Mavzu; O’rta osiyo suv va suv resurslaridan foydalanish



Yüklə 376,4 Kb.
səhifə1/6
tarix19.05.2023
ölçüsü376,4 Kb.
#111299
  1   2   3   4   5   6
kurs ishi slayd

MAVZU; O’RTA OSIYO SUV VA SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISH

3B-GURUH TABASI OTAXONOV ADHAMBEK

REJA:

  • Kirish
  • 1. O’rta Osiyoning geografik joylashgan o’rni
  • 2.O’rta Osiyo mintaqasining daryolari va ularning xo’jalik ahamiyati
  • 3. O’rta Osiyo mintaqasida suv resurslaridan foydalanishning transchegaraviy masalalari
  • Xulosa FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: O’rta Osiyo davlatlari o’z mustaqilligiga yerishgandan keyingi yillarda, mamlakatlarda iqtisodiyotni, shu jumladan, har tomonlama aloqalarni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlarga ega bo`ldi.
Mintaqada suv resurslaridan foydalanish kompleks xaraktyerga ega. Ammo, kompleks qatnashchilarining suv iste`moli rejimi, ayniqsa enyergetika va irrigatsiya tarmoqlarida qarama-qarshidir. Gidrologiya nuqtai nazaridan qaraganda O’rta Osiyo davlatlarini ikki guruhga ajratiladi. Birinchi guruhga Amudaryo va Sirdaryoning manbalarida joylashgan Qirg`iziston va Tojikiston kirib, ular boshqa boyliklarga ega bo`lmagan holda xalq xo`jaligi faoliyatini faqat gidroenyergetika hisobiga ta`minlashga majburdirlar. Ikkinchi guruhga esa Qozog`iston, O`zbekiston, Turkmaniston kiradi va ular o`z iqtisodiyotlarini sug`orma dehqonchilik va sanoat hisobiga quradi. Shuning uchun ham agar ikkinchi guruh uchun suvni qishda yig`ib, uni yozda kuchli byerish zarur bo`lsa, birinchi guruh uchun suvni yozda yig`ib asosan qishda foydalanish zarur.
1. O’rta Osiyoning geografik joylashgan o’rni
O’rta Osiyoning tarkibi Qozog`iston, O`zbekiston, Turkmaniston, Qirg`iziston va Tojikiston respublikalaridan turadi va 3 mln. 994,4 min km2 yer maydonga ega. Bu dunyo yuzi quruqligining 2,7 protsentini tashkil qiladi. O’rta Osiyoning umumiy Maydonining Qozog`iston respuplikasining 2 mln 717,3 ming km.kv, Turkmaniston respuplikasi 488,1ming km.kv, O`zbekiston respuplikasi 447,4 ming km.kv, Qirg`iziston respuplikasi 198,5 ming km.kv va Tojikiston respuplikasi 143,1 ming km.2 ni egallaydi. O’rta Osiyo davlatlari tyerritoriyasi kattaligi jihatidan chet G`arbiy Evropa bilan barobar yoki G`arbiy evropada joylashgan 35 mamlakat maydoniga deyarli teng. O’rta Osiyo evrosiyo matyerigining o`rta bo`limida joylashgan, dunyo yuzi okeanlaridan deyarli birdek uzoqlikda joylashgan.
O’rta Osiyo g`arbda Kaspiy dengiziga, sharqda Altay tog`li o`lkasiga 2 soatlik mintaqada, shimolda g`arbiy Sibir` tekisligidan janubga Kopet-Dog` tog`larigacha 2000 km ga cho`zilgan. Uning shimoldagi eng chekka nuqtasi 55 gradus 26 minut shimoliy kenglikda joylashgan, janubdagi eng chekka nuqtasi 35 gradus 08 minut shimoliy kenglikda, g`arbdagi eng chekka nuqtasi 52 gradus 25 minut sharqiy uzunlikda, sharqiy chekka nuqtasi 87 gradus 02 minut sharqiy uzunlikda joylashgan. O’rta Osiyoning chegaralarining umumiy uzunligi 12730 km dan ortiq.

Yüklə 376,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə