Mavzu. Pеdаgоgik fikr tаrixi vа mаktаb аmаliyotidа o‘qituvchi mаhоrаti mаsаlаlаri. Pedagogik mahoratning asosiy komponentlari. Reja



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə1/12
tarix01.06.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#114959
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
25-mavzu


25-Mavzu. Pеdаgоgik fikr tаrixi vа mаktаb аmаliyotidа o‘qituvchi mаhоrаti mаsаlаlаri. Pedagogik mahoratning asosiy komponentlari.
Reja

    1. Pеdаgоgik fаоliyat va uning o‘ziga xos xususiyatlari.

    2. O‘zbеkistоn Rеspublikаsining “Tа’lim to‘g’risidа”gi Qоnuni vа “Kаdrlаr tаyyorlаsh milliy dаsturi”dа pеdаgоgik fаоliyatni tаshkil etishgа qo‘yilgаn tаlаblаr.

    3. “Pedagogik mahorat” tushunchasi.

    4. Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari.

    5. Pedagogik fikrlar taraqqiyorida o‘qituvchi mahorati masalalari.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Prezidentimiz tomonidan qabul qilinayotgan har bir Qarorda barkamol avlod tarbiyasi va ularning kasbiy mahoratini avvalo ta'lim muassasalarida oshirib borishga jiddiy e'tibor qaratilmoqda. Xususan 2010 yilning "Barkamol avlod yili" deb e'lon qilinishi ham pedagoglar va tarbiyachilar zimmasiga ulkan mas'uliyatlar yukladi. Jumladan, Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning "Barkamol avlod yili" Davlat dasturi to`g`risidagi Qarorida "Mamlakatimizda sog'lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o'z ijodiy va intellektual salohiyatizli ro'yobga chiqarishi, mamlakatimiz yigit-qizlarini XXI asr talablariga to‘liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bo'yicha keng ko`lamli aniq yo'naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish" muhim vazifa sifatida belgilangan. Ushbu vazifalami bekamu ko'st amalga oshirilishi uchun bugungi kunda avvalo, bo'lajak o'qituvchilaning saviyasini va bilimini uzluksiz takomillashtirib borishga mustahkam zamin yaratilishi kerak. Oliy pedagogik ta'lim muassasalarida ushbu muammolarning yechimini topishda "Pedagogik mahorat" fanini chuqur o`rganish muhim ahamiyat kasb etadi.


Pedagogik mahorat nima? Uning mohiyati nimalardan iborat? Ularni egallash uchun nimalami bilish kerak? Hozirgi zamon pedagogikasi va psixologiyasi «pedagogik mahorat» tushunchasiga turlicha izoh beradi. Jumladan, "Pedagogik ensiklopediya"da ta'rif quyidagicha izohlangan: "O`z kasbining mohir ustasi bo'lgan, yuksak darajada madaniyatli, o'z fanini chuqur biladigan, yondash fanlar sohalarini yaxshi tahlil eta oladigan, tarbiyalash va o‘qitish uslubiyatini mukammal egallagan mutaxassis". Ushbu ta'rifning mohiyatidan kelib chigib o'qituvchining pedagogik mahorati tushunchasi mazmunini shunday izohlash mumkin:
1. Madaniyatning yuqori darajasi, bilimdonlik va aql-zakovatning yuksak ko'rsatkichi.
2. O'z faniga doir bilimlarning mukammal sohibi.
3. Pedagogika va psixologiya kabi fanlar sohasidagi bilimlami puxta egallaganligi, ulardan kasbiy faoliyatida foydalana olishi.
4. O`quv - tarbiyaviy ishlar metodikasini mukammal bilishi.
Pedagogik mahorat tizimi quyidagi o'zaro bir-biri bilan bog'liq bo'lgan asosiy komponentlardan iborat:
1. Pedagogik insonparvarlik talablariga bo'ysunishi.
2. Kasbga oid bilimlami boshqa fanlar bilan aloqadorlikda mukammal bilish.
3. Pedagogik qobiliyatga ega bo'lish.
4. Pedagogik texnika sirlarini puxta egallash.
Barcha kasblar orasida o'qituvchilik kasbi o'zgacha va muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Zero, o'qituvchi yosh avlod qalbi kamolotining me'mori, yoshlarga ta'lim-tarbiya beruvchi insondir. Bugungi kunda u yoshlami g'oyaviy - siyosiy jihatdan chiniqtirib tabiat, jamiyat, ijtimoiy hayot, tafakkur taraqqiyoti qonuniyatlarini o'rgatadi, yoshlarni mehnat faoliyatiga tayyorlab, kasb-hunar sirlarini puxta egallashlarida ko'maklashadi va jamiyat uchun muhim bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlarni hal etadi. Ana shu mas'uliyat o‘qituvchidan o'z kasbining mohir ustasi bo`lishni, o'quvchilarga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatib, ularning gizigishi, qobiliyati, iste'dodi, e’tiqodi va amaliy ko`nikmalarini har tomonlama rivojlantirish yo'llarini izlab topadigan kasb egasi bo'lishni talab etadi. Boning uchun doimo o'qituvchilaning kasbiy mahoratini, ko'nikma va malakalarini oshirib borish, ularga har tomonlama g`amxo`rlik qilish, zarur shirt - sharoitlar yaratish, kerakli moddiy va ilmiy - metodik hamda texnik yordam ko'rsatish, o'qituvchilarning ijodiy tashabbuskorligini muntazam oshirib borishga ko'maklashish lozim.
Shunga asosan, «Pedagogik mahorat» fani, mahoratli o'qituvchilami tayyorlashga xizmat qiladi, o'qituvchilar va tarbiyachilarning kasbiy faoliyati sirlarini, mohirligini o'rgatuvchi va uni takomillashtirish to`g`risida ma'lumotlar berib boruvchi fan ho`lib, o`qituvchilarda pedagogik mahoratning mohiyat mazmunini, hozirgi zamon talablari doirasida kasbiy faoliyatini rivojlantirishning yo`llarini, vositalarini, shakllarini o'rganadi.
Pedagogik mahorat o'qituvchilar va tarbiyachilarga pedagogik ijodkorlik, pedagogik texnika, ta'lim - tarbiya jarayonida o'qituvchi va o`quvchilarning o'zaro hamkorligi, muloqot olib borish taktikasi, nutq madaniyati, tafakkuri, tarbiyachining ma'naviy - ma'rifiy va tarbiyaviy ishlarini tashkil etish va amalga oshirish, bu jarayonda xulq-atvorni va hissiyotni jilovlay olish xususiyatlarini o`rgatadi va o'z kasbini rivojlantirib boruvchi pedagogik faoliyatlar tizimi to`g`risida ma'lumotlar beradi. Pedagogik mahorat o'qituvchilarning pedagogik faoliyati zamirida takomillashib boradi.
Pedagogik faoliyat yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun jamiyat oldida, davlat oldida javob beradigan, ta'lim-tarbiya berishda maxsus tayyorlangan o'qituvchilar mehnati faoliyatidir. Bo'lajak o'qituvchilar oz pedagogik faoliyati jarayonida faoliyatning quyidagi tarkibiy qismlarini bilishi lozim:

Pedagogik jarayonning mohiyatini anglamagan, bolaga nisbatan chuqur hurmatda bo`Imagan o'qituvchi ta'lim-tarbiya samaradorligi va inson kamolotini ta'minlovchi fikrga ega bo'lmaydi. Pedagogik jarayonning vazifasi bilim berish, tarbiyalash, rivojlantirish bo'lib, o`qituvchilarning faoliyat mezonini begilab beradi. O`qituvchilarning faoliyati pedagogik jarayonning harakat vositasidir. Pedagogik jarayonning obyektlari bolmish tarbiyalanuvchi insonga, o'quvchi va o'quvchilar gunahiga hamda alohida o'quvchiga, pedagogik jarayonning subyektlari - ota-onalar, o`qituvchilar, tarbiyachilar, sinf jamoasi, pedagogik jamoa mas'uldirlar va ular jamiyat talablari asosida ta'lim va tarbiya berish faoliyatini bajaradilar. O`qituvchining pedagogik faoliyatida ijobiy natijalarga erishishi, mehnat malakasini, ya'ni egallagan bilimlarini o'zining hayotiy va amaliy faoliyatida nechog`lik qo'llay bilishi bilan belgilanadi.


O'qituvchilarning pedagogik faoliyati samarali bo`lishi uchun zarur bo‘lgan qobiliyatlar tizimini: bilim, bolani tushuna olish, kuzatuvchanlik, nutq malakasi, tashkilotchilik, kelajakni ko‘ra bilish, diqqatni taqsimlab olish, vaziyatni to`g`ri baholash, yuzaga kelish ehtimoli bo'lgan har xil ziddiyatlami o'z vaqtida bartaraf etish, o`quvchilarni bilim olishga qiziqtirish kabilar tashkil etadi.
Mazkur fanning mazmunidan kasbga doir topshiriq va vazifalarni yechish uchun o'quv - tarbiya jarayonini boshqarish, unga rahbarlik qilishda pedagogik-psixologik ta'limot nuqtai - nazaridan yondashish, ta'lim - tarbiyani milliy an'analarimiz ruhida zarnonaviy metodlar asosida modellashtirish, o'quv - tarbiyaviy jarayonda ilg'or pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish uchun o'qituvchi mahoratining zarurligi haqidagi ma'lumotlar va tdarni takomillashtirish tizimlari o`rin olgan. Shunga ko'ra, «Pedagogik mahorat» fani kasbga oid bilim va qobiliyatlarni o'qituvchilarda shakllantirish, ijodkorlikni tarbiyalash, mahorat, ko`nikma va malakalaxni egallashlari uchun, pedagogik texnika, pedagogik hamkoilik, pedagogik nazokat, nutq madaniyati to'g'risida ma'lumotlar berib boradi.

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə