Mavzu: psixologik diagnostika faoliyatini talablari va vazifalari



Yüklə 26,79 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü26,79 Kb.
#143933
sherali



OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI “PSIXOLOGIYA VA IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI SAP-2-19- GURUH “TA’LIM MUASSASALARIDA PSIXOLOGIK XIZMAT” FANI

MAVZU: PSIXOLOGIK DIAGNOSTIKA FAOLIYATINI TALABLARI VA VAZIFALARI

MUSTAQIL TA’LIM ISHI
Tekshirdi: Ibragimova. Sh
Bajardi: Mambetqulov. Sh

MAVZU: PSIXOLOGIK DIAGNOSTIKA FAOLIYATINI TALABLARI VA VAZIFALARI
Maktabgacha ta'lim muassasasi, um um ta'lim maktablaridagi o‘quv-tarbiya jarayoni bolalaring qobiliyati va layoqatlarini har tomonlama rivojlantirishga, ular shaxsini shakllantirishga qaratilgan. Pedagogik jarayonning mahsuldorligi pedagogning o‘z o‘quvchilarini yaxshi bilishiga, ta'lim va tarbiyaning xilma-xil metodlarini qo’llashiga bog’liq. Albatta, pedagogika fan sifatida tarbiyachiga pedagogik psixologiya sohasidagi tayyor «retseptlar»ni bera olmaydi. Bunday ko‘nikmalar bolalar bilan bevosita muloqot jarayonida, ular xulq-atvorining motivlarini, hissiy-shaxsiy xususiyatlarini tahlil qilish mobaynida egallanadi. Bu haqida mashhur rus pedagogi K.D.Ushinskiy quyidagicha yozgan edi: «Biz unday yoki bunday qiling deb tushuncha bermaymiz. Biz ularga: Siz boshqarmoqchi bo‘lgan psixik hodisalarning qonuniyatlarini o‘rganing va ularga mos ravishda harakat qiling deymiz». Lekin tarbiyachilar bolalar psixologiyasi bo’yicha bilimlarni juda kam qo‘llaydilar, asosan o‘quvchilar o‘zlashtirmaganlarida, taraqqiyotdan chetlashish yoxud buzilishlar sodir bo'lgandagina foydalanishga harakat qiladilar. Bolalarning bunday holatlari chegara holatlari sifatida, psixik taraqqiyot kamchiligi o'laroq shaxs aktsentuatsiyasining turli ko’rinishi sifatida tasniflanishi mumkin. Ularni aniqlash uchun bolalar psixologiyasi, klinik patopsixologiya va psixiatriya kabi sohalardagi bilimlar talab qilinadi. Bundan tashqari tarbiyachi bolalar psixologiyasining akseleratsiya (tez yetilish), pedagogik qarovsizlik kabi muammolarini hal qilishiga to‘g‘ri keladi. O‘qituvchi ta'lim va tarbiyadagi qiyinchiliklar nega va qanday paydo bo'lishini tushunishi uchun, avvalo bola psixik taraqqiyotining asosiy qonuniyatlarini bilishi va turli psixik holatlarning psixologik diagnostika metodlarini egallashi zarur. O’qituvchi bolalar bilan ishlashda psixodiagnostik tadqiqot doimiy kuzatish jarayonida olingan natijalardan qanchalik to‘g’ri foydalana olishi ham muhim hisoblanadi. Tajribaga asoslangan psixologik diagnostika fan sifatida XIX asr oxirida vujudga keldi. Xuddi shu davrda psixologiyada o’lchash g'oyasi keng tarqaldi. Psixodiagnostikaning mustaqil fan sohasiga aylanishi olimlarning insonlar psixikasidagi individual farqlarga qiziqishining ortishi bilan bog’liq. Psixodiagnostika psixologik diagnoz qo‘yish haqidagi fandir. Bunda diagnoz ko‘rsatkich va tavsifnomalarni birgalikda tahlil qilish asosida sinaluvchining holati va xususiyatlari haqidagi xulosalardan iborat. Psixologik diagnoz (diagnosis - grekcha, aniqlash, bilish degan tna'noni anglatadi) shaxs individual - psixologik xususiyatlarining hozirgi holatiga baho berish, rivojlanishini oldindan aytish (prognoz qilish) va psixodiagnostik tekshiruv vazifalaridan kelib chiqib, tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan psixolog faoliyatining so‘nggi natijasidir. Psixodiagnostik tadqiqotlar amaliyotida psixologik diagnoz qo'yishning 3 bosqichi farqlanadi: Simptomatik diagnozda mavjud har qanday EHM bajarishi mumkin bo’lgan tadqiqotda olingan natijalar qayta ishlanadi. Etiologik diagnozda (kelib chiqish sabablari) biror xususiyatning mavjudligigina emas balki uning vujudga kelish sabablari ham hisobga olinadi. Tipologik diagnozda sinaluvchi shaxs tuzilishida olingan natijalamirvg ahamiyati va o’rni aniqlanadi.
Psixodiagnostik tadqiqotlarning vazifalari va xususiyatlari Bolalarni psixodiagnostik tadqiq qilish yosh xususiyatlariga, u yoki bu yosh davri uchun yetakchi faoliyat turining ta'siriga, individual tipologik tavsifnomalarning taraqqiyot darajasiga bog'liq ravishda ba'zi xususiyatlarga ega. Bola taraqqiyotining har bir yosh davri bolalar bilan ishlashning usullari va metodlarini, eksperimental tadqiqotning o’z maqsadlari va vazifalarini talab qiladi. Kichik yoshdagi bolalarni psixodiagnostik tekshiruv yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyaning sohasi hisoblanadi. Olingan natijalar yordamchi xarakterga ega bo’lib, pedagog tomonidan bola psixik taraqqiyoti xususiyatlarini aniqlashda qo‘llaniladi. Bunda ta'lim va tarbiya dasturi, turli hayotiy sharoitlarda (faoliyatda, muloqotda va boshqalarda) shaxs xulq-atvori xarakteristikalarini tuzishda hisobga olinadi. Eksperimental tadqiqotdan olingan natijalar oilada, bog'chada, maktab va boshqa jamoat joylarida individual va guruhiy tarbiyaviy-pedagogik tadbirlar sxemasi tuzishda foydalanilishi mumkin. O‘qituvchi o‘z ishida doimo bolalar psixofiziologik masalalari bilan to'qnashadi. Uni vaqtinchalik natijalargina emas (masalan, chorakning oxiriga kelib o‘quvchilarning o‘zlashtirishi kabi), balki u yoki bu jismoniy va ruhiy sifatlarning rivojlanish istiqbollarini aytib beradigan natijalar qiziqtiradi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida boshlang‘ich sinflarda psixodiagnostik tadqiqotlar quyidagi vazifalarni hal qiladi:
1.Diagnostika uchun zarur ma'lumotlarni olish. Bunda bola psixik holati va shaxsi xususiyatlarining ba'zi belgilarining ko‘rinishini o‘rganish maqsadida tadqiqot olib boriladi. Tadqiqotda olingan ma’lumotlar yordamchi xarakterga ega bo’lib, bola xulq-atvorining haqiqiy xususiyatlari uning psixik funksiyalari taraqqiyot darajasi bilan taqqoslashda namoyon bo’ladi. Masalan: darsda bola diqqatining barqaror emasligi, diqqatini bir joyga to‘plashga qiynalishi, aqliy ish qobiliyatining pastligi, tez chalg'ishi va boshqalar bilan ajralib turadi. Lekin xulq-atvorning ko'rsatilgan belgilari bola xulq-atvori ehtiyojlari va motivlari ierarxiyasining (bosqichma-bosqich) o'zgarishi natijasi bo’lishi mumkin. Bunda o’qituvchi shaxs normal holati ko'rinishlaridan biriga miya yetishmovchiligining funksional belgilariga duch keladi. Ikkala holatda ham u yoki bu o'quvchining o ‘zlashtirishi va intizomi pasayishi tashqaridan sezilsa-da, psixodiagnostik tadqiqotlarda o'rganilayotgan o‘zgarishlar manbalari, rivojlanishi va kelgusida qanday bo’lishi psixologik holat belgilari ham o'rganiladi. Psixodiagnostik tadqiqotlar bola psixik funksiyalari rivojlanish darajasining, aqliy taraqqiyot darajasi, yosh va ma'lumot bilan o'zaro bog’liqligini o‘rganish uchun ham o‘tkaziladi. Bu tadqiqotlar bolada ma'lum qiziqishlar, amaliy malakalar va kasb tanlash payti kelganda juda muhimdir.
2.Psixik taraqqiyot o ‘zgarishini o ‘rganish uchun zarur ma'lumotlarni to’plash . Agar «ko‘ndalang kesim » metodlari orqali psixodiagnostik tadqiqot ma’lum bosqichda bola psixik taraqqiyoti darajasini, ya’ni psixik funksiyalar rivojlanishining dolzarb zonasini aniqlaydigan bo‘lsa, «uzunasiga kesim» (longityud) psixodiagnostik tadqiqotlarida bola psixik taraqqiyoti xususiyatlari rivojlanishda, ya'ni ta’lim va tarbiya jarayonida o‘rganiladi. O‘yin va o‘qish faoliyatida juda ko‘p marta o‘tkazilgan eksperimental-psixologik tadqiqotlar bola shaxsining shakllanishi va rivojlanishiga muayyan faoliyatning ta'sir ko’rsatkichi bo‘lishi mumkin. Bolada o‘tkazilgan psixodiagnostik tadqiqotlar muhim prognostik ahamiyatga ega, chunki qo‘llanilgan m etodlarning o ‘quv-tarbiyaviy ta'sirini hisobga oigan holda shaxs rivojlanishi istiqbollarini aniqlash imkoni yaratiladi. 3.Aqliy zaiflik darajasini yoki boshdan kechirgan kasallik tufayli psixik kam chiliklam i aniqlashga qaratilgan psixodiagnostik tadqiqotlar - m axsus yordamchi maktabda o ‘qishi haqida masala hal boiayotganida tibbiy pedagogik hay'at (komissiya) yordamidan foydalanish m um kin. 4.Bolalarda paydo b o ig a n etarlicha o ‘rganilmagan yangi psixik holatlami tahlil qilish uchun ilmiy m aqsadda psixologik tadqiqot o ‘tkazish. Vazifa bunday k o ‘yilganda tadqiqotchini qiziqtirgan masala bo'yicha katta guruhlarda tadqiqotlar o ‘tkaziladi. Bu erda olingan natijalam ing statistik ishonchliligi muhim ahamiyat kasb etadi. 1.2. Psixodiagnostika tarixi Psixologik diagnostika fan sifatida XiX asr oxirida eksperimental asosda vujudga keldi. Psixologik diagnostikaning www.ziyouz.com kutubxonasi vujudga kelishida F.Galton (1879); J.Cattell (1890); H.Ebbinghaus (1891); A.Binet va V.Henri (1896); A.Binet va Tb.Sim on (1905) lam ing ishlari katta aham iyatga ega bo'ldi. Bu tadqiqotlarda individual farqlarni o ‘rganishning yangi statistikaga asoslangan quroli - test ishlatila boshlagan. Psixologiyada ilk bor psixometrik yo'nalish asoschisi F.Galton testlar yaratgan. Dastlabki test aqlni o‘lchash metodi sifatida qo‘llanildi, keyinchalik esa undan shaxsni uning reaksiyalarini o'rganishda foydalanila boshlandi. Psixodiagnostikada yangi metodlami ishlab chiqish psixiatrik shifoxonalarning ehtiyojlari tufayli kuchaytirildi. Keyinchalik esa kasb tanlash ishlari bilan bog‘liq psixotexnikaning taraqqiyoti bilan yanada rivojlantirildi. Psixologik diagnostika fan sifatida 1920-yillarda keng shakllana bordi. Shveytsariyalik psixolog va psixiatr H.Rorschach (1921 )ning «Psixodiagnostika» asari nashr etilishi bilan psixodiagnostikaga asos solindi. Psixodiagnostika tushunchasi individni o‘rganadigan barcha metodlar majmuini o’z ichiga oladi. Bu kitob nashr etilishi bilan psixologik diagnostika taraqqiyotida yangi davr boshlandi, u psixometriyadagi shaxsni o'rganish yangi metodlari bo'lish proektiv metodlar bilan bog‘langan edi. Proektiv psixologiya bir butun shaxsni o‘rganish mumkin emas, deb talqin qiluvchi psixometrik nuqtai nazar va bixeviorizmga qarshi e’tiroz bildiruvchi fan sifatida rivojlana boshladi. Keyinchalik psixodiagnostikada yangi metodlar yaratilishi bilan birga birlashtirilgan (kombinatsiya qilingan) testlar qo’llanila boshlandi. Masalan, aqlni o ‘rganish metodlari orasida amerikalik psixolog D.Wechsler(1939, 1955)ning subtestlari keng tarqaldi. Yangi proektiv metodlar ham yaratilib, keng foydalanila boshlandi. (Amerikalik psixolog G.Murray (1935, 1943)ning Tematik Appertseptsion Testi (TAT), nemis psixologi S.Rosenswegning frustratsiyaga bo'lgan reaktsiyani o'rganish bo’yicha testi va boshqalar.) Shaxsiy savolnomalar (MMRI, 16 PF) keng tarqaldi. Rus psixologiyasida diagnostik metodlardan foydalanish o’z tarixiga ega. Bu jarayonda shartli ravishda 2 bosqichni ajratish mumkin. Birinchi bosqich o'tgan asr 20-yillarining boshidan 30 yillar o'rtasigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrda pedagogika va psixotexnikada test metodlari keng tarqaldi. Bunga bog’liq ravishda pedalogiya - bola haqidagi fan rivojlana boshlandi. Uning predmeti — bolalar hayotini o‘rganish irsiyatning rolini, jismoniy va ma'naviy taraqqiyot qonunlarini aniqlash, bolalar psixikasida kasallik ko'rinishlarini o'rganishdan iborat (K.N.Kornilov, 1917). Bu davrda psixologik diagnostikaning rivojlanishiga M .S.Bemshteyn, L.S.Vigotskiy, P.P.BIonskiy, S.G.Gellershteyn, N.D.Levitov, G.L.Rossolimo, P.X Shpilreyn, A.M .Shubert va boshqalar katta hissa qo‘shdilar. Olimlar tomonidan ilgari surilgan qator ilg‘or fikrlar keyinchalik rivojlantirilmadi, chunki 1936 yildan keyin bu sohadagi barcha tadqiqotlar to‘xtatildi va psixodiagnostikaning keyingi rivojlanishiga jiddiy to ‘siq yuzaga keldi. Mashhur rus psixologi L.S.Vigotskiy shaxs psixik taraqqiyoti xususiyatlarini o‘rganishga muhim hissa qo'shdi. Uning ta'limoti insonga xos bo‘lgan psixik jarayonlar va inson ongining tarixiy rivojlanishiga bag‘ishlandi. Uning fikricha, bolalar psixik taraqqiyoti insoniyat madaniyatini o‘zlashtirishi natijasida ro‘y beradi. Bunda shaxs shakllanishida ta'lim va tarbiya jarayonlari yetakchi rol o'ynaydi. Psixodiagnostikaning rivojlanishidagi ikkinchi bosqich 50 - 60- yillarga to’g’ri keladi. Bu davrda aqliy taraqqiyotni o'rganishga katta e'tibor berildi. Jumladan, A.A.Lyublinskaya tadqiqotlarida nutq va uning funktsiyalarining rivojlanish xususiyatlari o‘rganilgan. A.R.Luriya rahbarligida faoliyatni boshqarishda nutqning roli o'rganildi. A .N .Leontev va A.V.Zaporojets rahbarligida asosiy psixik jarayonlarning rivojlanishida faoliyatning roli o‘rganilgan. D.B.Elkonin rahbarligida nutqning rivojlanishi va bog'cha davrida o'yinning etakchi faoliyat turi sifatidagi roli aniqlandi. Bu tadqiqotlardan olingan natijalar bolalar uchun ta'lim va tarbiya dasturlarini tuzishda asos bo’lib xizmat qildi. Rus psixologlari tomonidan ishlab chiqilgan aqliy taraqqiyotni sifatiy tahlil qilish tamoyili qator vazifalami hal qilishda o‘z mahsuldorligini namoyon qildi va ko’pgina tadqiqotlarda o ‘z aksini topdi (Z.I.Kalmikova, 1975, 1982; G. A. Vardanyan, 1979; L A .Venger, 1974; K.M .Gurevich, 1980; V.I. Voytko, Yu.Z.Gilbux, 1981; D.B.Elkonin, 1982; V.V.Stolin, A .G .Shmelev, 1987; L.F.Burlachuk, S.M.Morozov, 1989 va boshqalar). Psixologik diagnostikaning kichik amaliy yo'nalishi u yoki bu hodisalarni bilishga va tavsiflashga qaratilgan. B.G .Ananev (1968) psixologik diagnostikani psixologik tadqiqotlarga qaratilgan yo‘nalish, deb ta'riflaydi, uning maqsadi, psixofiziologik funktsiyalar, jarayonlar va shaxs xususiyatlari rivojlanish darajasini aniqlash, turli qo‘zg’atuvchilar ta'sir qilganda inson holatini bilish, insonning mehnat qobiliyatini, layoqatini aniqlashdan iborat. K..K. Platonov (1974) psixologik diagnostikani psixik hodisalarning xossa va xususiyatlarini o’rganish haqidagi fan, deb hisoblagan. K.N.Gurevich (1974) esa insonlarni psixologik va psixofiziologik belgilari bo‘yicha ajratish va tavsiflash metodlari haqidagi fan deb hisoblaydi. V.V.Stolin va A .G .Shmelev (1984) psixodiagnostikani psixologik diagnoz qo'yish haqidagi fan deb bilishgan. Diagnoz (tashxis) - sinaluvchining alohida ko‘rsatkich va xarakteristikalarini chuqur tahlil qilish asosida uning xususiyati va holati haqidagi xulosadir. Shu bilan birga psixodiagnostik tadqiqot, eksperimental tadqiqotdan tubdan farq qiladi. Psixodiagnostik tadqiqotda aniq individ individlar guruhi haqida ma’lumot olinadi, eksperimental tadqiqotda nazariy faraz tekshiriladi. Shuning hisobiga psixodiagnostika maxsus metodik tamoyillarga bo‘ysunadi. Lekin psixologik diagnostikaga turlicha ta’rif berishlariga qaramasdan, uning asosiy tushunchasi «psixologik diagnoz» tushunchasi bo’lib qoladi. Hayotda biz kasalxonalarda turli kasalliklarga diagnoz (tashxis) qo‘yishlariga o‘rganib qolganmiz. Bunda tashxisning to’g‘riligi tekshirishning turli klinik metodlaridan foydalanishga bog’liq bo’ladi. Qator hollarda bunday diagnostika murakkab apparaturali test metodlaridan foydalangandan keyingina mumkin bo’ladi. Eksperimental diagnostikada ham tadqiqotchi turli metodlar, apparaturali testlardan foydalanadi. Olingan ma’lumotlar asosida psixolog sinaluvchining xulq-atvori, faoliyati haqida xulosa chiqaradi, ya'ni shaxsga psixologik diagnoz qo'yadi. Psixologik diagnoz qo‘yishning umumiy sharoitlariga aloqador asosiy mezonlarni ajratib ko‘rsatish mumkin: psixologik diagnoz insonga xos bo’lgan maxsus hodisa va xususiyatlarni ochib berishi kerak; har qanday diagnoz olingan natijalami bayon qilish bilan chegaralanmasligi, u yoki bu belgining vujudga kelish sababi, oqibati, keyingi rivojlanishi ham namoyon bo’lishi kerak. Psixologik diagnoz tadqiqot sharoitida inson xulq-atvorini xarakterlaydigan material asosida tushuntiritrilishi kerak. Sinaluvchining shaxsiy hayot va psixik faoliyati haqida eksperimental tadqiqot yo‘li bilan ma'lum otlar asosida psixologik diagnoz qo’yiladi. Tadqiqotchi psixik faoliyat natijalari haqida ma’lumot olish uchun turli psixodiagnostik metodlardan foydalanadi (N.A.Menchinskaya, 1966; Z.I.Kalmikova, 1968; S.Ya.Rubinshteyn, 1970; B .V .Zeygarnik, 1976; V.M .Bleyxer, 1976; L.F.Burlachuk, 1979; M .K .Gurevich, 1984 va boshqalar). Respublikamizda psixodiagnostikaning rivojlanishiga M .G. Davletshin, B.R.Qodirov, G‘.B.Shoumarov., E.G’.G’oziev, V.A.Tokareva, R.Z.Gaynutdinov, V.M.Karimova, R.I.Sunnatova, Sh.R.Baratov, A.Jabborov, Z.T. Nishanova, Sh.A .Do‘stmuhammedova, E.N.Sattorov, G.To‘laganova kabi olimlar o‘z hissalarini qo‘shganlar.
Psixologik tadqiqot metodlarini tanlashni asoslash Psixologiya shaxsning bolalik davridagi xususiyatlari va psixik taraqqiyot darajasini aniqlash uchun turli eksperimental psixologik metodlardan foydalanadi. Psixologik tadqiqotlarda foydalaniladigan metodikalar u yoki bu faoliyat jarayonida shaxs psixik xususiyatlarining namoyon bo‘lishini aniqlashdan iborat. Bolalar psixologiyasida eksperimental metodikalarni ishlab chiqish va sinovdan o’tkazish psixologlar va pedagoglarning asosiy vazifasidir. Eksperimental topshiriqlar majmui bola psixik taraqqiyotini, aqliy darajasini, uning maktabda o‘qishga tayyorligini aniqlashga mo’ljallangan. Jumladan maktabda o‘qishga tayyorlikni bildiruvchi belgilar quyidagilardir:
a) psixik jarayonlarning ixtiyoriyligi;
b) aqliy ish qobiliyatining yetarlicha davomiyligi;
v) yangi bilim va m alakalarni maqsadga yo'naltirilgan ravishda o’zlashtirish imkoniyati;
g) borliqni bilishga qiziqishning mavjudligi;
d) tevarak atrofdagi voqea va hodisalarni farqlay olish va umumlashtira olishi;
e) fikrlay olish va boshqalar.
Yuqorida qayd etilgan belgilarning mavjudligi pedagoglar va psixologlar tomonidan o‘quv jarayonida turli didaktik vosita va usullar yordamida aniqlanadi. Eksperimental tadqiqot sharoitida yuqoridagi belgilarning mavjudligi so‘zli, predmetli va psixometrik metodikalar yordamida aniqlanadi. Har bir konkret holda olingan ma'lumotlarni sifatiy tahlil qilish va ularni boshqa m etodlardan olingan natijalar bilan bog’lash zarur. Psixologik diagnostikada metodikalarning ishonchliligi muhim hisoblanadi. Soddaroq qilib aytganda, bu tushuncha «testda olingan natija nechog’lik to’g‘riligini ko‘rsatadi». (A.Anastazi). Har qanday metodikaning, testning ishonchliligi o‘rganilayotgan psixologik xususiyatlarning ularda aks etishi nuqtai nazaridan to’g‘ri qo‘llanishini xarakterlaydigan ma’lumotlar majmui sifatida qaralmog'i kerak (L.F.Burlachuk, S.M .M oroz, 1989). Shunday qilib, maqsadga muvoflq tanlangan metodika va testlar psixik faoliyat ko‘rinishlarini to‘liq va har tomonlama o’rganish imkonini beradi. Bolalar ustida psixologik tadqiqotlar o'tkazish tajribasi shundan dalolat beradiki, qo’llanilayotgan psixodiagnostika metodikalarini shartli ravishda u yoki bu psixik jarayonlarni o'rganish metodikalariga ajratish mumkin. (L. I. Poperechnaya 1978; L.A.Venger, V.V.Xolmovskaya 1978; Z.l.K alm ikova, 1982; V .M .Bleyxer, I.V.Kruk, 1986). Masalan: bola xotirasi haqida faqat bir metod asosida xulosa chiqarish mumkin emas, buning uchun metodikalar majmuini qo’llash kerak. Shu bilan bir vaqtda, har bir eksperimental metodika o‘zining asosiy yo‘nalishidan tashqari (ya'ni shaxsning ma'lum xususiyatini o ‘rganishdan tashqari) psixikaning boshqa xususiyatlarining holati haqida ba’zi ma'lumotlar beradi. Masalan: bolaga berilgan 10 ta so’zni qanday yodlashiga qarab, faqat uning xotirasi haqidagina emas, balki ixtiyoriy diqqati, harakatlarining maqsadga yo‘naltirilganligi, ularning sabablari haqida ham bilsa bo'ladi. Tarbiyachi-tadqiqotchi tadqiqot uchun u yoki bu metodikani tanlaganida ko‘rsatma salgina o‘zgartirilsa metodikaning yo‘nalishi o'zgarib ketishini nazarda tutishi kerak. Topshiriqni bajarishga kirishishdan oldin bola unga bo‘lgan ko‘rsatmani to’g‘ri tushunganligiga ishonch hosil qilish kerak. Bajarilayotgan topshiriqning muvaffaqiyati ko‘p hollarda shunga bog‘liq bo'ladi. Psixologik-pedagogik tadqiqotning sifati eksperimentda qo'llaniladigan metodikalar soniga bog‘liq bo’ladi. Lekin bog'cha va maktab yoshidagi bolalar bilan tadqiqot o'tkazganda ularning tez charchashini hisobga olish zarur. Shuning uchun bir tadqiqot o‘tkazganda, tadqiqot vazifalariga bog'liq ravishda tanlangan 5 - 7 metodikadan foydalanish tavsiya etiladi. Bir necha bosqichda o'tkaziladigan tadqiqotlarda ko'proq metodikalardan ham foydalanish mumkin. Eksperimental tadqiqot usullarini yaxshi egallash ham muhimdir. Tadqiqotchi tajriba vaqtida bola bilan qanchalik yaxshi munosabatda bo‘lsa, bola topshiriqni shunchalik yaxshi bajaradi. Tadqiqot o‘tkazish uchun eksperimental metodikalarni tanlashda quyidagilarni e'tiborga olish zarur: a) tadqiqot maqsadi - psixik taraqqiyot darajasini aniqlash, uning yoshiga, ma'lumotiga mosligi, shaxs xususiyatlarini aniqlash; b) sinaluvchining yoshi va uning hayot tajribasi, unga ta'lim va tarbiya berilayotgan sharoit; v) bolaning eksperimental tadqiqotga moslashishi, muloqotga kirishishi, verbal aloqa o'rnatish xususiyatlari. Bolaga tanlangan eksperimental psixologik metodikalarni qiyinligi o'sib borish darajasida berish kerak.
Yüklə 26,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə