1
-Mavzu; Payvand konstruksiyalar turlari.
Reja:
1.1. Payvand birikmalar turlari, kuchlanishlar va deformasiyalar fanini
rivojlanishi..
1.2.Payvandlash bilan tayyorlanadigan metall konstruksiyalar turlari.
Tayanch so’z va iboralar
: mashinasozlik, metal konstruksiya, mashinasozlik
buyumlari, metal, qotishma.
1.1. Payvand birikmalar turlari, kuchlanishlar va deformasiyalar fanini
rivojlanishi.
Yigirmanchi asrni 30 yillaridan
boshlab mashinasozlikda, qurilishda metall
elementlarni elektr yoyli payvandlash usuli keng tarqala boshladi. Xozirgi kunda
metall konstruksiyalarni 85 % payvandlashni turli usullari yordamida tayyorlanadi.
Payvand konstruksiyalarni loyixalash o‘z xususiyatlariga ega.
Metallarni
payvandlash turli shakl va o‘lchamga ega zagotovkalarni (yarim maxsulot) olish
texnologik jarayoni bo‘lib, ularga mexanik ishlov berish ko‘zda tutiladi. Shuning
bilan birga payvandlash turli xil vazifalarni bajaradigan konstruksiyalarni yig‘ish
va o‘rnatish usuli hisoblanadi. Oqilona konstruktorlik
yechimlari va mukammal
yig‘ish va payvandlash texnologik jarayoni natijasida yuqori ekspluatasion
tavsifga ega payvand buyumlar olish mumkin.
Yangi detal va konstruksiyalarni yaratishda yangi
xossalarga ega buyumlarga
bo‘lgan talab ularni payvandlashda yangi texnologik usullarni qo‘llashni talab
etadi. Bu esa konstruktorlar uchun yangi imkoniyatlarni beradi. Payvandlash soxa-
sidagi olimlar tomonidan payvand birikmalarni
mukammal shakllari ishlab
chiqilgan, ularni mustaxkamlikka xisoblash usullari yaratilgan.
1802 yilda rus olimi akademik V.V. Petrov elektr yoyini ixtiro qiladi va yoy
yordamida metallarni qizdirish va suyuqlantirish mumkinligini isbotlaydi.
1882 yilda rus muxandisi N.N. Benardos erimaydigan ko’mir
elektrodi bilan
elektr yoyli payvandlash usulini ixtiro qildi. 1888-1890 yillarda rus muxandisi
N.G. Slavyanov esa eriydigan metall elektrod yordamida payvandlash usulini taklif
qildi. Bu usullar xozirgi zamonda metallarni payvandlashda asos bo’lib
xizmat
qilmoqda.