Mavzu: Oʻzbekiston taʼlim tizimining gender xususiyatlari. Reja: O‘g‘il bolalar va qiz bolalar o‘rtasidagi gender tenglik. O‘zbekistonda gender tarbiya haqida. Ta’lim tizimining gender xususiyatlari



Yüklə 10,85 Kb.
səhifə2/4
tarix30.12.2023
ölçüsü10,85 Kb.
#167118
1   2   3   4
gender slayd

Bu holda gender tenglik g‘oyasi (o‘g‘il va qiz bolalarga teng huquq hamda teng imkoniyatlar yaratish) shaxsning ham, jamiyatning ham ma’naviy yuksalishiga ta’sir qiladi, insonlarini anglashga, ijtimoiy tafakkurning o‘zgarishiga olib keladi. Gender tenglik goyasi jamiyatda yoshlarning siyosiy ongini shakllantirishga, mustaqil fikrlashga, ma’naviy-ruhiy jihatdan tenglik tamoyillarini o‘ziga singdirishga undovchi va uni harakatga keltiruvchi bunyodkor g’oyadir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 46-sessiyasida so‘zlagan nutqida: “Biz gender siyosati masalalari borasida mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida va ishbilarmonlik sohasida ayollarning rolini tubdan oshirishga qaratilgan ishlarni qat’iy davom ettiramiz”, – deb ta’kidladi. Ma’lumki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015-yil sentabrida Barqaror rivojlanish bo‘yicha o‘tkazilgan sammitida qabul qilingan 70-son rezolyutsiyasiga muvofiq, shuningdek, 2030-yilgacha bo‘lgan davrda BMT Global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlarini izchil amalga oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g’risida” qarori qabul qildi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Barqaror rivojlanishning Beshinchi maqsadini amalga oshirish doirasida “Gender tenglikni ta’minlash hamda barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish”ga oid to‘qqizta vazifani ishlab chiqdi.

Beshinchi maqsadning vazifalariga (Gender tenglik) muvofiq 2030-yilga kelib barcha xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarning har qanday shakliga barham berish, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotda qarorlar qabul qilishning barcha darajalarida ayollarning to‘liq va samarali ishtirokini hamda yetakchilik qilish uchun teng imkoniyatlarni ta’minlash zarur. Bundan tashqari, ushbu maqsad davlatning turli darajalarida Davlat dasturlarini qabul qilish jarayonida gender tenglik tamoyillarini joriy qilishni o‘z ichiga oladi. So‘nggi yillarda gender tenglikni ta’minlash, ayollarning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi rolini oshirish bo‘yicha ishlar bir necha yo‘nalishlarda olib borilmoqda:


Yüklə 10,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə