Mavzu: O‘zbek bolalar adabiyotining vujudga kelishi. O‘tgan asrning 30-40–yillaridagi o‘zbek bolalar adabiyoti



Yüklə 24,17 Kb.
səhifə1/2
tarix29.11.2023
ölçüsü24,17 Kb.
#140324
  1   2
4-ìàúðóçà ìàòíè


Mavzu: O‘zbek bolalar adabiyotining vujudga kelishi. O‘tgan asrning 30-40–yillaridagi o‘zbek bolalar adabiyoti.
Milliy uyg`onish, millatning o`zligini anglash jarayoni mazkur davr adabiyotining ruhi va mazmunini tashkil qiladi. Millatning o`zligini anglash asos qilib olingan bu uyg`onish davri bolalar adabiyoti va matbuoti uchun ham poydevor bo`loldi.
O`zbek bolalar adabiyoti tarixi haqida fikr yuritilar ekan, uning ilk qadamlari XX asr boshlarida yaratilgan alifbolar, adabiyot va o`qish kitoblaridan boshlanganini alohida qayd etish lozim. Bolalar adabiyoti tom ma`noda ma`rifatparvarlikning farzandidir. Chunki jadidchilikning poydevori, tamal toshi usuli jadid maktabi bo`lgan. “Jadidchilik”ning asosida “jadid” so`zi yotadi. “Jadid”ning ma`nosi “yangi”-“yangi tafakkur”, “yangi inson”, “yangi avlod” singari keng ma`nolarni o`zida mujassam etgan. Istilohning kirib kelishi Ismoilbek Gasprali (Gasprinskiy) ochgan yangi maktab nomi bilan bog`liq. U 1884 yilda Boqchasaroyda bir maktab ochib, “usuli jadid” nomi bilan ataydi. Istilohning mazmuni maktab doirasida qolmagan, albatta. Aslida jamiyatning barcha qatlamlarini jalb etib, Uyg`onish mafkurasi bo`lib xizmat qilgan; milliy mustaqillik uchun kurash olib borgan; maorif va madaniyatni, matbuotni ijtimoiy-siyosiy maqsadlarga moslab chiqdi. Ismoilbekning Turkistonga kelib, Toshkent, Samarqand, Buxoroda bo`lishi uning tashabbusi bilan bu shaharlarda, so`ngroq Farg`ona vodiysida “usuli jadid” maktablari tashkil topishi butun Turkistonda jadidchilik harakati ommaviylashuviga turtki bo`ldi. Tezkorlik bilan uning uchun darsliklar tuzila boshlaydi. Ushbu maktablar uchun yozilgan ilk darsliklar esa o`z navbatida, bolalar adabiyotiga yo`l ochdi. Jumladan, 1907-17-yillarda Munavvarqorining “Adibi avval”, “Adibi soniy” darsliklari, Abdulla Avloniyning “Adabiyot, yoxud milliy she`rlar” majmuasi, “Birinchi muallim”, “Maktab gulistoni”, “Turkiy guliston yoxud, axloq” Ayniyning “Tahzib us-sibyon”, Fitratning “O`qu”, Sh.Rahimiyning “Sovg`a”, “Kattalarga o`qish”, Hamzaning “Yengil adabiyot`, “Qiroat kitobi” kabilar chop etilib, maktablarda o`qitilgan. Bu kitoblar, xususan, alifbodan so`ng o`qitiladigan majmualar “bolalarning tabiatlariga milliy hasrat va nadomatlardan ibrat o`lan nasihatlarni o`rnashdurmak orzusinda” (Avloniy) yaratilgan edi. Demak, aytish mumkinki, ana shu darsliklar birinchi marta bola dunyoqarashi, qiziqishlari, tafakkur olami hamda yosh xususiyatlariga muvofiq yozilgan; ulardagi badiiy ijod namunalari ham kichkintoylar tasavvuriga yaqin bo`lgan. Jadid adiblari va muallimlari ta`sirida ochilgan yangi usuldagi maktablar bolalarni shunchaki xat tanishga o`rgatishga emas, ijtimoiy-siyosiy savodini chiqarishda ham muhim rol o`ynagan. 1917 yil fevral voqealari arafasida Turkistonda 92 ta usuli jadid maktabi borligi qayd etilgan. Binobarin, XX asr boshlarida “usuli savtiya” maktablari paydo bo`lishi bilan bu maktablar o`quvchilariga mo`ljallangan ko`plab alifbo va o`qish kitoblari (majmualar) ham maydonga kelib, ularga tom ma`nodagi o`zbek bolalar adabiyotining tug`ilishi deb qarash (R.Barakayev) to`g`ri e`tirofdir. Chindan-da, maktab adabiyot darsliklari bolalar uchun yaratilgan ilk maxsus kitoblar sanaladi. Uning sahifalarida badiiy adabiyot namunalari darj etilishi bu fikrni asoslay oladi.

Yüklə 24,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə