Mavzu: O’zbekistonda davlatning pul-kredit siyosati, uning dastaklari va amalga oshirish vositalari. Reja: Kirish


O’zbekistonda pul-kredit sohasidagi mavjud vaziyat va monetar siyosatning 2023-yilga mo’ljallangan asosiy yo’nalishlari



Yüklə 395,97 Kb.
səhifə4/7
tarix23.09.2023
ölçüsü395,97 Kb.
#123465
1   2   3   4   5   6   7
humoyun1

3.O’zbekistonda pul-kredit sohasidagi mavjud vaziyat va monetar siyosatning 2023-yilga mo’ljallangan asosiy yo’nalishlari.

Umumiy holat


Umuman olganda, 2023-yilning iyun oyida Oʻzbekiston iqtisodiyoti umumiy holatda inflyatsiya darajasi pasayib, valyuta kursi esa nisbatan barqaror qolganligi kuzatildi. Shuningdek, may oyida tashqi savdoning oʻsish surati oʻtgan yilning mos davriga nisbatan sezilarli darajada tezlashdi.
Iqtisodiy oʻsish
Oʻzbekistonda 2023-yilning yanvar-may oylarida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish oʻtgan yilning shu davriga nisbatan real koʻrsatgichlarda 5,7 foizga oʻsdi. Taqqoslash uchun, 2022-yilning mos davrida sanoatda 6 foizlik oʻsish qayd etilgan edi. 2023-yilning yanvar-may oylarida qurilish sektori 4,7 foizga oʻsdi hamda 2022-yilgi 3,2 foizlik oʻsish bilan taqqoslaganda qurilish sohasida oʻsish sezilarli darajada tezlashdi. Oʻzbekistonda chakana savdo hajmining oʻsish surati 2022-yilning yanvar-may oylarida qayd etilgan 10,1 foizga nisbatan biroz sekinlashib joriy yilda 7,2 foizni tashkil etdi. 2023-yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekistonda bozor xizmatlari hajmi 12,6 foizga oʻsganligi kuzatildi . Taqqoslash uchun, 2022-yilning mos davrida bozor xizmatlarining oʻsish surati 15,8 foizni tashkil etgan edi. Bozor xizmatlarning eng katta ulushi moliya, transport va savdo xizmatlari hissasiga toʻgʻri keldi.
Taʼkidlab oʻtish kerakki, barcha sohalar nisbatan sogʻlom surʼatlarda oʻsmoqda. Bundan tashqari, roʻyxatdan oʻtgan kompaniyalar soni ortib borayotganligi iqtisodiyotda tadbirkorlik faoliyatini boshlashga qiziqish saqlanib qolayotganligini koʻrsatadi.
Inflyatsiya va pul-kredit siyosati
Iyun oyida oylik inflyatsiya -0.3 foizni tashkil etdi va oʻtgan oyga nisbatan 0.8 foiz bandga sekinlashdi. 2022-yilning mos davrida oylik inflyatsiya darajasi 0,9 foizni tashkil etgan edi. Yil boshiga nisbatan umumiy narxlar indeksi 3,5 foizga oshdi, bu 2022-yilning mos davriga (6,5 foiz ) nisbatan sezilarli sekinlashish hisoblanadi. Olti oy davomida oʻrtacha oylik inflyatsiya 0,6 foizni tashkil etib, oxirgi 5 yildagi eng past koʻrsatkichni namoyon qilgan.
2-diagramma : Oylik umumiy va oziq-ovqat mahsulotlari inflyatsiyasi
Iyun oyida yillik inflyatsiya surʼati oʻtgan oylardagi kabi pasayishda davom etib 9,0 foiz ni tashkil etdi. Taqqoslash uchun, yillik inflyatsiya may oyida 10,4 foiz, aprel oyida 11 foiz hamda mart oyida 11,7 foizni tashkil etgan edi. Yillik inflyatsiyaning sekinlashishi, asosan, 2022-yilda yuqori bazaviy effekt, shuningdek, import inflyatsiyasi bosimining pasayib borayotganligi bilan izohlanadi.
3-diagramma: Yillik isteʼmol narxlari indeksi (inflyatsiya)

Joriy yilning 15-iyunida Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirish boʻyicha qaror qabul qildi. Oylik inflyatsiya pasayib borayotganligiga qaramasdan Markaziy bankning asosiy stavkani oʻzgarishsiz qoldirishiga asosiy sabab sifatida bazaviy inflyatsiyaning hanuzgacha asosiy inflyatsiyadan yuqori shakllanayotganligi boʻldi. Xususan, may oyida bazaviy inflyatsiya darajasi 12,4 foizni (aprelda 12,9 foiz) tashkil etib, 2022-yil dekabridagi 13,8 foizdan biroz pasaygan. Bazaviy inflyatsiyaning umumiy inflyatsiyadan yuqori shaklanayotganligi iqtisodiyotda maʼlum inflyatsion xatarlar saqlanib qolayotganini koʻrsatadi.
Joriy yilda Markaziy bank maqsadli koʻrsatgich sifatida yillik inflyatsiyaning 8,5-9.5 foiz oraligʻida shakllanishiga erishmoqchi. Ammo iyun oyiga kelib inflyatsiya koʻrsatgichi Markaziy bank kutilmalaridan koʻra tezroq pasayayotgandek taʼsirot uygʻotmoqda. Xususan, iyun oyida yillik inflyatsiya 9 foizni tashkil etib 2016-yil avgust oyidan buyon kuzatilmagan tarixiy past koʻrsatgichni namoyon qildi. Yillik inflyatsiyaning bu tarzda sekinlashishi Markaziy bankning kelgusi boshqaruv yigʻilishlarida asosiy stavkaning pasaytirib borilishiga zamin yaratadi.
Xalqaro zaxiralar
1-iyun holatiga koʻra, Oʻzbekiston oltin-valyuta zaxiralari qariyb 34,4 milliard dollarni tashkil etdi. Taʼkidlash kerakki, Oʻzbekistondagi xalqaro zaxiralarning hozirgi darajasi XVF kabi xalqaro tashkilotlar tavsiya qilgan darajadan sezilarli darajada yuqori shakllangan. Hozirgi kunda zaxiralar 13,6 oylik importni qoplash uchun yetarli boʻlib, bu jahon va qoʻshni mamlakatlardagi oʻrtacha zaxiralar darajasidan sezilarli darajada yuqori hisoblanadi.
Valyuta kursi dinamikasi
4 -diagramma : 2023-yil may va iyun oylarida asosiy valyutalarning soʻmga nisbatan oʻzgarishi (nominal valyuta kursi)

1-may 100 ga tenglashtirilgan oʻsish = soʻmning qadrsizlanishi;
Manba: Markaziy bank maʼlumotlariga asoslangan
2023-yilning may-iyun oylarida soʻm kursi AQSH dollariga nisbatan barqaror shakllandi. Faqatgina iyun oyi soʻngida soʻmning 1 foizga qadrsizlanishi kuzatildi (4-diagramma). May oyida soʻmning yevroga nisbatan kursi 2 foizdan koʻproq oshdi va bu soʻmning oldingi oylardagi qadrsizlanish tendensiyasini toʻxtatdi. Biroq, iyun oyida soʻm Yevroga nisbatan yana qadrsizlanib, oxir-oqibat, davrni deyarli 1-maydagi kurs bilan yakunladi .
May oyi boshida soʻm kursi Rossiya rubliga nisbatan sezilarli(7 foiz) qadrsizlandi, ammo soʻmning rublga nisbatan kursi oyning ikkinchi yarmida barqarorlasha boshladi hamda oy oxirida may oyi boshidagi darajaga qaytdi. 2022-yil ikkinchi yarmidan buyon kuzatilgan soʻmning rublga nisbatan oʻsish tendensiyasiga muvofiq iyun oyi davomida soʻm rublga nisbatan qadri oshishda davom etdi. Iyun oyi soʻngida soʻm rublga nisbatan (1-may bilan taqqoslaganda) 4 foizdan ortiq qadri oshdi. May oyida soʻm Qozogʻiston tengesiga nisbatan qariyb 1 foizga qadrsizlandi va iyun oyida ham shu darajada saqlanib qoldi. Tenge mintaqadagi geosiyosiy vaziyatning keskinlashuvi natijasida oʻtgan yilgi pasayishdan tiklanishni davom ettirmoqda. 2023-yilning may oyida Qozogʻiston tengesining qiymati soʻmga nisbatan 2022-yil fevral oyi boshidagi qiymatidan doimiy ravishda yuqori shakllangan. May-iyun oylarida Qirgʻiziston somi hamda Tojikiston somonisi AQSH dollari bilan bir xil tendensiyada shakllangan.
May oyida soʻm kursi turk lirasiga nisbatan oʻsishda davom etgan. bu tendensiya iyun oyida yanada tezlashgan boʻlib, natijada iyun oyining oxiriga kelib soʻm liraga nisbatan 1-maydagi holat bilan taqqoslaganda deyarli 25 foizga ga qadri oshgan. Bu holat Turkiyada yuritilayotgan yumshoq monetar siyosat hamda yumshoq monetar siyosat natijasida kuzatilayotgan yuqori inflyatsiya bilan izohlanadi. Bundan tashqari, Turkiya Markaziy banki prezidentlik saylovlaridan keyin lirani himoya qilish uchun zaxiralardan foydalanish amaliyotini toʻxtatganligi ham liraning may-iyun oyidagi tendensiyasiga sezilarli taʼsir oʻtkazdi.
Xalqaro savdo
Joriy yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekistoning tashqi savdo aylanmasi 25,8 mlrd dollarni tashkil etib oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 25,4 foizga oʻsgan. Bunda eksport 10,5 mlrd dollarni tashkil etgan boʻlsa, import 15,3 mlrd dollarni tashkil etgan. Eksport hamda importning oʻsish surati mos ravishda 24,1 foiz hamda 26,4 foizni tashkil etgan. Tashqi savdoning manfiy saldosi 4,8 mlrd dollarni tashkil etgan. Taqqoslash uchun 2022-yilning mos davrida tashqi savdo defitsiti 3,6 mlrd dollarni tashkil etgan edi.
5-diagramma oylik eksport hamda importning oʻsish surati

May oyida 2,8 mlrd dollarlik Tovar va xizmatlar eksport qilingan boʻlib oʻtgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 2,3 barobarga oʻsgan. Bunda, eksportning oʻsishiga asosiy taʼsir oʻtkazgan omil oltin eksporti boʻlgan. Xususan, may oyida 1,3 mlrd dollarlik oltin eksport qilingan. May oyida Oltinsiz eksport ham nisbatan yuqori suratlarda oʻsganligi qayd etilgan. Xususan, aprel oyida oylik oltinsiz eksport 5 foizga qisqargan boʻlsa, may oyida oltinsiz eksportning oʻsish surati 22 foizni tashkil etgan.
May oyida oylik import 3,4 mlrd dollarni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 64 foizga oʻsgan, taʼkidlash kerakki, importning oʻsish surati may oyida joriy yildagi oʻzining eng yuqori suratini namoyon qilgan.
6-diagramma: 2023-yil may oyida oltinning kunlik narxi evalutsiyasi

Alohida davlatlar orasida Xitoyga eksport 10 oylik tanaffusdan keyin yana oʻsishni boshlagan. Xususan may oyida Xitoyga oylik eksport 15 foizga oʻsgan. Rossiyaga esa oylik eksport ketma-ket uchinchi oydirki qisqarmoqda. May oyida Rossiyaga oylik eksport 11 foizga qisqargan. Bu holat 2022-yildagi yuqori baza effekti bilan shuningdek ikkilamchi sanksiyalarga tushib qolish xavotirining oshishi bilan bilan izohlanadi. Yana bir asosiy savdo hamkorimiz boʻlgan Turkiyaga oylik eksport qisqarishda davom etmoqda. May oyida Turkiyaga oylik eksport 47 foizga qisqargan.
Qoʻshnilarimizdan Qirgʻizistonga eksport uchinchi oydirki qisqarayotgan boʻlsa(may oyida oylik eksportning qisqarishi 15 foizni tashkil etgan), Qozogʻistonga oylik eksport aprel oyidagi qisqarishdan keyin yana oʻsishni boshlagan. Xususan, aprel oyida oylik eksport Qozogʻistonga 5 foizga qisqargan boʻlsa may oyida bu koʻrsatgich 22 foizga oʻsgan. Tojikistonga esa oylik eksport may oyida 81 foizga oʻsganligi kuzatilgan.
7-diagramma : Asosiy savdo hamkorlarga oylik eksportning oʻsish surati

Manba: https://stat.uz/images/uploads/reliz-2023/tashqi-savdo_20_06_2023_uzbbbs.pdf
Asosiy savdo hamkorlarimizning deyarli barchasidan import yuqori suratlarda oʻsmoqda. Xususan, may oyida Xitoydan import 2,1 barobar oʻsgan boʻlsa, Rossiya, Qozogʻiston hamda Turkiyadan import mos ravishda 59 foiz, 19 foiz hamda 21 foizga oʻsganligi kuzatilgan.
Tanlangan davlatlarda inflyatsiya va tashqi savdo koʻrsatgichlari
1-jadval 2023 yil may oyida tanlangan mamlakatlarda inflyatsiya va tashqi savdoning oʻzgarishi

Mamlakatlar

Inflyatsiya

Import

Eksport

oylik

yillik

nominal (milliard dollar)

oʻsish

nominal (milliard dollar)

oʻsish

Armaniston

-1,8 %

5,2 %

3,6 *

94 %

2,2 *

109 %

Belarus

-0,3 %

3,7 %

17.4

14 %

16.0

21 %

Xitoy

-0,2 %

0,2 %

1040

-6,7 %

1400

0,3 %

Qozogʻiston

0,6 %

15,9 %

18,9*

40,5 %

25,5*

-3,8 %

Qirgʻiziston

0,9 %

11,3 %

3,2*

27 %

0,6*

19 %

Rossiya

0,3 %

2,5 %









Turkiya

0,04 %

39,7 %

158.5

8,8 %

102.4

0,1 %

Oʻzbekiston

0,5 %

10,4 %

20 .58

25,4 %

12.11

26,4 %

*Yanvar-aprel Manba: tanlangan mamlakatlarning statistik agentliklari
May oyida asosiy savdo hamkorlarimizdan Qozogʻiston (0,6 foiz) va Qirgʻizistonda (0,9 foiz) Oʻzbekistonga nisbatan yuqori oylik inflyatsiya qayd etilgan. Yillik inflyatsiya darajasi esa Turkiya (39,7 foiz), Qirgʻiziston (11,3 foiz) va Qozogʻistonda (15,9 foiz) Oʻzbekistonga nisbatan yuqoriroq shakllangan boʻlib, boshqa tanlangan mamlakatlarda nisbatan past koʻrsatgich qayd etilgan.
Bundan tashqari, tanlangan mamlakatlar orasida Armaniston (94.0 foiz), Qozogʻiston (40,5 foiz) va Qirgʻizistonda (27.0 foiz) importning oʻsish surati boshqa davlatlar bilan taqqoslaganda sezilarli darajada yuqori shakllangan. Ushbu tendensiyani Rossiyaga re-eksportning oʻsishi bilan izohlash mumkin.
Fiskal siyosat
Soliq qoʻmitasi tadbirkorlik subyektlarining tashqi iqtisodiy operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitorlik qarzlariga hisoblangan penyalar summasi hisobdan chiqarilishini maʼlum qildi. Ushbu jarimalarni undirish bilan bogʻliq sud va ijro jarayonlari 2023-yil 1-iyundan boshlab tugatiladi . Tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha debitorlik qarzlarining toʻlov muddati qayta hisoblab chiqiladi.
Eʼlon qilingan investitsiya loyihalari
2023-yil davomida Ozarbayjon hukumati Oʻzbekiston va Qirgʻiziston bilan hamkorlikda tashkil etilgan investitsiya fondlarining ustav kapitalini shakllantirish uchun oʻz byudjetidan 125 million dollar ajratishni rejalashtirmoqda. Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari bilan kelishilgan holda neft-gaz sanoati, avtomobil yigʻish hamda Oʻzbekistondan Kaspiy dengizigacha boʻlgan transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish boʻyicha qator loyihalar ishlab chiqiladi. Ozarbayjon va Oʻzbekiston oʻrtasida qoʻshma investitsiya fondini tashkil etish toʻgʻrisidagi bitim 2023-yil 24 fevralda imzolangan edi. Jamgʻarma ustav kapitalining yuqori chegarasi 500 million dollarni tashkil etadi(Ozarbayjonning qoʻshma kapitaldagi ulushi 75 foiz , Oʻzbekistonning ulushi esa 25 foiz ni tashkil etadi).
Islohotlar
04.07.2023. Raqobat toʻgʻrisidagi yangi qonun qabul qilindi. Mazkur qonun Oʻzbekiston iqtisodiyotida halol raqobatni rivojlantirishga va isteʼmolchilarni nohaq amaliyotlardan himoya qilishga yordam beradi.
29.06.2023. Tabiiy gaz va elektr energiyasi uchun elektron shartnomalar joriy etildi.
26.06.2023. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻz saylovoldi dasturi davomida Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirish boʻyicha qator chora-tadbirlarni, jumladan, barcha xalqaro aeroportlarda xorijiy sayyohlar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarib berishni, shuningdek turoperatorlarga qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻliq qaytarishni taklif qildi.
24.06.2023. Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻistonda aholi farovonligini oshirish boʻyicha 3 ta tashabbusni ilgari surdi. Unga koʻra, 452 ta mahallaning har biriga 500 mln soʻmdan qoʻshimcha mablagʻ ajratiladi, 38 ming odamning kadastri toʻliq qilib beriladi. Shuningdek, yil oxirigacha 4 mingta uy-joy quriladi.
23.06.2023. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev saylovoldi dasturi doirasida xorijdagi vatandoshlarni qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish rejalarini maʼlum qildi . Ushbu rejalarga quyidagilar kiradi:
Kirish vizalari muddatini 1 yildan 3 yilgacha uzaytirish va davlat bojini 3 barobar kamaytirish;
Oʻzbekistonda ishlash uchun litsenziya talabini bekor qilish va doimiy propiska qilish tartibini soddalashtirish;
Oʻzbekiston fuqarolari bilan teng huquqlar beradigan “Vatandosh guvohnomasi”ni joriy etish;
Xorijda yuqori maoshli ish topgan vatandoshlar uchun yoʻl chiptasi va “ishchi vizasi” olish xarajatlarini qoplash;
Vatandoshlar salomatligi va hayotini sugʻurtalash koʻlamini kengaytirish;
Xorijdagi vatandoshlarga bepul huquqiy, moddiy va ijtimoiy yordam koʻrsatish;
Yurtdoshlarga hukumatdan yordam olish uchun “call-markaz” ni tashkil etish.
22.06.2023. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Shavkat Mirziyoyev saylovoldi dasturi doirasida yaqin yetti yilda Buxoro viloyatini rivojlantirish dasturini qabul qilishga vaʼda berdi. Dastur sanoat ishlab chiqarishni koʻpaytirish, turizmni rivojlantirish va qishloq xoʻjaligini rivojlantirishga qaratilgan.
21.06.2023. Kelasi yetti yil ichida mis, oltin, kumush va uran qazib chiqarishni ikki baravar oshirishni rejalashtirilmoqda.
17.06.2023. Ayrim toifadagi avtomobillar uchun bojxona toʻlovlarini sezilarli darajada pasaytirildi.
15.06.2023 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat avtomobil sanoatiga qoʻshimcha 1 milliard dollar sarmoya kiritish rejasini maʼlum qildi. Ushbu sarmoya Oʻzbekistonda yaqin ikki yil ichida avtomobil ishlab chiqarishni 300 ming donadan 500 ming donaga yetkazishga yordam berishi kutilmoqda. 2030-yilga borib yiliga 1 million dona avtomobil ishlab chiqarish maqsad qilingan.
13.06.2023. Qoraqalpogʻistonda tadbirkorlar uchun soliqlar kamaytirildi. Bu hududga investitsiyalar va yangi ish oʻrinlari yaratishni ragʻbatlantirishga xizmat qiladi.
06.06.2023.: Toshkent — Samarqand yoʻnalishida yangi tezyurar avtomobil yoʻlini qurish rejalashtirilmoqda

4.Pul-kredit siyosatining 2024 yilgacha mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarining dastlabki konseptual loyihasi.

Pul-kredit siyosatining 2022 yil va 2023-2024 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqishda, birinchi navbatda, iqtisodiyotda narxlar va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, inflyasiya darajasini 2023 yil yakuniga qadar 5 foizgacha pasaytirish maqsadlaridan kelib chiqilgan.

Markaziy bank Boshqaruvining 2021 yil 21 oktyabrdagi yig‘ilishida “Pul-kredit siyosatining 2022 yil va 2023-2024 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari”ning dastlabki konseptual loyihasi ma’qullandi.


Pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlarida Markaziy bankning o‘rta muddatli makroiqtisodiy rivojlanish prognozlari va kelgusi yillarda pul-kredit sohasida amalga oshiriladigan ishlar, tashqi va ichki iqtisodiy sharoitlar o‘zgargan holatlarda Markaziy bank tomonidan ko‘riladigan choralar va pul-kredit siyosatini yuritishdagi yondashuvlar aks ettirilgan.
Shuningdek, ushbu loyihada pul-kredit siyosati instrumentlari, ichki valyuta va pul bozorini takomillashtirish, tahliliy-prognozlash salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha kelgusi yillarga rejalashtirilgan choralar ham aks ettirilgan.
Pul-kredit siyosatining 2022 yil va 2023-2024 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqishda, birinchi navbatda, iqtisodiyotda narxlar va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, inflyasiya darajasini 2023 yil yakuniga qadar 5 foizgacha pasaytirish maqsadlaridan kelib chiqilgan.
Jahon iqtisodiyoti 2020 yilda koronavirus pandemiyasi va uning ta’sirida yuzaga kelgan global iqtisodiy inqiroz sharoitida qat’iy karantin cheklovlarining kiritilishi sababli iqtisodiy faollikning pasayishi va ta’minot zanjiridagi uzilishlar hamda pul-kredit va soliq-byudjet siyosatlarining sezilarli darajada yumshatilishini boshdan o‘tkazdi.
2021 yilda esa pandemiya bilan bog‘liq vaziyatning nisbatan yaxshilanishi, karantin choralarining yumshatilishi, iqtisodiyot sub’yektlarining pandemiyaga moslashuv darajasining ortishi hisobiga iqtisodiy faollikning sezilarli tiklanishi kuzatilib, yalpi talab hajmining pandemiyagacha bo‘lgan darajasiga yetishiga xizmat qilmoqda.
Bunda, global iqlim sharoitlarning o‘zgarishi va ta’minot zanjiridagi uzilishlarning saqlanib qolishi fonida yalpi taklif hajmining talabga nisbatan sekinroq tiklanishi jahon miqyosida inflyasion jarayonlarning tezlashishiga olib keldi.
2020 yilning so‘nggi choragidan boshlab asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va 2021 yil boshidan energiya resurslari narxlarida kuzatilgan sezilarli o‘sish aksariyat davlatlarda inflyasiyaning maqsadli ko‘rsatkichidan yuqori shakllanishiga sabab bo‘ldi.
2020 yil va 2021 yilning o‘tgan 9 oyida mamlakatimizda fiskal, monetar va tarkibiy iqtisodiy islohotlar borasida ko‘rilgan chora-tadbirlar iqtisodiy faollikni va yalpi talabni rag‘batlantiruvchi omillardan bo‘ldi. Natijada, 2020 yil yakunlari bo‘yicha real iqtisodiy o‘sish sur’ati 1,7 foizni va 2021 yilning dastlabki 9 oyligida 6,9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2021 yil yakunida 6,5-7,2 foizga teng bo‘lishi kutilmoqda.
Pandemiya sharoitida 2020 yilda iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlash va narxlar barqarorligini ta’minlash vazifalari o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash maqasadida Markaziy bankning asosiy stavkasi 16 foizdan 14 foizgacha pasaytirildi hamda pul-kredit sharoitlari biroz yumshatilib nisbatan qat’iy fazaga o‘tkazildi. 2021 yilning o‘tgan 9 oyida esa mazkur pul-kredit sharoitlari o‘zgarishsiz saqlab qolindi.
Ta’kidlash lozimki, tashqi va ichki iqtisodiy sharoitlarning kelgusidagi o‘zgarishi bo‘yicha noaniqliklar hali ham yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Shu bois o‘rta muddatli makroiqtisodiy rivojlanish prognozlari tashqi va ichki omillarning ta’siri ko‘lami va davomiyligini inobatga olib asosiy va muqobil ssenariylari ishlab chiqildi.
Ssenariylarni shakllantirishda tashqi iqtisodiy sharoitlarning o‘zgarishlari, xalqaro moliya tashkilotlarining jahon iqtisodiyoti va asosiy eksport tovarlari narxlari bo‘yicha prognozlari, asosiy savdo-hamkor davlatlarda kutilayotgan vaziyatlar, ichki iqtisodiy sharoitlardagi ehtimoliy tendensiyalardan kelib chiqildi.
Jahonda vaksinatsiyalash jarayonining borishi rivojlangan davlatlar bo‘yicha iqtisodiy o‘sish sur’atlarining tezroq tiklanishi, rivojlanayotgan davlatlarda esa nisbatan sustroq tiklanishini belgilovchi asosiy omillardan bo‘layotgan sharoitda ssenariylar shartlarini belgilashda pandemiya bilan bog‘liq vaziyat muhim omil sifatida qaraldi.
Shuningdek, bu yilgi hisob-kitoblarda iqlim o‘zgarishlari va asosiy oziq-ovqat mahsulotlari taklifi, moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari, amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan islohotlar va ularning kutilayotgan natijalari shartli omillar sifatida inobatga olindi.
Makroiqtisodiy rivojlanishning asosiy ssenariysida tashqi va ichki iqtisodiy sharoitlarning bosqichma-bosqich yaxshilanib borishi kutilayotgan bo‘lib, keskin tashqi xatarlar yuzaga kelishi ko‘zda tutilmaydi. Pandemiya bilan bog‘liq vaziyat normallashib, inson resurslari migratsiyasi va transchegaraviy harakatlar bo‘yicha uzoq muddatli cheklovlar joriy etilmaydi.
Mazkur ssenariyga ko‘ra, iqtisodiy faollik yuqori sur’atlarda jadallashib borib, investitsion va iste’mol talabi pandemiyagacha bo‘lgan darajaga to‘liq tiklanadi.
Ushbu ssenariy doirasidagi hisob-kitoblarga ko‘ra, 2022 yilda yalpi ichki mahsulot hajmi o‘zining potensial darajasiga ko‘tarilib, real iqtisodiy o‘sish sur’atlari 5,5-6,5 foizni tashkil etadi va 2023-2024 yillarda 6 foiz atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

2021 yil yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishi (+infografika)
Asosiy ssenariy doirasida iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlashning muhim drayveri sifatida xususiy ichki va tashqi investitsiyalar hamda iqtisodiyot tarmoqlarida amalga oshiriladigan tarkibiy islohotlar qaralmoqda.
Kelgusi yillarda mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash vazifasi 2022 yildan bosqichma-bosqich fiskal konsolidatsiya boshlanishini taqozo qiladi va fiskal taqchillikning YaIMga nisbati 2023-2024 yillarda 2,0-3,0 foiz atrofida shakllanishi prognoz qilinmoqda.
Yuqorida keltirilgan omillar va tartibga solinadigan narxlarni erkinlashtirish darajasidan kelib chiqib inflyasiya sur’atlarining 2022 yilda 8-9 foizga tashkil etishi, 2023-2024 yillarda esa 5 foizgacha pasayishi kutilmoqda.
Makroiqtisodiy rivojlanishning muqobil ssenariysi shartlari sifatida jahonda pandemiya bilan bog‘liq vaziyatning keskinligicha qolishi sababli tashqi sharoitlarning noqulay shakllanishi va iqtisodiy faollikni pasayishi kabi ehtimollar asos qilib olingan.
Ushbu ssenariy bo‘yicha yalpi ichki mahsulot hajmining real o‘sishi 2022 yilda 3-4 foiz atrofida bo‘lishi mumkin. Vaziyatning normal fazaga o‘tishi bilan 2023 yildan iqtisodiy faollik va yalpi talabning tiklanishi kuzatilib, 2023 yilda 4,8-5,8 foizni va 2024 yilda 5,5-6,5 foizni tashkil etishi taxmin qilinmoqda.
Bunda, ichki iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlash uchun 2022 yilda ham fiskal rag‘batlantirishlar davom ettiriladi va umumiy fiskal taqchillikning YaIMga nisbati 4-5 foiz atrofida bo‘lishini taqozo etishi mumkin. Fiskal konsolidatsiya 2023 yildan boshlanib, fiskal taqchillikning YaIMga nisbati 2023 yilda 3-4 foizgacha, 2024 yilda esa 2,0-2,5 foizgacha pasayishi baholanmoqda.
Makroiqtisodiy rivojlanish shartlari muqobil ssenariy bo‘yicha shakllangan holatda tartibga solinadigan narxlarning erkinlashtirilishi kelgusi davrlarga kechiktiriladi. Natijada, ushbu ssenariy shartlari ro‘y bergan sharoitda umumiy inflyasiya darajasi 2022 yilda 7,5-8,5 foizni tashkil etishi va 2023 yilda esa 5,6-6,6 foiz atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Yuqorida keltirilgan ssenariylarning har birida pul-kredit siyosatining asosiy maqsadi iqtisodiyotda narxlar va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash hamda inflyasiyaning target ko‘rsatkichiga erishishga qaratiladi. Bunda, ssenariylarda keltirilgan vaziyatlarning shakllanishiga qarab pul-kredit sharoitlarining qat’iylik darajasi belgilab boriladi.
Asosiy ssenariyda pul-kredit siyosatini nisbatan qat’iy sharoitlari saqlab qolinsa, muqobil ssenariyda esa pul-kredit sharoitlarini biroz yumshatish hamda narxlar barqarorligi va iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish maqsadlari o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rilishi mumkin.
Kelgusi yillarda operatsion mexanizmni yanada takomillashtirish va pul bozorini rivojlantirish bilan birgalikda, ichki valyuta bozorida islohotlarning navbatdagi bosqichini amalga oshirish, tahliliy-prognozlash salohiyatini rivojlantirish va pul-kredit siyosati transmisson mexanizmi samaradorligini oshirish borasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar Markaziy bankning diqqat markazida bo‘ladi.
Transmission mexanizm samaradorligini oshirish vazifasi moliya bozorini, xususan davlat qimmatli qog‘ozlari bozorini rivojlantirish, xususiy kapital bozori ko‘lamini oshirish va iqtisodiyotda banklardan tashqari moliyaviy vositachilik institutlarini rivojlantirish bilan bog‘liq hisoblanadi.
Kelgusi yillarda alohida ahamiyat qaratilishi lozim bo‘lgan masala – bu inflyasiyaning uzoq muddatli barqaror omillarini bartaraf etish masalasi hisoblanadi. Bu, birinchi navbatda, iste’mol bozorida raqobatni rivojlantirish, iste’mol tovarlari
ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, tovarlar importida konsentratsiyalashuv darajasini pasaytirish, hududlarda savdo va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish kabi choralarni amalga oshirishni taqozo etadi.
Ushbu tarkibiy islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi inflyasiyaning target darajasiga yetganidan so‘ng pul-kredit sharoitlarini bosqichma-bosqich neytral shartlarga o‘tkazish imkonini beradi.



Yüklə 395,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə