan eshituv yo’li medial tizza tana orqali bosh miyaning chakka pushtasida joylashgan birlamchi eshituv po’stloqqa yetib boradi. Birlamchi eshituv soha yonida eshituv tizimining ikkilamchi po’stloq soxasi joylashgan. Bu sohalarni shikastlanishi nutqni tushunish, tovush kelgan tomonni aniqlashni, tovush signallar davomini baholashni qiyinlashtiradi.

NOSISEPTIV SEZUVCHANLIK VA UNING MOHIYATI

NOSISEPTIV SEZUVCHANLIK VA UNING MOHIYATI

Og’riq retseptorlari. Og’riq retseptorlarining boshqa retseptorlarda farqi shundaki, ularni adekvat tasirlovchisi yo’h. Og’riq yoki notsiotseptiv sezgini o’ta kuchli ta'sirotlarining hammasi paydo qilishi mumkin. Haddan tashqari kuchli ta’surotlar to’qimalarni shikastlaydi, ular paydo qilgan ogriq xavf-xatardan darak. berib himoya reflekslarini vujudga keltiradi, organizmni shikalstlovchi ta`sirotdan saqlaydi. Og’riq ko’pgina kasalliklarning dastlabki belgisi bo’lib,kasallikni aniqlashdaa va davolashda shifokorga katta yordam beradi.

  • VISSERAL ANALIZATOR VA UNING MOHIYATI
  • Ichki a`zolar faoliyatida va ichki muhitda haar qanday turli o’zgarishlar sodir bo’ladi. Bu o’zgarishlar reflektor yo’l bilan javob reaktsiyalaryni paydo qiladi. Ichki a`zolar faoliyatini reflektor bilan boshqarishda va ichki muhit barqarorligini saqlashda ichki a`zolar retseptorlarining (vistseroretseptorlarning) ahamiyati juda katta. '
  • Vistseroretseptorlar organizmda keng tarqalgan. UlarnI tekshirish uchun bir a`zoning retseptorlariga ta`sir qilib, boshqa a`zolar faoliyatidagi o’zgarishlar kuzatiladi, bu retseptorlarga aloqador afferent tolalardagi impulslar va MNT elektr faolligi qayd qilinadi.

Yüklə 12,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə