Mavzu: Oʻzbekiston taʼlim tizimining gender xususiyatlari. Reja: O‘g‘il bolalar va qiz bolalar o‘rtasidagi gender tenglik. O‘zbekistonda gender tarbiya haqida. Ta’lim tizimining gender xususiyatlari



Yüklə 10,85 Kb.
səhifə4/4
tarix30.12.2023
ölçüsü10,85 Kb.
#167118
1   2   3   4
gender slayd

Mehnatga oid huquqlarning kafolatlari va qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, uydagi zo‘ravonlik qurbonlariga yordam berish maqsadida zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish respublika markazi va Xotin-qizlar tadbirkorligi markazi kabi yangi tuzilmalar tashkil topdi. Bu, o‘z navbatida, Sharqona gender tengligining o‘ziga xos huquqiy tomoni hisoblanadi. Mazkur yangi tashkil etilgan barcha institutsional mexanizmlar O‘zbekiston Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi bilan birgalikda BMT Konvensiyasiga muvofiq ayollar huquqlari, gender tengligi va xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarga barham berishning yagona yaxlit mexanizmiga aylanishi masalaning muhim tomonidir. Ta’kidlash joiz, qabul qilingan normativ-me’yoriy hujjatlar va amaliy choratadbirlar O‘zbekistonning gender siyosati sohasidagi muhim qadamidir va u qonunchilik hamda amaliyotning xalqaro me’yor va standartlariga to‘liq mos keladi.

Binobarin, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g’risida”gi va “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g’risida”gi Qonunlarning bajarilishini ta’minlash uchun “Yo‘l xaritalari” va gender tengligi bo‘yicha milliy strategiya ham qabul qilingan. Biologik jins va ijtimoiy jins differensiyasi 1935-yilda Polineziya orollarida o‘smirlarning ijtimoiylashuvini tadqiq etgan amerikalik antropolog Margaret Mid tomonidan tahlil qilingan. Gender tushunchasi shaxs ijtimoiylashuvi bilan uzviy bog’liq.

Insonlar tug’ilishi bilan ijtimoiylashadi, o‘zi yashayotgan jamiyatning axloq, fe’l-atvor, xulq me’yorlari, ijtimoiy determinant (lot. determinans – aniqlovchi)larga muvofiq rivojlanadi, voyaga yetadi va o‘zini tutishni o‘rganadi. Insonlarga oila, maktab, professional muhit, ommaviy axborot vositalari, axborot texnologiyalari va madaniy normalar katta ta’sir ko‘rsatadi. Shaxs umri davomida jinsga bog’liq ijtimoiy konstruksiyalar ta’sirida rivojlanadi.

O‘g’il bolalar ongiga o‘zlarining his-tuyg’ularini sezdirmaslik, jismoniy kuchni namoyon etish, harbiy xizmatga tayyorgarlik ko‘rish singdiriladi. Uy mehnati esa azaldan ayollarning zimmasidagi vazifa deb tushuntiriladi. Aksariyat barcha rivojlangan mamlakatlarda barqaror gender taqsimotiga ko‘ra erkaklar mehnat bozorida, ayollar esa uy mehnati bilan band.


Yüklə 10,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə