Mavzu: O‘zbekistonga kiritilayotgan investitsiyalar va ularning hududiy tarkibini o‘rganish



Yüklə 35,16 Kb.
səhifə1/2
tarix29.11.2023
ölçüsü35,16 Kb.
#140351
  1   2
Mavzu O‘zbekistonga kiritilayotgan investitsiyalar va ularning -fayllar.org


Mavzu: O‘zbekistonga kiritilayotgan investitsiyalar va ularning hududiy tarkibini o‘rganish

Mavzu: O‘zbekistonga kiritilayotgan investitsiyalar va ularning hududiy tarkibini o‘rganish.


Reja
  1. Xorijiy investisiyalarining iqtisodiy moxiyati



  1. O’zbekiston Respublikasining investisiya siyosati va ularning hududiy tarkibi



Xorijiy investisiyalarining iqtisodiy moxiyati


Bugungi kunda mamlakatla1ar o’z iqtisodiyotining rivojlanishi asosi sifatida xorijiy investitsiyalarni ko’rishmoqda. To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar globallashuvning asosiy drayveri bo’libgina qolmay globallashuv jarayonlarida iqtisodiyotni mustahkamlashda muhim ro’lni o’ynaydi. U mamlakatlarning ishlab chiqarish jarayonini qo’shimcha kapital bilan ta‘minlaydi va iqtisodiy o’sish darajasini oshirishda bevosita ishtirok etadi. “To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar mamlakat iqtisodiyotida sof investitsiya oqimi hisoblanadi. Shuningdek, u uzoq va qisqa muddatli kapitalni hamda jamg’armalarni reinvestitsiya qilinishini ham anglatadi”[1].Xorijiy investitsiyalarning hajmi oshishi uchun mamlakatda qulay investitsion muhitning shakllangan bo’lishi talab qilinadi. Mamlakat iqtisodiyotida investorlar uchun qanchalik qulay ishbilarmonlik muhiti yaratilsa, xorijiy investitsiyalar oqiminig iqtisodiyotga kirib kelish hajmi oshib boradi hamda chet ellik investorlarning ham mamlakat iqtisodiyotiga sarmoya kiritishga bo’lgan qiziqishi va ishonchi ortadi. Xorijiy investitsiyalar hajmini oshirish asosida mamlakat iqtisodiyotining jadal rivojlanishiga erishish mumkin. Umuman olganda xorijiy investitsiyalarning ikki turi farqlanadi. Bular xorijiy portfelli investitsiyalar hamda to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalardir. Xorijiy portfelli investitsiyalar asosan qimmatli qog’ozlarga (aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qog’ozlarga) kiritiladigan bo’lsa, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar bevosita yangi korxona barpo etish, mavjud korxonalarni modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishni hajmini oshirish kabi tadbirkorlik faoliyatiga kiritiladi. “O’tish iqtisodiyoti mamlakatlarning to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning jozibadorligini belgilovchi omillar mavjud va ular besh guruhga bo’linadi:
✓ bozor omillari( ichki bozor va eksport imkoniyatlari);
✓ boy tabiiy resurslarning mavjudligi;
✓ ishlab chiqarish xarajatlari omillari;
✓ investitsiya muhiti;
✓ mamlakatning iqtisodiy rivojlanish strategiyasi”
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida investitsiya faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir mamlakatning rivojlanish darajasi, ya’ni iqtisodiyotning rivojlanishi va iqtisodiy o’sishi ko’p jihatdan mamlakatdagi investitsion jarayonlarga bog’liq. Har qanday jamiyatning baraqaror iqtisodiy jivojlanishini investitsiyalarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Ayniqsa, bugungi kunda bu narsa yaqqol namoyon bo’lmoqdaki, har qanday mamlakatning bundan keying yuksalishi investitsiyalarni jalb etish holatiga bog’liq. «Investitsiya» atamasi lotin tilidagi «invest» so`zidan kelib chiqqan bo`lib «qo`yish», «mablag`ni safarbar etish», «capital qo`yilmasi» ma`nosini beradi. Keng ma`noda investitsiya mablag`ni ko`paytirib va qaytarib olish maqsadida kapitalni safarbar etishni bildiradi. Ko`pgina hollarda «investitsiya» tushunchasi iqtisodiy va boshqa faoliyat ob`ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne`matlar hamda ularga doir huquqlar tarzida ta`riflanadi. Investitsiya deganda barcha turdagi milliy va intelektual boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik faoliyati ob`ektlariga yo`naltirilib daromad keltirishi yoki birorbir ijobiy samaraga erishishi zarur. Investitsiya kiritishdan asosiy maqsad daromad olish va ijobiy ijtimoiy samaraga erishishdir. Investitsiyalarning iqtisodiyotdagi o’rni beqiyosligi uning aniq mohiyatini o’rganib chiqishni talab qiladi. Iqtisodiy log’atda “Investitsiyalar – kapitalni uzoq muddatli qoyilmalar tariqasida sanoatga, qishloq xo’jaligiga va boshqa tarmoqlarga sarf qilinadigan xarajatlar yig’indisini aks ettiradi”,-deb tariflangan. Ishlab chiqarish nazariyasi va, umuman, maqroiqtisodiyotda investitsiyalar yangi kapitalni (ishlab chiqarish vositalarini hamda inson kapitalini qo’shib hisoblaganda) yaratish jarayonidir. Moliya nazariyasida esa investitsiya deganda real yoki moliyaviy aktivlarni olish tushiniladi, ya’ni bugungi sarf-xarajatlarning maqsadi kelajakda daromad olishdir. Demak, bizningcha, “Investitsiyalar – bo’sh turgan kapitalni iqtisodiy-ijtimoiy samara olish maqsadida harakatga keltirishdir” Bizga ma’lumki, iqtisodiy o’sish investitsiya resurslarisiz bo’lishi mumkin emas, bu resurslar o’z mohiyati bilan ishlab chiqarishni rivojlantirishga qaratilgan mablag’dir. Pul mablag’lari shaklidagi investitsiyalar nominal investitsiyalardir. Bu investitsiyalar moddiylashib, amalda ishlab chiqarishga jalb etilgandan so’ng real investitsiyalarga aylanadi va iqtisodiy o’sishni ta’minlaydi.
O’zbekiston Respublikasining investisiya siyosati va
Yüklə 35,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə