Mavzu: O‘zbekistonga kiritilayotgan investitsiyalar va ularning hududiy tarkibini o‘rganish



Yüklə 35,16 Kb.
səhifə2/2
tarix29.11.2023
ölçüsü35,16 Kb.
#140351
1   2
Mavzu O‘zbekistonga kiritilayotgan investitsiyalar va ularning -fayllar.org

ularning hududiy tarkibi
O’zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati tog’risida”gi qonunida investitsiyalar tayinlangan ob’yekti bo’yicha tabaqalashtirilgan. Shunga muvofiq investitsiyalar quyidagi turlarga ajratilgan. Iqtisodiy kategoriya sifatida investitsiya quyidagicha tasniflanadi: • Birlamchi (avaylangan) jamg’arilgan kapitalni ko’paytirish maqsadida kapitalni tadbirkorlik ob’ektlariga joylashtirish; • Investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida investitsiya faoliyati ishtirokchilari o’rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar. Investitsiyalar – bu hali buyumlashmagan, lekin ishlab chiqarish vositalariga qo’yilgan kapital. O’zining moliyaviy shakliga ko’ra, ular foyda olish maqsadida xo’jalik faoliyatiga qo’yilgan aktivlar hisoblansa, iqtisodiy xususiyatiga ko’ra, u yangi korxonalar qurishga, uzoq muddatli xizmat ko’rsatuvchi mashina va asbob uskunalarga hamda shu bilan bog’liq bo`lgan aylanma kapitalning o`zgarishiga ketgan harajatlardir. Investitsiyalar xususiy sektor va davlat tomonidan mamlakat ichkarisida va uning tashqarisida turli ishlab chiqarishlarga va qimmatbaho qog’ozlarga (aktsiyalar, obligatsiyalar) qo’yilishi mumkin. Investitsiya jarayoni – bo’sh sarmoyaga ega bo’lganlar bilan sarmoya talab qilayotganlarning uchrashish jarayoni. Ikkala tomon, odatda, moliyaviy institutlarda yoki moliyaviy bozorda uchrashadilar. Ayrim vaqtda, xususan, mulkiy qiymatlar (masalan, ko’chmas mulk) bilan bitim imzolanganda sotuvchi va xaridorlar bevosita muomalaga kirishadilar. Investitsiya ob’yekti deyilganda, mablag’larni, yaniy qonun doirasidagi barcha boyliklar safarbar qilinayotgan ob’yektlar tushiniladi, ular yangi korxonalar yoki amalda faoliyat yuritayotgan korxonalar, qimmatli qog’ozlar, bank depozitlari, intellektual mulk va boshqalar bo’lishi mumkin. Investitsiya subyektlari – investitsiya faoliyatida ishtirok etuvchi mulkiy va intellektual boyliklarga ega bo’lgan jismoniy, huquqiy shaxslar va davlatdir. Odatda, har qanday investitsion faoliyat muayyan maqsadga yo’naltirilgan, mukammal darajada yaratilgan investitsiya g’oyasiga asoslanadi. Mukammal darajada shakllantirilgan va asoslangan investitsiya g’oyasi investitsiya loyihasining qaror topishiga olib keladi. Investitsiya loyihasi tushunchasini uning yo’naltirilgan maqsadini amalga oshirish uchun texnologik jarayonlarni, texnik va tashkiliy hujjatlashtirish jarayonini, ob’ektlarni barpo etish va ishga tushirish jarayonini, moddiy, moliyaviy, mehnat resurslarining harakatini, shuningdek, tegishli boshqaruv qarorlari va tadbirlarni o’zida mujassamlashtiruvchi tizim sifatida talqin qilish maqsadga muvofiqdir. Hozirgi kunda O’zbekiston iqtisodiyotining barcha sohalarida o’zgarishlar, tarkibiy islohatlar olib borilmoqda. Bunday islohotlarning olib borilishi bevosita mamlakatdagi investitsion jarayon, davlatning investitsion siyosati, uning ustuvor yo’nalishlari va mamlakatdagi korxonalar investitsion faolligiga bog’liq. Mustaqilligimizning qisqa davrida investitsion faollikni oshirish, uni kuchaytirish borasida qator amaliy chora-tadbirlar o’tkazildi, investitsion faoliyatni tartibga solib turuvchi qator qonun va qonun osti hujjatlari chiqarildi va hayotga tadbiq qilinmoqda. Bu yo’lda investitsiya siyosatining ahamiyati juda katta. Chunki investitsiyalar iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlar, texnik va texnologik yangilanishlar, korxonalarni qayta ta’mirlash ishlarini amalga oshirishni rag’batlantiradi, mamlakat eksport va import salohiyatini oshirishga imkon yaratadi. Shu jihatdan O’zbekiston davlati o’z investitsiya siyosatini olib bormoqda. Investitsiya siyosati – bu iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish, qo’llab-quvatlash, markazlashgan investitsiya jarayonidan nomarkazlashgan investitsiya jarayoniga o’tish, ustuvor investitsion loyihalarni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan mexanizm, uslublar yig’indisi hisoblanadi. Davlat investitsiya siyosatini amalga oshirishda ko’proq ustuvorlik kichik biznes subyektlari, xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar tuzishga hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, muammolarni tezkorlik bilan hal etish va shu asnoda investitsiya ishtirokchilarining erkin harakat qila olishlari uchun qulay iqtisodiy, investitsion muhit yaratishga qaratilgan. Davlat investitsiya siyosati hududlar, tarmoq va korxona investitsiya siyosatidan tarkib topib, ular o’zaro bag’liqdir. Hududlar investitsiya siyosati investitsiyani sariflashda aholi, hudud va investor manfa’tlarini hisobga olgan holda samarali ishlatishga imkon beruvchi hududda olib boriladiga chora-tadbirlar majmuyi. Tarmoq investitsiya siyosati esa bu mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini ta’minlovchi tarmoqlar, sanoat mahsulotlarini eskport qilish, import o’rnini bosuvchi ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish, ilmiy-texnika taraqqiyotini investitsiya yo’li bilan qo’llabquvvatlash hisoblanadi. O’zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalar kiritish, avvalo, ichki manbalarni safarbar etish hisobidan iqtisodiyotimizning muhim tarmoqlarini jadal modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, transport va aloqa sohasini yanada rivojlantirish hamda ijtimoiy infratuzilma ob’yektlarini barpo etish hal qiluvchi ustuvor yo’nalishlarga aylandi. Respublika iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirishning zaruriyati quyidagilardan kelib chiqadi: ishlab chiqarish quvvatlarining jismoniy va ma’naviy eskirganligi, ularning qayta tiklashga yoki texnik jihatdan qayta jihozlashga yoki umuman yangilashga oid bo’lib qolganligi; sanoat tarmog’ida moddiy texnika bazasining o’ta pastligi va ko’pgina zarar ko’rib ishlaydigan korxonalarning mavjudligi; respublika milliy daromadida jamg’arish bilan iste’mol o’rtasidagi nisbatning iste’mol tomonga ko’plab sarflanayotgani va jamg’arishning investitsiya manbayi sifatida kamayib borayotganligi; O’zbekistonning tabiiy boyliklarga boyligi va bu erda ko’plab qayta ishlovchi korxonalarni qurish imkoniyating mavjudligi; aholi sonining o’sib borayotganligi (mehnat resurslari) va kichik zamonaviy ixcham korxonalarni barpo etish, ularni mehnat resurslarining manbayi bo’lmish qishloqqa yaqinlashtirish zarurligi; respublika eksportida xom ashyo salmog’ini kamaytirish va ko’plab tayyor mahsulotlar chiqarish imkoniyatiga ega bo’lish zarurligi va boshqalar.
Investitsiya faoliyatining rivojlanishida turli manabalar hisobidan mablag’larning jalb etilishi holati o’rganilishi va ular hisobiga investitsiyalarni moliyalashtirish holatining rivojlanishini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi va quyidagi jadvallarda so’nggi yillarda turli manbalar hisobiga investitsiyalarning moliyalashtirilish tarkibi va uning o’zgarishi keltirilgan. Asosiy kapitalga investitsiyalarning hududiy tarkibida hamon Buxoro, Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyatlari yetakchilik qilmoqda. Qashqadaryo viloyati asosiy kapitalga investitsiyasi Samarqand viloyatidan qariyb 59% ga ko’p ya’ni 3533.1 mlrd. so’mni tashkil qilmoqda. Buxoro viloyati, Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyati jami qolgan viloyatlar ko’rsatkichidan farqi 5.4% ni quramoqda. Bu ko’rsatkich bo’yicha Sirdaryo va Jizzax eng oxirgi o’rinlarda qolyabdi.
Turar-joy qurilishi, tashish va saqlash kabi faoliyat turlariga investitsiyalar ulushi 2017-yilda 2016-yil mos davridagiga nisbatan kamaygan bo`lsa, tog’-kon sanoati, ishlab chiqarish sanoati, elektr va gaz bilan ta’minlash kabi faoliyat turlariga investitsiyalar hajmi ortdi.(3-rasm) 4-rasm. Asosiy kapitalga investitsiyaning 5-rasm. Asosiy kapitalga xorijiy takror ishlab chiqarish tarkibi investitsiyalar tarkibi mlrd.so’m O’zlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlarning asosiy qismini, 79,7% ini to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiya va kreditlar tashkil etgan bo’lsa, 18,1% ini O’zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar va 2,2% ini boshqa investitsiya va kreditlar tashkil qilmoqda.(5-rasm) [4] "Science and Education" Scientific Journal Volume 1 Issue 4 July 2020 55 www.openscience.uz Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, investitsiya loyihalarini amalga oshirish orqali iqtisodiyotda tub o’zgarishlarni amalga oshirish imkonini beradi va bu iqtisodiyotda yangi ish o’rinlarini tashkil etish va rivojlanish garovi bo’lib xizmat qiladi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoyitida Yurtimizga zamonaviy texnoligiyalar olib kelib, sanoat ishlab chiqarishini yangilash va modernizatsiyalash jarayonlarini olib borishni investitsiya faoliyatisiz tasavvuz etib bo’lmaydi. Investitsiya loyihalarini jalb qilish nafaqat davlat iqtisodiyotini yuksaltiradi, balki aholi turmish darajasini yaxshilashda ham katta samara beradi. Yani maishiy muhtojliklarning katta bo’limi qanoatlantiriladi, ishlab chiqarish kengayadi, yangi mehnat kuchlari shakillanadi, eski va og’ir mehnat turmishidan yangi, yengil va samarali mehnat faoliyatiga o’tiladi. Davlatning kelajakdagi iqtisodiy yuksalish darajasini bugingi jalb qilingan investitsiya loyihalari va investitsion jarayonlar belgilab beradi. “O‘zbekiston Respublikasining 2025 yilgacha investitsiya siyosati strategiyasi” O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan xalqaro tajriba, respublika iqtisodiyoti, uning tarmoqlari va hududlari investitsiya jarayonlari rivojlanishidagi tendensiyalar va muammolar tahlili asosida tayyorlangan.
Bu haqida Iqtisodiyot va sanoat vazirligi rasmiy veb sayti ma’lum qilmoqda. 2025-yilgacha investitsiya siyosatining maqsadi iqtisodiyotning raqobatbardoshligi va muvozanatini oshirish, ishlab chiqarish va eksport salohiyatini rivojlantirish, hududlarni rivojlantirish va aholi farovonligini oshirish hisoblanadi. Strategiyaning asosiy vazifalari uchta asosiy yo‘nalish bo‘yicha: investitsiya muhitini yaxshilash, ichki investitsiya manbalarini kengaytirish va investitsiya manbalarining samaradorligini oshirish, samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning yangi yondashuvlarini ishlab chiqish aniqlangan. 2025-yilgacha investitsiyalarning asosiy manbalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik, davlat investitsiyalari va korporativ qimmatli qog‘ozlar sarmoyalari bo‘ladi. 2019-2025-yillarda amalga oshirilayotgan hamda istiqbolli yangi investitsiya loyihalari doirasida 1002,5 milliard so‘mdan ortiq markazlashtirilmagan investitsiyalarni o‘zlashtirishi ko‘zda tutimoqda. Shuningdek, yaqin 30 foizi korxonalarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2018-yildagi 30,5 foizdan 2025-yilda 37,5 foizga o‘sishi kutilmoqda. Shuningdek, 2025-yilda jalb qilingan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar miqdori 11 milliard AQSh dollarga yetkaziladi, bu ko‘rsatkich 2018-yilda 1,6 milliard AQSh dollarni tashkil qilgan. Investitsion siyosat strategiyasining amalga oshirilishining natijasi respublikaning hududiy va sanoat rivojlanishini har tomonlama ta’minlash, shuningdek, mahsulotlarning xomashyodan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan qiymat zanjirlarini shakllantirish, mavjudlarini mustahkamlash va yangi hududlararo va tarmoqlararo aloqalarni shakllantirish, sohalar, hududlar, davlat organlari va xususiy biznes o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘ladi.
Iqtisodiyotga investitsiya jalb qilish sohasida 2021-yilning asosiy yakunlari, hududlarida loyihalarni tanlash va amalga oshirishning yangi mexanizmini joriy etish, strategik rejalashtirish sohasida qanday islohotlar va Toshkent xalqaro investitsiya forumi toʻgʻrisida Strategik rivojlanish agentligi bosh direktori oʻrinbosari Aleksey Sim bilan suhbatlashdik.
Qulay investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini shakllantirish orqali strategik masalalarni yuzaga chiqarish va hal etish Strategik rivojlanish agentligining asosiy vazifasi hisoblanadi.
– Strategik rivojlanish agentligi tashkil etilganiga hali koʻp boʻlgani yoʻq. Agentlikning maqsad, vazifalari va funksiyalari, shuningdek, hozirgacha amalga oshirilgan ishlar haqida gapirib bersangiz.
– Hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishga katta hissa qoʻshishga qodir yirik strategik investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini yaratish uchun qulay investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini shakllantirish orqali strategik masalalarni yuzaga chiqarish va hal etish Strategik rivojlanish agentligining (SRA) asosiy vazifasi hisoblanadi. Shu maqsadda har yili hududlarning investitsion muhiti tahlil qilib boriladi, bu ish har bir hududni sohani boshqarish boʻyicha mavjud tizim sifati hamda hududning investitsiya salohiyati darajasi (mehnat resurslari, moliyaviy resurslar, infratuzilma, yer va tabiiy resurslar va boshq.) nuqtayi nazaridan baholashga imkon beradi. Mazkur tahlil bu hududlarning kuchli va zaif tomonlarini xolisona aniqlashga va ularning investitsion jozibadorligini oshirish boʻyicha konkret takliflar ishlab chiqish uchun zamin yaratishga yordam beradi.
Shuningdek, barcha takliflar biznes-hamjamiyat va davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda keng muhokamadan oʻtkaziladi. Shu maqsadda davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalar, tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida samarali hamkorlik qilish uchun ekspert platformalari tashkil etilgan. Agentlik tomonidan biznes-hamjamiyat va xalqaro maslahatchilar bilan birgalikda norasmiy iqtisodiyot koʻrsatkichlari eng yuqori boʻlgan sektorlar tahlili oʻtkazilgan boʻlib, ushbu tahlil Oʻzbekistonda biznes yuritishdagi toʻsiq va gʻovlarni kamaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishga qaratilgan. Jahon banki ekspertlari bilan hamkorlikda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar (TTXI) strategiyasini ishlab chiqish boʻyicha tegishli ishlar olib borilmoqda. Mazkur loyiha doirasida TTXI har tomonlama oʻrganildi, ularning tarixiy koʻrsatkichlariga baho berildi, jalb qilingan investitsiyalar turlari, asosiy sherik davlatlar va TTXI jalb qilish boʻyicha iqtisodiyot sektorlari (tarmoqlari) tahlili amalga oshirildi. Ushbu sohadagi siyosat, xususan, TTXI sohasiga oid asosiy normativ instrumentlar, institutsional muhit, biznesga kirish va uni tashkil qilish tartiblari sharhlandi, shuningdek, investitsiya siyosati va normativ-huquqiy baza tahlili oʻtkazildi, investitsiyalarni jalb qilishdagi toʻsiqlar aniqlandi va ushbu mavzu boʻyicha sharh hozirlandi. Mazkur loyihaning amalga oshirilishi bir qator ustuvor tarmoqlar orasidan mamlakat iqtisodiyotining “drayverlar”ini aniqlash, tanlangan tarmoqlarga investitsiyalarni jadal jalb etish boʻyicha tavsiyalar, aniq chora-tadbirlar va tashabbuslarni tayyorlash, aniq harakatlar rejasi bilan 2030-yilgacha TTXIni jalb qilish strategiyasini ishlab chiqish imkonini beradi.
Bundan tashqari, BAA hukumati bilan birgalikda Oʻzbekistonning istiqbolli davlat xizmatchilari orasidan “Yosh liderlar”ni tayyorlash boʻyicha qoʻshma dastur yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ular 4 oy davomida turli yoʻnalishlar boʻyicha intensiv oʻquv kurslaridan oʻtishadi. Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligi tomonidan Rossiya Federatsiyasining Strategik tashabbuslar agentligi bilan hamkorlikda bir qator yoʻnalishlar boʻyicha tasdiqlangan Amaliy chora-tadbirlar rejasi doirasida muayyan ishlar olib borilmoqda.
– Iqtisodiyotga investitsiya jalb qilish sohasida 2021-yilning asosiy yakunlari haqida qisqacha maʼlumot berib oʻtsangiz? Xorijiy investitsiyalarning asosiy qismi qaysi tarmoqlarga toʻgʻri keldi? Oʻzbekistonga investitsiya kiritish hajmi boʻyicha qaysi davlatlar yetakchilik qildi?
– 2021-yil yakuniga koʻra, oʻzlashtirilgan xorijiy investitsiyalar hajmi 11,1 mlrd. dollarni tashkil etdi (yillik prognozga nisbatan 113% bajarildi), shu jumladan, asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 9,8 mlrd. dollarga yetdi (2020-yil koʻrsatkichlariga nisbatan oʻsish surʼati 110%).
Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va kreditlar 9 mlrd. dollarga yoki prognozga nisbatan 117%ga, shu jumladan, asosiy kapitalga 2020-yilga nisbatan 124 foizlik oʻsish bilan 8,2 mlrd. dollar oʻzlashtirildi. Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablagʻlarining oʻzlashtirilishi 2,1 mlrd. dollar yoki yillik prognozning 100 foizini tashkil etdi.
2021-yilda TTXI va kreditlar hisobidan tarmoq korxonalari tomonidan 3,8 mlrd. dollar yoki prognozga nisbatan 103 foizga, hududiy loyihalar boʻyicha esa 5,2 mlrd. dollar yoki prognozga nisbatan 130 foizga oʻzlashtirildi. Investitsiyalarning asosiy hajmi energetika sektori, metallurgiya, kimyo sanoati, elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish, IT-texnologiyalar, qurilish, farmatsevtika, yengil sanoat, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarga toʻgʻri keldi.
Bugungi kunda Oʻzbekiston iqtisodiyotiga 50 dan ortiq davlat investitsiya kiritayotgan boʻlib, xususan, Xitoy (2,2 mlrd. doll.), Rossiya (2,1 mlrd. doll.), Germaniya (800,7 mln. doll.), Turkiya (1,18 mlrd. doll.) va Janubiy Koreya (137,4 mln. doll.) asosiy investor davlatlar hisoblanadi.
– Maʼlumki, SRA hamda ITSV hamkorligida loyiha guruhlari tomonidan respublika hududlarida loyihalarni tanlash va amalga oshirishning yangi mexanizmini joriy etish boʻyicha tegishli ishlar olib borilmoqda. U mavjud tizimdan nimasi bilan farq qiladi? Yangi tizim aynan qachon ishga tushadi?
– Mamlakat rahbariyati tomonidan taklif etilgan loyiha guruhlarining respublika hududlarida ishlash mexanizmi Agentlik ishtirokida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan puxta ishlab chiqildi. Agentlik loyiha guruhlaridan tortib, to jarayonda ishtirok etayotgan idoralargacha boʻlgan har bir loyiha aʼzosi uchun dastlabki ish metodologiyasini ishlab chiqdi. Yangi mexanizm “pastdan yuqoriga” prinsipi asosida ishlaydi.
Tuman va shaharlarning loyiha guruhlari biriktirilgan hududning salohiyat va imkoniyatlarini oʻrganadi va tahlil qiladi, mahalliy tadbirkorlarga viloyat miqyosidagi loyiha ofislariga joʻnatiladigan loyiha talabnomalarini tayyorlashda koʻmaklashadi.
Viloyat loyiha ofislari tumanlardan olingan barcha maʼlumotlarni toʻplaydi va tahlil qiladi, viloyat miqyosida loyiha talabnomalarining imkoniyatlarini, jumladan, bir nechta (ham mavjud, ham istiqboldagi) loyihalarni potensial kooperatsiya nuqtayi nazaridan koʻrib chiqadi, ustuvor loyihalar tanlovini amalga oshiradi. Barcha maʼlumotlar Markaziy loyiha ofisi – ITSVga topshiriladi.
Respublika loyiha ofisi eng ustuvor investitsiya loyihalarini aniqlab, butun respublika kesimida loyihalar portfelini shakllantiradi. Loyiha ofisi oʻz tarkibiy boʻlinmalari va qaramogʻidagi agentliklari kuchi bilan loyiha hujjatlarini, jumladan, tizerlar va biznes-rejalarni, taqdimotlarni tayyorlash va tamomiga yetkazish ishlarini tashkil qiladi. Soʻngra ishlab chiqilgan loyihalar portfeli chet el investorlarini jalb qilish maqsadida Tashqi ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi elchixonalariga, shuningdek, mahalliy investorlar tomonidan loyihalar izlanishi va taqdimoti uchun tuman va viloyat loyiha ofislariga topshiriladi.
Loyiha guruhlarining ishi shu bilan tugamaydi – investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonidan to loyiha barqarorligi yoki daromadliligi bilan bogʻliq muayyan koʻrsatkichlarga erishilgunga qadar ushbu loyihalarga hamrohlik qilinadi. Investitsiya loyihalarini qoʻllab-quvvatlash qismida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasidan moliyaviy koʻmak olish imkoniyatini ham taʼkidlab oʻtish joiz.
Yangi mexanizm allaqachon ishga tushirilgan, maʼlumotlarni toʻplash va loyiha gʻoyalarini generatsiya qilish boʻyicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda. – Maʼlumki, Strategik rivojlanish agentligi tadbirkorlarning tizimli muammolarini hal etish boʻyicha yangi onlayn-platforma yaratish ustida ishlamoqda. Ushbu loyiha hozirda qaysi bosqichda? U qachon ishga tushiriladi?
– Texnologiyalar hukmronlik qilayotgan zamonaviy olamda mobil-oʻzgaruvchan IT-yechimlar har qanday murakkab jarayonlarni soddalashtirishga chaqirilgan. Shu sababdan, bugungi kunda foydalanuvchilar orasida “user friendly” interfeys tushunchasi qoʻllanila boshlandi, bu asosan “foydalanuvchiga nisbatan doʻstona” degan maʼnoni anglatadi.
Bizning onlayn-platforma (kraudsorsing) aynan shu mulohazalardan kelib chiqqan holda: ham investorlar, ham tadbirkorlar uchun “bir darcha” tamoyili asosida ishlaydigan yagona portal yaratish maqsadida ishlab chiqilmoqda. U orqali investor oʻziga zarur barcha maʼlumotlar va potensial hamkorlarni, shuningdek, amalga oshirish uchun loyihalarni topishi, kerakli hujjatlarni rasmiylashtirishi mumkin boʻladi. Tadbirkorlar eksport-import operatsiyalarini onlayn tarzda rasmiylashtirish, boshqa biznes-jarayonlarni (jumladan, muhim masalalar boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri murojaatlar ham koʻzda tutiladi) hal qilish imkoniyatiga ham ega boʻladi. Qoʻyilgan vazifa chindan ham keng koʻlamli.
2022-yilning birinchi choragi davomida loyihadan sinov tariqasida foydalanish rejalashtirilgan. Joriy yilning uchinchi choragida uning toʻliq ishchi versiyasini joriy etish maqsad qilingan.
Yana shuni aytish mumkinki, tadbirkorlik subyektlarining tizimli muammolarini aniqlash va hal etish imkonini beruvchi yangi onlayn-platforma uchun texnik topshiriqlarni ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va tasdiqlash boʻyicha ishlar nihoyasiga yetib qolgan. Hozirda loyiha amaldagi mavjud onlayn platformalar bilan muvofiqlashtirish va integratsiya qilish bosqichida.
Platformani ishlab chiqish boʻyicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:
– platforma veb-saytining prototipi yaratildi, tadbirkorni roʻyxatga olish va identifikatsiyalashning soddalashtirilgan tartibi asosida murojaat va shikoyatlarni ekspress-uzatish funksiyasi qoʻshildi;
– dasturiy mahsulotning interfeys va mantiqiy qismlarini takomillashtirish, hisobot va statistik koʻrsatkichlarni shakllantirish ustida ish olib borilmoqda;
– davlat dasturiy tizimlari hamda foydalanuvchilarni autentifikatsiya va verifikatsiya qilish vositalari yordamida veb-saytni integratsiyalash, shuningdek, vazirlik va idoralar bilan kelib tushgan murojaatlar va aniqlangan muammolarni hal qilish ustida oʻzaro hamkorlikda tegishli ishlar olib borilmoqda;
– tadbirkorlar duch keladigan muammo va toʻsiqlar roʻyxati katalog koʻrinishida shakllantirildi;
– aniqlangan muammolarni hal qilish jarayonlari bilan bogʻliq topshiriqlarni koʻrib chiqish, nazorat qilish va ijro etish tartibini hamda ishchi guruhini belgilash boʻyicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
– Aytingchi, qaysi muhim islohotlar xorijiy investorlar uchun mamlakatimizning investitsion jozibadorligini oshirishga xizmat qildi?
– Oʻtgan 5 yil davomida Oʻzbekistonda bir qator oʻzgarishlar kuzatildi, bugun mamlakatimiz biznes va investitsiyalar uchun turli koʻrinishdagi toʻsiqlarni bartaraf etish borasida ochiqlik, novatorlik va qatʼiyat timsollaridan biriga aylanib bormoqda.
Valyuta kurslarining bir nechtaligi bartaraf etilib, investorlar uchun valyuta mablagʻlarini banklar orqali toʻsiqsiz konvertatsiya qilish imkoniyatlari yaratildi. Valyuta rejimini yanada soddalashtirish maqsadida Oʻzbekistonning barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlari uchun eksportdan valyuta tushumlarini majburiy sotish tartibi bekor qilindi. Valyuta siyosatini liberallashtirish – biznesni rivojlantirish, chet el valyutasi aylanmasini, eksport va import hajmini oshirish, investitsiyalar oqimini koʻpaytirish va umuman iqtisodiyotni koʻtarish uchun ulkan turtki boʻlib xizmat qiladi.
Ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash, ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish, zamon talablariga javob bermaydigan eskirgan tartib-qoidalarni takomillashtirish boʻyicha qatʼiy choralar koʻrilmoqda.
Iqtisodiyotning davlat sektorlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tuzilmasi, energetika sektori, togʻ-kon sanoati va aviatsiya tarmoqlari optimallashtirildi. Davlat aktivlarini boshqarish, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha alohida agentliklar, monopoliyaga va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitalari tashkil etildi. Ushbu chora-tadbirlar iqtisodiyotning asosiy sektorlari, shuningdek, butun hukumat faoliyati samaradorligini sezilarli darajada oshirdi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda tashkil etilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va investorlar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni taʼminlovchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining rolini alohida qayd etib oʻtish joiz.
“Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi va “Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi ikkita Qonun qabul qilingan boʻlib, bu avval qabul qilingan bir qator normativ-huquqiy hujjatlarni unifikatsiya qilish va Oʻzbekistonga investitsiya kiritish shartlarini sezilarli darajada yaxshilash imkonini berdi.
“Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunni samarali implementatsiya qilish maqsadida davlat hokimiyati organlari va investorlar oʻrtasida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, hokimliklar va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar hamda tijorat banklari rahbarlari oʻrinbosarlaridan iborat 4 bosqichli oʻzaro hamkorlik mexanizmi muvaffaqiyatli tashkil etilgan boʻlib, bu investorlarning barcha soʻrovlariga tezkorlik bilan javob qaytarish va yangi tahrirdagi “Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi Qonunda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi samaradorligini munosib tarzda nazorat qilish imkonini berdi.
Bundan tashqari, mahalliy va xorijiy investorlarning faoliyati kafolatlari va huquqini himoya qilishning mavjud huquqiy vositalari bilan bir qatorda, davlat tomonidan tadbirkorlarning huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning yangi mexanizmlarini joriy etish davom ettirilmoqda. Soʻnggi yillarda ushbu sohada kuzatilgan koʻplab ijobiy oʻzgarishlar qatorida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Biznes-ombudsman institutlari hamda Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalarining tashkil etilganini alohida taʼkidlash mumkin.
Institutsional takomillashuv hamda investitsion va iqtisodiy sohalardagi keng miqyosli islohotlar, shuningdek, biznes-muhit va investitsiya iqlimini yaxshilash boʻyicha tegishli vazirlik va idoralarning oʻzaro samarali hamkorligi tufayli Oʻzbekiston IHTTning “Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni tartibga soluvchi cheklovlar indeksi”ga kiritildi. Ushbu indeks turli davlatlar iqtisodiyotlarining IHTT oʻrtacha koʻrsatkichlari darajasidagi koʻrsatkichlar bilan xorijiy investorlar uchun ochiqligi darajasi indekatori hisoblanadi. Ishonchimiz komilki, Oʻzbekiston erishayotgan natijalar investorlar uchun yaxshi daʼvat boʻlib xizmat qiladi.
– Sizningcha, strategik rejalashtirish sohasida qanday islohotlarni amalga oshirish zarur hisoblanadi?
– Joriy vaziyat tahlili va ilgʻor xorijiy tajribalarga asoslangan holda, 15-20 yillik davr uchun mamlakat taraqqiyotining uzoq muddatli shamoyilini shakllantirishni strategik rejalashtirishning eng muhim vazifasi deb bilaman.
Masalan, Malayziya 1956-yildan boshlab, oʻrta muddatli 5 yillik rivojlanish rejalaridan tashqari, “Milliy transformatsiya 2030” uzoq muddatli strategik rivojlanish rejasini ishlab chiqdi. Mazkur reja oʻz oldiga 20 yil ichida dunyoning 20 ta yetakchi davlatidan biriga aylanish, ilm-fan, texnologiya va innovatsiyalar boʻyicha xalqning “gʻoyaviy yoʻl boshlovchisi” boʻlish, YAIM hajmini 2 baravar, aholi jon boshiga YAIM hajmini 2,5 baravar oshirish maqsadlarni qoʻygan edi.
Mamlakat taraqqiyotining xuddi shunday uzoq muddatli maqsadlari asosida oʻrta muddatli istiqbolga moʻljallangan aniq strategiyalarni, hududlar va tarmoqlar boʻyicha strategiyalarni, shuningdek, rivojlanishning muayyan maqsadli koʻrsatkichlari belgilangan maqsadli strategiyalarni ishlab chiqishga oid harakatlarni tashkil etish maqsadga muvofiq boʻlib, ularning amalga oshirilishi istiqboldagi strategik maqsadlarga erishish uchun zarur. Ushbu strategiyalar asosida 3–4 yilga moʻljallangan loyihalar portfellari va 1–2 yillik qisqa muddatli davlat dasturlari shakllantirilishi lozim. Ushbu barcha hujjatlarning oʻzaro vertikal va gorizontal bogʻliqligini taʼminlash oʻta muhimdir.
Oʻzbekistonning investitsion jozibadorligi ortishi kutilayotgan boʻlib, yetakchi xorijiy kompaniyalarning mamlakatimizda ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirishga qiziqishi oshadi; ishbilarmonlik iqlimini yaxshilash, mehnat unumdorligini oshirish, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishga qaratilgan yangi yechimlar ishlab chiqiladi; iqtisodiyot tarmoqlarida innovatsion investitsiya loyihalarini samarali moliyalashtirish mexanizmlarini shakllantirish, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlarining iqtisodiy salohiyatini yanada mustahkamlash, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar uchun yagona bozor sifatida mintaqaning jozibadorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
http://fayllar.org
Yüklə 35,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə