Mavzu: Osiyocha ishlab chiqarish usullari va ularning parchalanishi


Revolyutsion o'zgarishlar va "katta sakrash"



Yüklə 35,72 Kb.
səhifə2/2
tarix24.01.2023
ölçüsü35,72 Kb.
#99099
1   2
Osiyocha ishlab chiqarish usullari va ularning parchalanishi

Revolyutsion o'zgarishlar va "katta sakrash"


Xorijiy va byurokratik kapitalga qarshi xitoy inqilobi 25 yil (1924 yilda 1949 yilgacha) davom etdi va uchta fuqarolik urushlari va Yaponiyaga qarshi milliy-ozodlik urushidan iborat edi. U 1949 yilda Xitoy Xalq Respublikasini e'lon qilinishi bilan yakunlandi.
Xitoyda 25 yil davomida harbiy harakatlar bo'lganligi sababli ma'lum bir vayronagarchiliklarga olib keldi. 1949 yilga kelib sano­at ishlab chiqarishi urushdan oldingi davrga nisbatan ikki barobar, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi 30-40%ga qisqardi. Inflyasiya yuqori cho'qqisiga chiqdi. 1937 yilda 100 yuanga ikkita sigir sotib olsa bo'lardi, 1943 yilda - tovuq, 1946 yilda - 1 ta tuxum, 1948 yilda hech narsa sotib olib bo'lmasdi.
Mamlakat iqtisodiyotiga etkazilgan zarar urushni 25 yil davom etganligini hisobga olganda unchalik katta emas edi. Urushdan yirik korxonalar ko'proq jabr ko'rardi, Xitoyda esa mayda hunar- mandchilik ishlab chiqarishi keng tarqalgan edi. Undan tashqari ushbu urush o'rta asr xarakteriga ega edi: u alohida janglar va yurishlardan iborat bo'lib, yagona front yo'q edi.
Shu sababdan iqtisodiyotni tiklanishi ham qisqa muddatda (1949-1952 yy.) amalga oshirildi.
Islohotlarning boshlanishida avvalgi tartibni bekor qilib sot- sializm qurilishini ta'minlash qat'iy amalga oshirilmagan edi.
Agrar islohotlar to'g'risidagi qonunga binoan 1950-1952 yy.da amalga oshirilgan harakatlarda pomeshiklardan (daromadining asosiy qismi ijara haqi hisoblangan yirik yer egalari) me'yordan ortiq yer, mol va inventarlar tortib olindi, ularga dehqonlarga be-
199 riladigan hajmda yer uchastkalari qoldirildi. Musodara qilingan yerlar dehqonlar o'rtasida mulk qilib bo'lib berildi.

Islohotlar natijasida har bir dehqon 1-3 mu (1 mu = 1/16ga) hajmda yerga egalik qildi. Bunday hajmdagi yer dehqon oilasini yashash minimumini ta'minlaydi deb hisoblanardi.
Sanoatni davlat mulkiga o'tkazish to'liq amalga oshirilmagan edi. Faqatgina chet elliklar va byurokratik kapitalning korxonalari davlat mulkiga o'tkazildi. Milliy burjuaziyada korxonalar o'zlarida qolgan edi. Ularni davlat kapitalizmi bosqichi yordamida sotsialis- tik korxonalarga aylantirish rejasi ishlab chiqilgan edi.
1955 yilda kapitalistik korxonalarni aralash davlat-kapitalistik korxonalariga aylantirish jarayoni boshlandi. Kapitalistlar foydan- ing 25%ni olishar edi. Foydaning qolgan qismi 25%dan uchga bo'linib - davlatga, ishlab chiqarishni rivojlantirishga va ishchi- larni ahvolini yaxshilashga yo'naltirilar edi.
Keyinchalik bu tartib o'zgartirildi: kapitalistlar qo'yilgan kapi- taldan 5-7% olishardi va shu vaqtning o'zida maosh oladigan dav­lat xizmatchilariga aylanardilar. Ma'lum bir vaqtdan so'ng kapital evaziga foiz to'lash to'xtatilishi kerak edi.
Keyingi islohotlarda osiyocha ishlab chiqarishdan tashqari um- umiy iqtisodiy qoloqlik ham o'z aksini topdi. Hatto 60-yy.da ham hunarmandlar sanoat ishlab chiqarishida yetakchilik qilardilar, aholining bor yo'g'i 14% shaharlarda istiqomat qilardilar, ishchi va xizmatchilar aholini 7%ni tashkil etardi.
Dehqonchilikni kooperatsiyalashtirish Sharqiy Yevropa mam­lakatlarida amalga oshirilgan usul bilan amalga oshirilar edi. Ko- operativlarning uch bosqichi tashkil etildi. Birlamchi dehqonlar o'zaro "mehnat yordami" guruhlariga birlashishdi, unda yerga va inventarga xususiy mulk saqlanib qolgan edi, faqat mehnat jamlanardi. Keyinchalik ular yarimsotsialistik tipidagi kooperativ- larga o'tishdi, unda ishlab chiqarish vositalari birlashtirilardi va faqatgina daromadning bir qismi mehnatga qarab taqsimlanardi. Va nihoyat, sotsialistik tipdagi kooperativlarda barcha daromad mehnatga qarab taqsimlanar edi. Ushbu shakllarda kooperativ- lashtirish 1957 yilga kelib yakunlandi.
Industirlashtirish birinchi besh yillikda (1953-1957 yy.) amalga oshirildi. Besh yillik davrda sanoat ishlab chiqarishi 2,4 marotaba o'sdi. Anshan metallurgiya kombinati, og'ir mashinasozlik, avto-
200 mobil, traktor zavodlari qurildi50. Faqatgina Sovet ittifoqining yor- damidagina 170 ta korxona qurilgan edi.
Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi esa bor yo'g'i 25%ga o'sdi. yengil sanoat ham sekin rivojlangan edi. Masalan, 1957 yilda teri- dan bor yo'g'i 26 ta poyabzal ishlab chiqarilgan edi.
1958 yilda mo''tadil iqtisodiy rivojlanish kursi boshqa kurs bi­lan almashtirildi, ushbu kursning nomi - "uch qizil bayroq - bosh yo'l, katta sakrash va xalq kommunalari". Avvaliga uch beshyil- likda bajarilishi rejalashtirilgan vazifalar bir necha yilda bajaril- ishga qaror qilindi. Ikkinchi besh yillikda (1958-1962 yy) sanoat ishlab chiqarishini 6,5 marotaba, qishloq xo'jaligini - 2,5 maro­taba o'stirish rejalashtirilgan edi.
Xitoy rahbariyati "iqtisodiyotni rivojlantirishda hal qiluvchi omil moddiy vositalar emas, balki inson" ekanligi to'g'risida bayonot berishdi: iqtisodiy rivojlanish qonuniyatlarini hisobga olmasdan ko'pmillionli xitoy xalqi inson salohiyatidan foydalanishi mumkin edi.
Xitoyda osiyocha ishlab chiqarish usulining xususiyatlaridan biri dehqon bir vaqtning o'zida hunarmand ham ekanligidir. Agar daladagi mavsumiy ishlar orasida dehqonlarni sanoat mahsulot­lari ishlab chiqarishga majburlansa sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni to'lqinsimon o'sib borishi kuzatiladi.
Lekin buning uchun dehqonlarni qat'iy intizomga va dav­lat reglamentiga bo'ysundirish kerak edi. Shu sababdan "xalq kommunalari"ni tashkil etish boshlandi.
"Xalq kommunasi" - bu xo'jalik birlashmasi va shu vaqtning o'zida, ma'muriy hududdir. Bir kommunaga o'rtacha 30 ta ko- operativ kirar edi. Kommuna tarkibiga sanoat korxonalari, rayon ma'muriyati (kommuna davlat tomonidan boshqarilardi) va harbiy qismlar kirar edi. Kommunalarda dehqonlarning barcha mol-mul- ki, daromadlari esa teng taqsimlanardi.
Aynan shunday birlashuv inson mehnatidan ratsional foydala­nish imkonini berardi. Xitoyliklar mentaliteti ham ushbu vazifani amalga oshirishga yordam berardi: xitoyliklar qadim zamonlardan hukumatga bo'ysunishni farz deb bilishardi, aynan davlat yerdan
foydalanishda tenglashtirishni amalga oshirardi, yirik yer egaligini chegaralar edi.
Kommunadan moddiy manfaatdorlik harbiy intizom bilan almashtirildi - hattoki ishga saf tortib bora boshlashdi. Barcha aholi chumchuqlarni o'ldirishga (hosilni saqlab qolish uchun) yo'naltirilgan edi, natijada esa qurt-qumursqalar ko'payib ketdi va qishloq xo'jaligiga zarar keltirdi. Hamma yerda kichik sug'orish tizimlari yaratilganligi sabab yerni sho'r va zang bosdi.
Dehqonlarni yer ishlaridan chalg'itish qishloq xo'jalik ishlari- ni susaytirdi, harbiy intizom esa moddiy manfaatdorlikni o'rnini bosa olmaydi. Undan tashqari, Xitoyda qishloq xo'jaligi texnikasi darajasi juda past bo'lib: yerlarning bor yo'g'i 6-7%ga mexanik usulda ishlov beriladi. Qo'l mehnati esa alohida sinchkovlik va mehnat xarajatlarini oshirishni nazarda tutadi. Natijada, ekin may- donlari qisqardi, yerga ishlov berish yomonlashdi. 1958 yilda juda katta hosil (375 mln.tonna bug'doy) yig'ib olinganligi to'g'risida e'lon qilindi. Keyinchalik ma'lum bo'lishicha bu hosilning yarmi ham yig'ib olinmagan ekan. Keyingi yillarda qishloq xo'jalik mah- sulotlari to'g'risidagi ma'lumotlar chop etilmadi, lekin hosildorlik bir necha yil davomida pasayib borganligi ma'lum bo'ldi. Oziq- ovqat berish normalari qisqardi (Shanxayda oyiga 11 funt don). Matbuotda go'sht va tuxumni o'rnini bosuvchi keng tarqalgan o'simliklarning foydaliligi to'g'risida tavsiyalar paydo bo'la bosh- ladi.
Sanoatda ham fan yutuqlari va kasb mahoratlaridan foydala- nilmasdi. Korxonalar o'z salohiyatidan ancha katta bo'lgan reja vazifalarni olishardi. Ishlab chiqarish quvvatlari cheklangan ekan- ligini ta'kidlovchi mutaxassislarni "cheklovchilar" deb nomlashar- di. Sanoat belgilangan sur'atlarga dosh berolmasdan mahsulot ishlab chiqarishni qisqartira boshladi.
Sanoat oldiga qo'yilgan vazifalarni bajara olmasligi ma'lum bo'lgandan so'ng, dehqonchilikning hunarmandchilik an'analari yodga olindi. Metallurgiya zavodlarining imkoniyatlari chegaral- anganligi sababli, aholi qadimgi pechlarda metall eritishni boshla- dilar. Bunday pechlar har bir kommunada qurildi. Joylarda ko'mir etishmasligi sababli yoqilg'i sifatida xas-cho'plar, eski mebellar ishlatilardi. Ushbu ishlarni boshqarayotgan odamlar metallurgiya ishlab chiqarish texnologiyasi bo'yicha tasavvurga ega emasdilar. Natijada metall yaroqsiz bo'lib qoldi. Bular ruda va ko'mirni erib, bir-biriga yopishib qolgan qumaloqlari edi va ular qayta eritishga yaroqsiz edi.
Natijada, ikkinchi beshyillikda sanoat ishlab chiqarishi tax- minan ikki barobar qisqardi. Aholini meyor yordamida ta'minoti yanada qisqardi. 1961 yilda talonlar faqatgina 80-90 sm, paxta matosi yoki undan tayyorlangan mahsulotga berildi.
"Katta sakrash" mag'lubiyatga uchragandan so'ng "tenglashti- rish" davri boshlandi: pasayishni to'xtatish maqsadida, asosiy kuchlar qishloq xo'jaligi va yengil sanoatga tashlandi.
Qishloq xo'jaligi xalq kommunalaridan "ishlab chiqarish brigadalari"ga o'tildi. Bunday brigada, rasman kommunaning bir qismi hisoblanib, lekin katta mustaqillikka ega edi. U 20-30 oila- dan tashkil topgan bo'lib, uning boshida saylangan dehqon tura- rdi. Dehqonlarga yana tomorqa xo'jaliklariga ega bo'lishga ruxsat berildi.
Ushbu davrning iqtisodiy kursi - deyarli tekin mehnatga ega bo'lib xalq iste'moli xarajatlari qisqartirishdan iborat edi. O'zini- o'zi ta'minlash shiori ilgari surildi: odamlar deyarli tekinga ishlash- lari kerak, ishdan bo'sh vaqtlarida esa o'zini-o'zi ta'minlashlari, ya'ni natural xo'jalik yuritib yashashga zarur mahsulotlarni topish- lari kerak.
"Datsin g'oyasi" faol targ'ib etildi - bunda Datsin neft kon- lari ishchilarining mehnatga to'lanadigan puldan voz kechganligi nazarda tutilardi.
Shunday qilib, iqtisodiy rivojlanishning ikki darajasi nazarda tutilar edi.


Lekin iqtisodiy ehtiyojlar ushbu sxemadan chetlashishga ma­jbur etardi. 70-yy. o'rtalariga kelib mehnatga qarab haq to'lash tamoyili yana tan olina boshlandi. Dehqonlarga bozorda tomorqa xo'jaliklarida etishtirilgan mahsulotlarni sotishga ruxsat berildi. Ba'zi joylarda xo'jaliklarni boshqarishga omilkor odamlar qo'yildi. Misol uchun, Anshan metallurgiya kombinatida elektromotor nima ekanligini bilmaydigan, po'lat bilan cho'yanni farqlay olmay-
digan bir necha rahbarlar ishdan olinganligi yirik yutuq sifatida e'lon qilindi.
Yerga ishlov berishdagi tajribalar natijasida ekin maydonlari qisqardi. Oziq-ovqat talonlar orqali cheklangan miqdorda taqsim- lanar edi. Inson oyiga talon bo'yicha 15 kg don mahsulotlari olar edi. Pekinda bu asosan un va guruch edi, provinsiyada tariq, xitoy qo'nog'i, jo'xori "ikkinchi kategoriyadagi donlar" hisoblanar edi. Pekin aholisi imtiyozli holatda edi, lekin ularning ko'pchiligi ham go'sht va sut olishmas edi.
Xitoyda ancha vaqtdan beri uy-joy qurilishi amalga oshirilmas edi, shu sababdan bir odamga to'g'ri keladigan yashash may- donining me'yori 4 kv.m edi, lekin real hayotda ushbu ko'rsatkich


1978 yilda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish zarurati to'g'risida qaror qabul qilindi. Xitoydagi islohotlarning xususiyat- lari:
Birinchidan, Xitoyda islohotlar iqtisodiyot sohasidagi o'zgarishlardan boshlandi. Kommunistik partiya mamlakatni boshqarardi va u sotsialistik tizimni "xitoy spetsifikasi" bilan qur- ishga intilardi.
Ikkinchidan, Xitoyda xususiylashtirish amalga oshirilmagan edi. "Xususiylashtirish" so'zining o'zi Xitoyda salbiy tuyg'uni yu- zaga keltiradi. Xususiy, egoistik manfaatlar xitoyliklar mentalite- tiga mos emasdir. Undan tashqari "byurokratik kapital" borasidagi muammolar hali yodda edi.
Shunday bo'lsa ham Yalpi milliy mahsulotda davlatning ulushi 70%dan 40%gacha qisqardi, davlat sektorida band bo'lganlar - 95%dan 18% gacha qisqardi. Davlat xarajatlari YaMMga nisbatan 36%dan 13%gacha kamaydi.
Uchinchidan, Xitoyda ma'muriy rejalashtirish saqlab qolingan, bozor davlat rejalarini to'ldirib borishi kerak edi. Davlat zarur turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni rejalashtiradi va ularga narxlarni o'rnatadi. Xususiy savdogarlarga asosiy qishloq xo'jalik mahsulotlarini ulgurji sotib olish taqiqlangandir. Ular dav­lat tomonidan o'rnatilgan narxlarda davlat tomonidan sotib oli- nadi.
Islohotlar qishloq xo'jaligidan boshlandi va birdaniga aholin­ing asosiy massasini qamrab oldi. Oilaviy pudrat iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli bo'lib qoldi. Dehqonga o'rtacha 0,5 ga yer maydoni pudrat uchun ajratilardi. Ushbu maydon unga 50 yilga biriktirilardi. Shu bilan birga davlat bilan ma'lum bir hajmda mah­sulot etishtirib topshirish bo'yicha shartnoma imzolanadi. Mah- sulotning qolgan qismini dehqon o'z xohishiga binoan taqsimlar edi.
Qadimdan xitoy dehqoni hunarmandchilik bilan shug'ullanganligi ham e'tiborga olindi. Qishloqlarda "volost- poselka korxonalari" yaratilib, ularda dehqonlar faoliyat yuritardi. Bu korxonalar bozor qonunlari asosida faoliyat yuritardi. Qishlo- qning daromadini yarmidan ortig'ini ushbu korxonalar berardi. 80-yy. oxiriga kelib Xitoy sanoat mahsulotining 20% ushbu korx- onalarda yaratilardi.
Oilaviy pudratga o'tish aholini qornini to'ydirish va kiyinti- rish imkonini berdi. Don mahsulotlari hosildorligi 1979 yilgi 300 mln.t.dan 1984 yilda 400 mln.t.ga etdi, aholi jon boshiga esa yiliga 300 kg.dan 400 kg.gacha o'sdi. Dehqonlar daromadi ushbu davr ichida uch marotaba oshdi. Mutaxassislar hisob-kitoblari bo'yicha bunday qisqa muddatda aholining turmush darajasini bunday darajada o'sishi juda yaxshi ko'rsatkich edi.
"Volost-poselka korxonalari" xalq istemoli tovarlarini ishlab chiqarardi, undan tashqari, dehqonlarning daromadlarini os- hishi shahar sanoati uchun bozorni kengaytirardi. Islohotlarn- ing boshlang'ich davrida yengil sanoat og'ir sanoatdan ko'ra ikki barobar kam mahsulot ishlab chiqarar edi, 90-yy.ga kelib yengil sanoat og'ir sanoatdan o'zib ketdi. Televizor, muzlatkich, kir yu- vish mashinalari kabi tovarlar jadal sur'atlarda ishlab chiqarila boshlandi.
yildan boshlab qishloq xo'jalik ishlab chiqarishining o'sishi sekinlashdi. Don yetishtirish ham kamaydi, endi aholining o'sish sur'atlarini yuqori ekanligini hisobga olganda jon boshiga don iste'moli qisqardi. Mutaxassislarning hisob-kitoblari bo'yicha milliy daromadning qo'shimcha o'sishining 40% aholining o'sishi evaziga yo'qqa aylanardi. Shaharlarda yana cho'chqa go'shti va tuxumga talon joriy etildi, me'yorlashtirilgan mahsulotlarga narxlar oshirildi. Shu bilan birga aholini o'sish sur'atlarini pasay- tirish bo'yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi. Ikkinchi farzand tug'ilgan holda oiladan katta jarima undirilar edi.

Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi o'sishi sur'atlarining pasayish sabablari:
Birinchidan, dehqonning daromadi ma'lum bir darajaga et- ganda, jamg'armalarni sarflash boshlanardi. Dehqonlar kir yuvish mashinalari, televizorlar, mototsikllar sotib olishardi, loydan quril- gan uylar o'rniga pishiq g'ishtdan uylar qurishni boshlashdi.
Ikkinchidan, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining o'sishidagi sakrash qo'l mehnati asosida amalga oshirilgan edi. 1995 yilda Xitoy qishloq xo'jaligida mehnat unumdorligi AQSh mehnat un- umdorligining 4%ni tashkil etdi. Ishlab chiqarishning texnik dara- jasini oshirish zarur edi.
Sanoatdagi o'zgarishlarda davlat sektori ulushini qisqarishi ku- zatildi, bu qisqarish xususiylashtirish evaziga emas, balki xususiy tadbirkorlikni rivojlanishi hisobiga amalga oshdi. Har birida 8-10 kishi band bo'lgan mayda "poselka korxonalari"ni jadal sur'atlarda ko'payishi sanoat ishlab chiqarishini jadal o'sishini ta'minladi. Tabiiyki, ularda texnika darajasi va mehnat unumdorligi juda past edi. 1995 yilda Xitoy sanoatida mehnat unumdorligi umumjahon ko'rsatkichining 42%ni tashkil etardi.
Yirik sanoatda davlat ustuvorligini saqlab qolgandi. 1996 yil­da davlat korxonalarida sanoat mahsulotining 28,5% olindi va sanoatda band bo'lgan ishchi va xizmatchilarning 66%i band edi. Davlat korxonalari iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun ular xo'jalik hisobiga o'tkazildi yoki ijaraga berildi.
Xitoy sanoati yutug'ida xorijiy kapitalni jalb etilishi katta aha- miyatga ega. Buning uchun "maxsus iqtisodiy zonalar" tashkil etilib, ularda xorijiy kapital uchun qulay muhit yaratilgan edi. Bu yerga xorijiy tadbirkorlarni ish kuchini arzonligi jalb etardi: ushbu zonalarda ish haqi AQShdagidan 20 marotaba kichik, lekin Xitoyn- ing boshqa hududlarinikidan ancha baland edi. Xorijiy kapitalning 70-80% "xuatsyao"51larga to'g'ri kelardi. Xorijiy kapital korxonalari sanoat eksportining chorak qismini ta'minlardi.
Xitoyning iqtisodiy yutuqlari o'sish eng quyi nuqtadan bosh- langanligi bilan xarakterlidir. Qo'l mehnatining ko'pligi va xalqn- ing mehnatkashligi, xo'jaliklarning o'ta maydaligi va dehqonchilik bilan sanoatning uzviyligi, sotsializmni qurish va bozor munosa- batlarini kengaytirish Xitoy iqtisodiy o'sishning asosiy xususiyat- laridan hisoblanadi.

Yüklə 35,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə