Mavzu: ong taraqqiyoti va ongsizlik, valeologik ong



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix22.02.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#101207
1   2   3   4   5
4-mavzu 21 21

Ongsizlik
-kishini o’zini tuta olmaydigan qilib qo’yadigan taaassurotlar bilan 
bog‘lik psixik jarayonlar harakatlar va holatlar yig‘indisidir. Psixik holat sifatida 
ongsizlik vokelikni aks ettirishning shunday bir shaqli xisoblanadiki ,bunda harakat 
urni va vaktini muljal qilish, yaxlitligi yuqoladi, xatti-harakatining nutk yordamida
boshqarilshi bo’ziladi. Ongsizlikka qo’yidagi psixik holatlarni kiritish mumkin: 
Uyqu paytida yo’z beradigan psixik hodisalar (tush kurish) sezilmaydigan lekin 
Xaqiqatda xam ta’sir kursatadigan kuzatuvchilarga javob reaksiyalari: oldinlari ong 
harakat bo’lib, lekin takrorlanaverib avtomatlashib ketgan va shunga ko’ra 
endilikda anglanmaydigan bo’lib qolgan harakatlar faoliyatiga undovchi ammo 
maqsad xissidan anglanmaydigan ayrim moyillar, ongsizlik hodisalariga bemor 
kishining psixikasida ruy beradigan ba’zi bir protologik hodisalarni-alaxlash, kuziga 
yuk narsalarning kurinishi kabilarni xam kurish mumkin. shularga, asoslanib 
ongsizlikning ongga karama-karshi deb xisoblash, uni xayvonlar psixikasiga 
tenglashtirish notug‘ri bular edi.
Ongsizlik
-bu kishining xuddi ong kabi o’ziga xos psixik qiyofasidirki, u kishi 
miyasida borlikning yetarli darajada bir xil bulmagan kismiga aksi tarzida inson 
xayotining ijtimoiy shartsharoitlari bilan bog‘lik xolda bo’lgandir. Psixologiya 
fanining asosiy kategoriyalari ichida (shaxs, motivatsiya, faoliyat, muomala va
hokazo) ong alohida o‘rin egallaydi va u borliqda insonning yuksaqlik
darajasini egallashga muhim zamin, kafolat negizini yaratadi. Insonni hayvonot 
olamidan ajralib chiqishining bosh omili ham ong hisoblanadi, xuddi shu boisdan u 
taraqqiyot va kamolotning eng zarur mezoni, o‘lchami sifatida muhim rol o‘ynaydi. 


Psixologik nuqtai nazardan ong olib qaralganda, u ijtimoiy-tarixiy (filogenetik) 
va individual (ontogenetik) taraqqiyotning mahsuli hisoblanmish insongagina xos 
bo‘lib, psixik aks ettirishning va o‘zini o‘zi
 
boshqarishning yuksak darajasi
sanaladi. Ong kategoriyasi amaliy jihatdan tavsif qilinganda: a) u ham hissiy, ham 
aqliy obrazlarning o’zluksiz ravishda o‘zgarib turuvchi majmuasi sifatida, b) 
bevosita sub’ektning oldida uning «ichki tajribasi» tariqasida, v) amaliy faoliyatdan 
kutiluvchi mahsulni oldindan sezuvchi (payqovchi) psixologik hodisa tarzida hukm 
suradi. Ong muammosi bir qancha fanlarning, jumladan, falsafa (uning asosiy
masalasi — bu ongning turmushga nisbatan munosabatidan iboratdir), mantiq, 
lingvistika, etnografiya, antropologiya, sotsiologiya, neyrofiziologiya, pedagogika 
kabilarning tadqiqot predmetiga aylangandir.
Psixologiya fani individda ongning vujudga kelishi, uning tuzilishi, rivojlanishi 
va hukm surishini tadqiq qiladi. Ong predmetga faollik, yo’nalganlik, intensiallik 
xususiyatlariga ega:a) ong doimo nimanidir tushunish sifatida; b) refleksiyaga,
 
nisbatan qobiliyatlilik; v) o‘zini o‘zi kuzatish, ya’ni o‘zligini anglash; g)
motivatsion — qadriy xususiyat yaqqollikning yoki ravshanlikning turlicha 
darajasi yoki bosqichi ekanligi. 
 
Psixologik ma’lumotlarga qaraganda, har qaysi individning ongi noyob, 
betakror, ammo u ixtiyoriy emas, chunki birinchi navbatda maxsus tizimda hukm 
suruvchi tuzilish bilan unga bog‘liq bo‘lgan tashqi omillar hamda hech qanday 
aloqasi bo‘lmagan omillar shartlangandir. Xuddi shu tufayli ongni tadqiq qilishning 
ikkita muhim qiyinchiligi mavjud: a) barcha psixologik holatlar individning kuz 
o‘ngida shunday namoyon bo‘ladikim, bunda birinchidan, ular qay tariqa 
anglashilmoqda (ongsizlikning roli qanchalik), ikkinchidan, anglash darajasiga 
yetkazishning maxsus tashqi va ichki mashqi natijasida inson tomonidan 
anglashiniladi, uchinchidan, bevositalikda ong funksiyasida yanglishlik vujudga 
keladi.
O‘zini kuzatish natijalariga ko‘ra, ong o‘zining yaqqol psixologik o‘ziga
xosligidan mahrumdir, chunki uning yagona alomati shundan iboratki, bunda 
uning sharofati bilan individ oldida (u yoki bu aniqlik, ravshanlik darajasida)
yaqqol psixologik funksiyalar mohiyatini yo’zaga keltiruvchi turli holatlar,
hodisalar namoyon bo‘ladi. Xuddi shu boisdan ong
 
psixika hukm surishining 
sifatga ega bo‘lmagan umumiy sharti (sharoiti) tariqasida talqin qilingan, buning 
natijasida u majoziy belgilangan.
Jahon
 
psixologiyasi fani konsepsiyalarida bu hodisa aksariyat hollarda 
«ongning nuri», «ongning maydoni», hatto «psixik funksiyalarning umumiy 
hokimi» kabi tahlil etilgan, goho u qaysidir psixik funksiyalar bilan g‘ayritabiiy
ravishda (qo‘shimcha diqqat, tafakkur bilan) ayniylashtirilgan. Shu 
munosabati bilan birinchi galda ongni yaqqol o‘rganish, tekshirish to‘g‘risida 


umuman gap bo‘lishi mumkin emas. Ikkinchi holda esa ushbu masala unga
mutanosib funksiya bilan almashtiriladi. Bunday talqinlarning barchasi shunday 
fikrni tug‘diradiki, go‘yoki ong ilmiy psixologiya fani uchun shunchaki qayd 
qilinish, ya’ni fiksiya, xolos (U.Jeyms
Tadqiqotchilar ongni o‘rganish uchun ommabop, sodda psixologik 
metodlarning qo‘llaganliklari tufayli uning ma’lum tavsifini topa olmadilar, 
jumladan, vaqtning aniq birliklari yordamida uni o‘lchash, muayyan vaqt oralig‘ida 
ongni solishtirish. Adabiyotlar tahlilining ko‘rsatishicha, ongni konstruktiv tarzda 
talqin qilishning muhim jabhasi K.I.Kant tomonidan ko‘tarilgan ongning barqaror, 
invariant tuzilishi va sxemasi mavjudligi, uzluksiz ravishda o‘rin almashtirib
turuvchi sensor oqim, axborotlar va uning muayyan darajada tashkil
qiluvchanligi to‘g‘risidagi yuksak g‘oyasi hisoblanadi. Bir necha asrlar davomida 
aylanib kelgan va bunda tabiiy-ilmiy materialistik yondashuv diniy nazariyalarga 
qarshi kurash olib borgan. Ong muammosining yechimida ilmiy dialektik-
materialistik ta’limot hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi, bu borada Gegel g‘oyasiga 
e’tiroz muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur ta’limotga binoan, ongning tuzilishi ijtimoiy-madaniy xususiyat kasb 
etib, insoniyatning tarixiy taraqqiyoti davomida filogenetik tarzda, ustuvor 
individualistik hamkorlik jarayonida ijtimoiy ustuvor individualistik tuzilishning 
ta’sirida, eng avvalo ishlab chiqarish amaliyoti negizida u shaqllangandir. 
Ilmiy dialektik ta’limotdan kelib chiqqan holda sobiq sovet psixologiyasida ongning 
ontogenezda shaqllanishi to‘g‘risida umumlashgan ilmiy nazariya ishlab
chiqilgan. Umumlashgan nazariyaga binoan, individ ongining tuzilishi 
ontogenezning ilk davrida bolaning kattalar bilan muomala(muloqot) qilish 
faoliyatida o‘zlashtirish (egallash, o‘ziniki qilib olish, o‘z ma’naviy dunyosiga 
aylantirish jarayoni) ning sharofati bilan shaqllanadi. Bunday tarzdagi 
o‘zlashtirishning kat’iyatlik imkoniyati filogenetik, tarixiy taraqqiyotning negizida 
ham mavjuddir. Predmetli faoliyatning atributi bo‘lmish muomala, uning tuzilishi
tarkibida aks etuvchi quyidagi asosiy xususiyatlarga, xossalarga egadir: 
1)ijtimoiy kelib chiqishi va tuzilishi;
2) uning ijtimoiy reglamentatsiyasi;
3) ruhiy qurollar va alomatlar bilvositaligida ifodalanishi;
4) ikki sub’ektning o‘zaro alohidaligi va betakrorligi;
5) ob’ektga yo’nalganligi kabilar.
Shaxslararo munosabatda hamkorlik faoliyatining tuzilishi ong strukturasini
vujudga keltirib, uning quyidagi asosiy xususiyatlarini aniqlashga xizmat qiladi:
a) ijtimoiy xususiyati, hatto simvolik va verbal tuzilishga ega bo‘lgan
belgilar bilvositalanganligini qamrab olinganligi;
b) refleksiyaga, ya’ni o‘zini o‘zi tushunishga nisbatan qobiliyatlilik;


v) ichki dialogizm, ya’ni ichki nutqqa, fikrlash mexanizmi negiziga qurilishi;
g)predmetlilik, ya’ni har qanday psixologik holat muayyan yaqqol tasvirlarga 
va alomatlarga ega bo‘lishligi va hokazo.
Endi ongning psixologik tavsifidan kelib chiqqan holda uning shaqllari 
yo’zasidan qisqacha mulohaza yuritamiz. Ongning genetik jihatdan talqini ongsizlik 
birlamchiligini bildirib, u o‘ziga xos xususiyatga ega ekanligini, inson faoliyati va 
xatti — harakatida muayyan darajada rol o‘ynashini tan olishni taqozo etadi.
Chunki inson ongining yuksakroq shaqllari o’zoq ijtimoiy — tarixiy
taraqqiyotning keyingi davrida vujudga kelgandir. Xuddi shu boisdan ongning 
paydo bo‘lishi to‘g‘risida mulohaza yuritilganda ijtimoiy borliq, ijtimoiy 
taraqqiyot, ularga nisbatan munosabat uslubi asosiy mezonlar vazifasini bajarib 
kelgan va hozir ham xuddi shunday bo‘lib qolaveradi. 
 
Psixologik talqinga ko‘ra, 
ongsizlik, 
birinchidan
, voqelikning hodisalari bilan shartlangan ruhiy jarayonlar
aktlar va holatlarning majmuasi; 
ikkinchidan
, tashqi va ichki ta’sirlarga nisbatan
sub’ektning o‘ziga hech qanday hisobot bermasligi; 
uchinchidan
, psixik aks
ettirishning shakli, ya’ni voqelikning obrazi: tasviri, timsoli va unga nisbatan 
sub’ektning munosabati refleksiyaning maxsus predmeti sifatida vujudga
kelmaganligi

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə