Mavzu: Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari saqlash omborlarida yong‘inga qarshi tadbirlar


Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari saqlash omborlarida yong‘inga qarshi tadbirlar



Yüklə 1,61 Mb.
səhifə2/8
tarix04.05.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#108242
1   2   3   4   5   6   7   8
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari saqlash omborlarida yong‘inga qarshi tadbirlar

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari saqlash omborlarida yong‘inga qarshi tadbirlar
1. G‘alla yig‘im-terimi davrida yong‘inga qarshi tadbirlar
G‘alla yig‘im-terimi davrida yong‘inga qarshi tadbirlar "Типовые правила пожарной безопасности для объектов селхозяйственного производства" hujjati talablari asosida amalga oshiriladi. "Типовые правила пожарной безопасности для объектов селхозяйственного производства"dan ko‘chirmalar.
G‘alla hosilini yig‘im-terimida yong‘in xavfsizligi.
1. Avtoulov, traktorlar va boshqa mashinalarga yoqilg‘i tarqatish kolonkalari orqali quyilishi lozim. Yoqilg‘i quyish davrida to‘kilgan suyuqliklar tozalanishi, to‘kilgan joy esa qum yoki tuproq bilan bostirib qo‘yilishi lozim.
2. Dala sharoitida neft mahsulotlari quruq o‘t, yonuvchan chiqindidan (axlatdan) tozalangan va atrofi 4 m dan kam bo‘lmagan kenglikda shudgorlangan maxsus maydonlarda yoki haydalgan yerda xirmondan, xashak va somon buntidan, g‘alla maydonidan 100 m dan kam bo‘lmagan masofada va boshqa binolardan 50 m dan kam bo‘lmagan masofada saqlanishi zarur.
3. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar ochiq omborlarni, yer sathi unga qo‘shni bo‘lgan ishlab chiqarish binolari va aholi yashash joylari yer sathidan past bo‘lgan maydonlarda joylashtirish lozim. Bu maydonlar avariya holatlarida suyuqlik tarqalishiga to‘sqinlik qiluvchi o‘rama devorga ega bo‘lishi lozim.
4. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar omborlari, nasos, tarqatish va yordamchi xonalar bitta xonada joylashtirilganda bu xonalar bir-biridan ajratilgan bo‘lishi kerak.
5. Havza (rezervuar)larni yashin va statistik elektr razradlaridan saqlash maqsadida, ular ishga yaroqli holda yashin qaytargich va yerga ulash qurilmalari bilan jihozlanishi zarur. Bir yilda bir marotaba yozda yer quruqligida bu qurilmalarning elektr qarshiligi tekshirib turilishi lozim.
6. Har yili hosil yig‘im-terimidan oldin g‘alla omborlari va g‘alla quritgichlarni Har bir qishloq xo‘jaligi korxonasida tashkil qilinadigan maxsus hay’at (komissiya) tomonidan tekshirilishi lozim. Hay’at tomonidan obyektning Yong‘inga qarshi holati bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar quritish va g‘alla qabul qilish mavsumi boshlanguncha bartaraf etilishi lozim.



Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə