Mavzu; O’rta osiyo suv va suv resurslaridan foydalanish


O’rta Osiyo mintaqasining ko’llari, suv omborlari va yyer osti suvlari



Yüklə 376,4 Kb.
səhifə3/6
tarix19.05.2023
ölçüsü376,4 Kb.
#111299
1   2   3   4   5   6
kurs ishi slayd

2. O’rta Osiyo mintaqasining ko’llari, suv omborlari va yyer osti suvlari.
O’rta Osiyoda ko`llar uncha ko`p emas. Ularning eng yiriklari Kaspiy ko`li, Orol ko`li, Issiqko`l, Balxash, Sariqamish, Zaysan, Olako`l hisoblanadi.
Ko`llarning ko`pchiligi tog`larda joylashgan. Ko`llarning ichida eng kattasi Kaspiy ko`li kattaligi jixatidan dengiz deb xam ataladi. Dengizning maydoni 372000 km.kv.
1961 yil Orol ko`li eng chuqur joyi 69 m o`rtacha chuqurligi 16 m. maydoni 66 ming kv.km. edi. Orol dengizi cho`llar bilan o`ralgan, faqat ikkitagina daryo kelib quyadi, Amudaryo va Sirdaryo. Orol dengizida 313 kichik orollar bo`lib ularning maydoni 2345 kv.km. edi. Xozirgi kunda Orol dengizining maydoni keskin qisqarib ketgan, eng chuqur joyi 50 m, maydoni 28 ming kv.km. Ko`pgina orollar bir-biri bilan qo`shilib ketgan.
O’rta Osiyo tyerritoriyasini gidrografik jixatidan 3 bo`limga ya`niy tog`li, tog` osti qiyaliklar va tekisliklarga bo`lishga bo`ladi. Har bir bo`limning o`ziga xos yyer osti suvlari va buloqlari bor. Tog`larga tushuvchi yog`inning ma`lum miqdori yerga singadi va ulardan yer osti suvlari paydo bo`ladi. Tekisliklardagi grunt suvlar bir necha tipga bo`linadi.
O’rta Osiyoda ishga solinmagan cho`l va tekisliklar xali katta maydonni olib yotadi. Bu yerlarda chorva mollari faqat yog`in va quduq suvlariga asoslanib boqilib kelgan. Qoraqum, Qizilqum, Balxash bo`yi, Betpaqdala va Ustyurt cho`llarida, Mirzacho`l, Qarshi cho`li va boshqa cho`llarda xozirda quduq suvlaridan keng foydalaniladi. O’rta Osiyoda bir necha 10 metrdan 500 metrga etadigan quduqlar bor. Foydalanishga yaroqli yaxshi sifatli va katta zahiraga ega bo`lgan yer osti artezian suvlari To`rtko`l, Shomanay, Byeruniy, Xalqobod tyerritoriyalarida topilgan.
Eng katta ko`llari qatoriga Kaspiy, Orol, Balxash, Issikko`l, Zaysan, Olako`l, Sariqamish xamda boshqalar hisoblanadi. Kaspiy ko`li egallab yotgan maydoni katta bo`lganlikdan dengiz deb xam ataladi. Kaspiy dengizining maydoni 372 ming km.kv ga teng. Bu yerlar baliqchilikda transport soxalarida katta axamiyatga ega. Lekin manna shu ko`llardan Orol ko`li eng qiyin ekologik krizis sharoitiga tushib qolgan, keyingi yillarda Amudaryo, Sirdaryo basseynida suvg`orib ekiladigan dexqonchilikni rivojlantirishga bog`liq Orolga tushuvchi daryo suvi keskin qisqarib ketdi. Agar 1960 yillarda Amudaryo va Sirdaryodan Orolga 58,9 km kub suv quyib turgan bo`lsa, xozirgi vaqtda bu ko`rsatgich 9 km kub. dan ortmaydi.

Yüklə 376,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə